Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
E-pochta: krikhsiyeva85@mail.ru Iqtibos uchun
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
E-pochta: krikhsiyeva85@mail.ru
Iqtibos uchun: Rixsiyeva , K.G. “Qap=” asosidan shakllangan ot leksemalarning tarixiy-etimologik tahlili”. O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. 2023/1 (1): 86-96. “Qap=” asosidan shakllangan ot leksemalarning tarixiy-etimologik tahlili 87 qobiq, qovurdoq kabi. Shulardan ayrimlari izohida to‘xtalamiz. Qap= asosidan yasalgan leksemalar kiyim va kiyim bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalaydi. Qalpoq leksemasi ham turkiy tilga xos bo‘lib, uning asosi ham “qop”dir. Eski o‘zbek tilida, xususan, Alisher Navoiy asarlarida qalpoq, qalpog‘ shakllarida uchraydi. Shohu toju xil’atikim, men tamosho qilg‘ali, O‘zbakim boshida qalpoq, egnida shirdog‘i bas. (G‘S.258) Sarvig‘a tortib qabo, cho‘kkon quyoshqa soyabon, Chobukum bo‘yida shirdog‘, boshida qalpog‘idur. (FK.168) Hozirgi turkiy tillarda, masalan, qirg‘iz tilida qalpaq, uyg‘ur tilida qalpaq kabi variantlarda qo‘llanadi. Qalpoq so‘zi yasama bo‘lib, u qap+la+q qismlaridan tashkil topgan. Qadimgi turkiy tilda qap asosidan qapildi – qamaldi (MK, P, 136), qapsadi – qopladi, qapsar, qapsamoq (MK, Sh, 299), qapug‘, qa- pg‘a, kapыd – eshik, darvoza kabi so‘zlar yasalgan. Bu so‘zlar qalpoq so‘zi bilan bir asosga (qap) ega. Qalpoq so‘zining ma’nosi bekituvchi, qoplovchi, qoplab turuvchidir. Bu so‘zda l-p metateza hodisasi yuz bergan. [3, 132] O‘zbek tilining izohli lug‘atida qalpoqning quyidagi ma’nolari keltirilgan: 1.Yupqa namatdan qilingan bosh kiyimi. 2.Har qanday to‘qima yoki matodan tikilgan bish kiyim. 3.Kaska, mis qalpoq,po‘lat qalpoq. 4.Do‘ppi,kallapo‘sh. 5.Narsalar ustini qoplab,berkitib turadigan soyabon yoki qopqoq.6.Biror narsaning qalpoqli qismi yoki kallak. Biror ishni qoyil qilib bajaruvchi biror ish-faoliyatning juda ustasi bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanadi. [O‘TIL, 334] Sh.Rahmatullaev “O‘zbek tilining etimologik lug‘atida” qalpoqning kelib chiqishini “yuqori” ma’nosidagi qal- asosi bilan bog‘laydi: Bu bosh kiyim dastlab namatdan konussimon shaklda tikilib tepa uchi ancha baland ko‘tarilib turgan, odatda boshqa bosh kiyimi ustidan kiyilgan. Keyinchalik ma’noda voqe’ bo‘lib, har qanday qalin bosh kiyimni anglata boshlagan. Bu so‘zning tarkibini asli qadimgi turkiy tildagi “ko‘taril” ma’nosini anglatgan “qali” fe’lidan “-ba” qo‘shimchasi bilan yasalgan otga kichraytirish ma’nosini ifodalovchi “-q” qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan deb izohlash mumkin, keyinchalik 2- bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan, b undoshi p undoshiga, 1-bo‘g‘indagi a unlisi ä unlisiga almashgan: (qali+ ba=qaliba)+q=qalibaq>qalbaq>qalpaq>qalpâq. [7, 518] Qaviq 1. Chok turi; qaviladigan narsalar (to‘n, do‘ppi, ko‘rpa va shu kabilar)ning ikki tomoniga o‘tkazib tikilgan choki. Yirik qaviq. Guldor qaviq. E’zozxon paranji ichidan boshini ko‘tarib qaradi, 88 Kamola RIXSIYEVA Razzoqning ixcham kirza Etigini, mayda qaviq paxtalik shimini ko‘rdi.H. G‘ulom, Mash’al. 2. Qavish ishi.[ O‘TIL, 338] Qaviq jarayonni ifodalaydi: Unsin xola qizining uch yangi ko‘rpasini qoplab, qaviqdan chiqardi (A. Hayitmetov). Metonimiya asosida shu jarayonga aloqador buyumni bildiradi: Unsin xola Qo‘liga igna kirgani bahona bo‘ldi-yu, yuragiga sig‘mayotgan qaviqni ham yig‘ishtirib qo‘ydi.R. Fayziy, Hazrati inson. Qayish leksemasining asosi “qap” hisoblanadi. Uning qapishmoq fe’li bilan aloqasi mavjud. B.Bafoev qayishning asosi Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling