Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinchalik b
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinchalik b undoshi v
undoshiga, a unlisi unisiga almashgan. Ya’ni qovoqda ham, qopqoqda ham, qobiqda ham shakl, vazifa jihatdan “yopiq” semasi ustun. Qovoq leksemasi omonim leksema hisoblanadi. Qovoq ko‘z kosasini qoplovchi, ochilib yopilib turadigan teri, tana a’zosi demakdir. Oyim keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to‘shakka yopishib yotgan odamdek sarg‘imtil- zahil tusga kirganini yendi payqadim. (O‘.H. Ikki eshik orasi). Qovoq mumtoz adabiyotda qabag‘ shaklida ishlatilgan. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida shunday yozadi: Va xo‘blarning ko‘z va qoshlari orasinki, qabog‘ derlar, forsiyda bu uzvning oti yo‘qtur. Masnaviyda bir jamoat xo‘b ta’rifida mundoq deyilibdurkim, bayt: Mengizlari gul-gul, mijalari xor, Qabog‘lari keng-keng, og‘izlari tor. [6, 6] Qovoq – poliz ekini turini ham anglatadi. Palak otib o‘sadigan, shapoloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli, bir yoki ko‘p yillik poliz o‘simligi va uning turli shakllarda bo‘ladigan yirik hosili ma’nosida hozirgi o‘zbek tilida mavjud: – Yur, qovoq somsa beraman! (O‘.H. Ikki eshik orasi). “Boburnoma”da qovoq/qabaq po‘sti qattiq bo‘lgani, idish sifatida ishlatiladigan turi ham mavjud bo‘lgani bois harbiy mashqlarda nishonga olinadigan buyum o‘rnida ishlatilgan: Qaboq maydonida maydon boshidin chopib, yoyni tushurub qo‘rub, otib qaboqni urar edi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatadigan bu ot qab otining idish, o‘rab turuvchi narsa ma’nosidagi, kichraytirish ma’nosini ifodalovchi a(q) qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyin- chalik b undoshi v undoshiga, a unlisi o unisiga almashgan: qabaq- qovoq. [7, 518] Oshqovoq – qovoq turini anglatadi. Oshqovoq suviga qorib zog‘ora yopayotgan ekan....! (O‘.H. Ikki eshik orasi). Qovoq asosidan yasalgan yana bir leksema nosqovoq bo‘lib, narsa-buyum otlari qatoriga kiradi: – Mehmon emas, mezbon! – dedi, nosqovoqni egasiga qaytarib (O‘.H. Ikki eshik orasi). 92 Kamola RIXSIYEVA Qoplam leksemasi narsa-predmetning sirtini qoplab turuvchi qismni anglatadi: ustki qoplam. Uning yana bir hajm-o‘lchov ma’nosi ham mavjud. Masalan: bir qoplam paxta. Qoplama 1. Biror narsaning sirtiga, betiga, ustiga qoplangan, o‘ralgan, sirilgan tashqi qatlam yoki g‘ilof. Devorning marmar qoplamasi. Qoplama ko‘rpa. Avra-astari ustidan yangi avra-astar kiydirilgan, lekin qavilmagan ko‘rpa. Qoplama “ fe’ldan anglashilgan ish-harakat uchun mo‘ljallangan, shunga belgilangan narsani bildiruvchi ot” [9, 58] Qoplama tarkibidagi -ma affiksi fe’ldan ot va sifat yasash uchun xizmat qiladi. Ot yasovchi sifatida ham, sifat yasovchi vazifasida ham hozirgi o‘zbek adabiy tilida mahsulli affiks hisoblanadi. -ma affiksi yordamida hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’ldan anglashilgan ish- harakat uchun mo‘ljallangan, shunga belgilangan narsani bildiruvchi otlar yasalgan: qoplama, tirkama, yo‘qlama, qo‘manma, ko‘rgazma, bosma, to‘shama kabi. [9, 81] -ma qo‘shimchasi bilan yasalgan otlar u qadar ko‘p bo‘lmasa- da, bunday otlarning ma’lum qismi -ma affiksi bilan yasalgan sifatlarning otlashuvi orqali yuzaga kelgan. Mas., dimlama, qovurma, tirkama otlari xuddi shu yo‘l bilan yuzaga kelgan. Shuning uchun ham bunday otlarning nomi umumiy tushunchani bildiradi. [9, 88] Qap= asosidan zoonimlar hosil qilingan. Qoplon mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan mo‘ynasi qalin yirtqich hayvon. Tarixiy manbalarda ham uchraydi: ...besha saboini misli qoplon va arslon va soyir darrandalar ko‘p o‘lturur erdi. [1, 21] Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu ot asli Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling