Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
Munisa ABDUAZIZOVA
164 qismlari umumiy ma’noviy yaxlitligidan taxmin qilish mumkin, ammo frazema mazmuni metaforik yoki metonimik xarakterda bо‘ladi. Masalan, “tili shirin” iborasini olaylik. Ushbu ibora metaforik ma’no ko‘chishi asosida hosil bo‘lgan bo‘lib, ibora “gapirishi quloqqa yoqadigan, xushmuomala” [Sh. Rahmatullayev 1978, 231] ma’nosida ishlatiladi. Iboraning mazmunini anglamagan tinglovchi “til a’zosin- ing mazasi xususida” gap ketayapti, deya taxmin qilishi ham mumkin. Frazeologik birliklarning bor “tarovati” ham shunda, ya’ni bu birliklar bor tushunchani borligicha emas, balki sayqallab, til egasi dunyoqa- rashidan kelib chiqqan holda kommunikativ jarayonga tayyorlaydi. Butun sо‘z birikmasining ma’nosi uning tarkibiy qismlari ma’nosin- ing yig‘indisi emas, balki umumiy ma’no chiqarishda tarkibiy qism majoziy semasiga asoslaniladi. О‘zbek tilida frazeologik birliklarn- ing ko‘pchiligi milliy-madaniy tafakkur, urf-odat va an’analar asosi- da paydo bо‘lgan bо‘lsa, ingliz tilida frazeologik birliklarni boshqa tillardan, ayniqsa, lotin va fransuz tillaridan о‘zlashtirish nisbatdan kuchli. Ammo muayyan bir ibora va uning o‘zlashtirilishi, etimologi- yasi xususida qat’iy bir fikr bildirish murakkab jarayon. Frazeologik birliklar evolutsiyasi davrlar, zamonlar va ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida taraqqiy topadi. Bu jarayon millat lisoniy ongi va madaniy fondi taraqqiyoti bilan ham bog‘liq. Shu sababli bu masalada, ya’ni frazeologik birliklar etimologiyasi mavzusida uzil-kesil bitta xulosa- ga kelib bo‘lmaydi, ammo taxmin va farazlar mavjud. Ingliz tilidagi aksariyat frazeologik birikmalarning mualliflari hozirgacha fan uchun noma’lumligicha qolmoqda. Barcha tillardagi frazeologik birikmalar, xususan ingliz tilidagi frazeologik birikmalar ham, millatning donishmandligi va lingvistik didini ko‘rsatuvchi xalq ijodi mahsuli hisoblanadi. Ko‘pgina frazeologik birikmalar o‘zida in- gliz xalqining an’analari, odatlari va e’tiqodi, tarixning biz bilgan va bilmagan tarixiy haqiqat va dalillarini aks ettiradi. Rus tilshunosi L.A.Bulaxovskiy ingliz tilidagi onomastik kom- ponentli frazeologik birliklarni kelib chiqishiga ko‘ra quyidagicha tasniflagan edi: 1) maqol va hikoyalar asosida shakllangan; There is many a slip twixt the cup and the lip — irg‘ib o‘tmay xo‘p dema, oldindan hov- liqma, tug‘ilmagan buzoqqa qoziq qoqma. Cut the Gordian knot yoki cut the knot — chigal masalaning yechimini topmoq; kalavaning uchi- ni topmoq. 2) kasbiy lug‘at asosida shakllangan; go for a Burton – o‘lmoq, ko‘z yummoq, izsiz yo‘qolmoq. Barton – Staffordshir viloyatidagi pivo ishlab chiqaradigan kichik shahar. Write in water — bekordan bekor- Frazemalarni etilomologik asosiga ko‘ra tasniflash masalasi va ularning shakllanish omillari 165 ga mehnat qilmoq. 3) hazil va latifalar asosida tuzilgan; The smell of the lamp — chiroq hidi (birikmada yozuvchi o‘z asarini yozayotganda unga nur taratayotgan lampadagi moy hidi haqida so‘z bormoqda); zo‘rma-zo‘raki, sun’iy. apple of Sodom – chiroyli, ammo aynigan ho‘l meva; 4) injildagi tasvirlar va parchalardan kelib chiqqan; Adam‘s apple –kekirdak; A forbidden fruit – ta’qiqlangan meva; 5) antik dunyo mamlakatlari ta’sirida shakllangan; Achille’s heel yoki the heel of Achille’s — Axilles tovoni; yagona zaif tomon, joy. Cassandra warnings — (k.u.) mensilmayotgan, lekin ayni vaqtda sodir Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling