Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Frazemalarni etilomologik asosiga ko‘ra tasniflash masalasi va ularning shakllanish omillari
167


o‘tkazishini quyidagi turli tillarga oid sinonim frazemalar misolida 
tahlil qilib ko‘raylik.
Hech qachon 
amalga 
oshmaydigan 
hodisa
Cho‘chqalar parvoz qilganda (ingliz.t)
Tovuqlardan tish chiqqanda (fransuz.t)
Qizil qor yog‘ganda (turk.t)
Tuyani dumi yerga tegganda (o'zbek.t)
Ushbu to‘rt frazema bir xil mazmunga ega. Ammo har bir 
xalq o‘z madaniyatidan kelib chiqqan holda turli leksik vositalardan 
foydalanib frazemani shakllantirgan. Xalqimiz qadimda savdo va ti-
jorat ishlarida, karvon yo‘llarida, sayohatlarda asosiy ulov sifatida 
tuyadan foydalangan. Kunlik maishiy hayotda ko‘p foydalaniladigan 
va omma ko‘ziga “tanish” hayvon ham tuya bo‘lgan. Shu vajdankim
uning ko‘rinish tomoni xalqqa tanish bo‘lgan. Tuyaning dumi yerga 
tegganda iborasining hosil bo‘lishida aynan shu madaniy unsur ta’si-
ri bo‘lgan deya taxmin qilishimiz mumkin. Fransuz madaniyatida esa 
ayni ibora parranda nomi ishtirokida bilan ifodalangan: “Quand les 
poules auront des dents –Tovuqlardan tish chiqqanda”. Azaldan par-
randalar, xususan, xo‘roz fransuz madaniyatida qadimdan muhim 
ahamiyat kasb etgan. U dastlab fransuz firmalarida qo‘ng‘iroq, soat 
vazifasini o‘tagan. Uning o‘zini tutishi hamda jamoasini himoya qil-
ishidan kelib chiqib jasorat, mardlik ramzi sifatida ham ko‘ra bosh-
laganlar. Uning hushyorligi va jasorati Fransiyaning norasmiy milliy 
ramziga aylanishiga sababdir. Xo‘roz diniy ramzligi tufayli cherkov 
qo‘ng‘iroqlari va soat minoralarini bezash uchun ishlatilgan. U fran-
suz inqilobida xalq bayroqlarini bezatgan va Ikkinchi jahon urushi-
da Fransiya chegaralari mustahkamligi, fransuz xalqi jasoratinining 
ramziy belgisiga aylangan. Umuman olganda, parrandalar fransuz 
madaniyatida azaldan muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Shu vajdankim, 
fransuz frazeologik qatlamida parranda nomlari faol. Bu ularning 
frazeologik birliklarida ham o‘z aksini topgan. Bu kabi mazmunan 
aynan muqobil, ammo turfa ifodalar tillardagi lingvomadaniy tovla-
nishlarni yaqqol ochib beradi.
Turklarning eng qadimgi e’tiqodlariga kelsak, “Al Ruhu” 
(Qizil ruh) yoki “Al Ateş” (Qizil olov) nomlari bila ataladigan olov 
xudosi yoki qo‘riqchi ruh bor ekanligiga ishonishgan. Turklarning 
eng qadimgi davrlardan beri qizil bayroqdan foydalanish odati 
ushbu “Al Atesh” kulti (e’tiqodi) bilan bog‘liq bo‘lgan an’anadir. Bu 
masala yuzasidan A.Inan bizga quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tgan 
Munisa ABDUAZIZOVA
168


edi: “Qozoq, qirg‘iz xalqlari bayroq so‘zi o‘rniga “yalav” so‘zini 
ishlatadilar, bu so‘z aslida alav – alangadir. Turk xurofotlariga ko‘ra 
ruhlar oq, qora, sariq, jigarrang kabi ranglarga bo‘ladi. Har holda, 
qizil rang ham ruhlardan birining rangini ko‘rsatgan. Shomonizmda 
ruhlar sharafiga bayroqlar (oltoy tilida Yalama - Yalav) tikish odat 
edi. Al Ruhi qo‘riqchi ruh deb hisoblangan paytda, uning sharafi-
ga o‘rnatilgan bayroq olov rangiga yaqin rangda edi. Bizningcha, 
turklarning qizil bayroqlari Al Ruhi olov xudosi va homiy ruh san-
algan davridan qolgan izlardir. Al Ruhi eng qadimgi davrlarda olov 
xudosi, homiy ruh bo‘lgan. Shu vajdankim turk madaniyatida qizil 
rang poklik, jo‘shqinlik, qon ramziy ifodasi o‘laroq milliy-madaniy 
ahamiyat kasb etadi. Xina kechasida kelin bo‘lajak qizlarning qizil li-
bos kiyishi, shuningdek to‘y kunida qizlarning beliga bokiralik ramzi 
sifatida qizil tasma bog‘lab qoyish odati ham shundan kelib chiqqan 
deya taxmin qilishimiz mumkin. Bu holat frazeologik fondda ham 
akslanmasdan qolmagan. Yuqoridagi “Qizil qor yog‘ganda” iborasi-
da ham aynan “qizil” rang komponent sifatida qatnashganligi bejiz 
emas. 
Jahon madaniyatida keng tarqalgan cho‘chqa timsoli ko‘p 
ma’nolarga ega bo‘lib, an’anaviy san’at, ommaviy madaniyat va 
axborot vositalarida turli maqsadlarda ishlatilgan. Butun dunyo 
bo‘ylab cho‘chqa salbiy sifatlar, ayniqsa ochko‘zlik va nopoklik 
ramziga aylangan. Bu kabi atributlar ko‘pincha cho‘chqalar va 
odamlar o‘rtasidagi tanqidiy taqqoslashlarga olib kelgan. Ammo bu 
jonzotni ijobiy timsol sifatida qabul qiluvchi xalqlar ham yo‘q emas. 
Hattoki, ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida cho‘chqa so‘yish bayrami 
ham tashkil qilingan. Germaniyada cho‘chqalar omad timsoli sifatida 
tanilgan. ΧІΧ asr oxirlarida Nyu-Yorkda Rojdestvo kechki ovqatidan 
so‘ng keyingi yil davomida sog‘lik va farovonlik olib keladi degan 
umidda, yalpizli cho‘chqa taomini oilasi bilan tanovvul qilish an’anasi 
paydo bo‘ldi. Bu kabi qarashlar cho‘chqa obrazining Yevropa xalqlari 
og‘zaki ijodida va mifologiyasida faol qo‘llanishiga zamin yarat-
ib berdi. Muayyan voqelikni tasviriy ifodalash jarayonida cho‘chqa 
timsolidan ko‘p foydalanishgan. Ushbu frazema taraqqiyotida diniy 
dunyoqarash ta’siri ham sezilib turibdi. Nasroniylar uchun cho‘ch-
qa go‘shtini iste’mol qilish odatiy hol, ammo musulmonlar uchun 
cho‘chqa yog‘i va go‘shti man qilingan yeguliklar sirasiga kiradi. Islo-
miy olamda bu zoonim timsolining ommalashmaganligiga ham shu 
omil sabab bo‘lgan.
Individual iboralar muallifini aniq bilish imkoniyati mavjud. 
Ammo universal xarakterdagi turg‘un frazemalar, ya’ni millat on-
Frazemalarni etilomologik asosiga ko‘ra tasniflash masalasi va ularning shakllanish omillari
169


giga singib ketgan va keng tarqalgan iboralarning aniq etimologik 
ildizini belgilash biroz murakkab. Bu holat o‘zbek va ingliz tillarida 
birdek muammoli jihatdir. Ko‘pgina frazeologik birikmalar o‘zida 
muayyan bir xalqining an’analari, odatlari va e’tiqodi, yashash tarzi 
va madaniyati, tarixining biz bilgan va bilmagan jihatlarini aks etti-
radi. Masalan. “Blood is thicker than water” ingliz iborasi so‘zma-so‘z 
“qon suvdan quyuqroq” deb tarjima qilinadi. Ingliz madaniyatida 
oilaviy rishtalar boshqa munosabatlardan ustunligini ko‘rsatuvchi 
mazkur iboraning o‘zbek tilidagi ekvivalenti sifatida “et bilan tirnoq”, 
“etni tirnoqdan ajratib bo‘lmas” iborasini ko‘rsatishimiz mumkin. 
Ikki frazema morfologik jihatdan turli so‘z turkumlaridan tuzilgan 
bo‘lsa-da, semantik jihatdan bir ma’noni ifodalaydi. Qondoshlik, 
jigarchilik, bir ota-onadan tug‘ilgan farzandlar o‘rtasidagi mehr-mu-
habbat rishtalari o‘zbek millatida qanchalik qadrlansa, ingliz xalqi 
mentalitetida ham o‘ziga xos qadriyat darajasiga ko‘tarilanligini ush-
bu ibora misolida ko‘rishimiz mumkin. Bu kabi madaniyatning tafak-
kurga ta’siri natijasida hosil bo‘lgan iboralar anchagina. Har qanday 
frazemaning shakllanish ildizi muayyan bir motivga borib taqaladi. 
Bu omil ijtimoiy, madaniy, tarixiy, mifologik faktorlarga asoslanishi 
mumkin.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling