Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Adabiyotlar tahlili
Mazkur masalani hal qilishda MO‘D, ona (o‘zbek) tili o‘qitish 
metodikasiga oid darsliklar va zamonaviy ta’lim metodlariga oid ad-
abiyotlar, jumladan, A.G‘ulomov, B.To‘xliyev, A.Bobomurodova, T.Zi-
yodova kabi olimlar asarlari va maqolalaridan foydalanildi, maktab 
ona tili darsliklari tahlil qilindi.
Ona tili darslarida matn yaratish texnologiyasiga oid qa-
rashlar
Matn va uning barcha shakli o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan 
dastur talablarining amalga oshirilishini amaliy jihatdan ta’minlay-
di. Ijodiy matnlar erkin mavzudagi insholar, badiiy tasvir vositasi-
talari asosida yozilgan esse ko‘rinishida bo‘ladi. Shunigdek, ijodiy 
matn yaratishda qo‘llanadigan tasviriy vositalar sirasiga o‘quv film-
larini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Biz ularni shartli ravishda 
o‘quv filmlari deyishimiz mumkin. O‘quv filmlari to‘plamiga «Istiqlol 
muborak», «O‘zbekistonim mening», «Ona zamin tuhfalari», «Tosh-
kent – mening shahrim», «Toshkent mehmonlar nigohida» , «Flo-
110
Nodira ALAVUTDINOVA


ra va fauna» , «Bobodehqon» , «Savdo-sotiq markazlari» kabi ilm-
iy-ommabop filmlarni kiritish mumkin. Namoyish qilinadigan film 
haqida o‘quvchilar bir hafta avval ogohlantiriladilar, film mavzusi 
bilan tanihadilar. Matn yaratish vaqtida amaliy foydalanish mumkin 
bo‘lgan tavsiyalar beriladi: she’riy asarlardan, mavzuni ochib ber-
ishga yordam beradigan turli matnlardan parchalar olib kelish va 
boshqalar. Namoyish vaqtida o‘quvchilarga dastlab nimalarga e’tibor 
berish kerakligi haqida yo‘riqnoma berildi. Mazkur filmlarda diktor 
matni yoki tasvirosti yozuvlarining yo‘qligi ham o‘quvchiga mustaqil 
ijodiy matn yaratish imkonini beradi. Filmni namoyish etishdan av-
val o‘quvchiga vazifa aniq qilib tushuntiriladi. Agar bu tarzdagi ijodiy 
ish sinfda ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsa, matn yaratishni uning 
rejasini sharhlashdan boshlashni tavsiya qilamiz. Shuningdek, film 
asosida matn yaratish uchun foydalaniladigan so‘zlar, so‘z birikma-
lari ham ilova etildi.
Ayniqsa, ommaviy axborot vositalaridan biri bo‘lgan TV 
ko‘rsatuvlari doimo o‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Shuni 
nazarda tutib, o‘quvchi tomonidan yaratilgan matn film namoyish 
etilayotgan bir paytda o‘qilsa, o‘quvchi o‘zini ssenariy muallifi yoki 
sharhlovchi singari his qiladi, vazifani bajarishga
iftixor va 
mas’uli-
yat bilan yondashadi. Natijada, o‘quvchi beixtiyor o‘z nutqini boyitish 
ustida ishlaydi, talaffuz me’yorlariga, ifodali o‘qishga e’tibor beradi. 
O‘zi yaratgan matnning qay darajada filmga mos ekanligini anglay-
di, tahrir qiladi. Shu tarzda o‘quvchining ham yozma, ham og‘zaki 
nutqiy faoliyatini baholash mumkin bo‘ladi. Muhimi, o‘quvchi uchun 
mustaqil tarzda ijodiy matn yaratishning yana bir omili hosil bo‘ladi.
Film asosida matn yaratishda o‘quvchilarni guruhlarga bir-
lashtirish ham yaxshi natija beradi. Guruhlardagi o‘quvchilar jamoa 
bo‘lib ishlash, boshqalar fikrini eshitish, o‘z qarashlarini mantiqiy 
dalillar bilan asoslashga o‘rganadilar. Ijodiy ish jarayonini to‘g‘ri 
tashkil qilish o‘quvchilarning darsdagi faolligini kuchaytiradi. Loqa-
yd, hafsalasiz o‘quvchilarni ham ishlashga, o‘ylashga majbur qiladi.
Harakatdagi tasvirni so‘z bilan ifodalash o‘quvchidan «Leksi-
kologiya» bo‘limida o‘rganilgan mavzularni yaxshi bilishni talab 
qiladi va bu bilimlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatadi. Agar o‘quvchi 
«Ma’nodosh so‘zlar», «Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar», «Iboralar» 
kabi mavzularni yaxshi o‘zlashtirmagan bo‘lsa, bu uning ijodiy jaray-
ondagi ishtirokini sustlashtiradi. O‘quvchilar harakatdagi tasvir aso-
sida o‘tilgan darslardan keyin ularni yana bir bor mustaqil ravishda 
takrorlashga harakat qiladilar.
Maktablarda ijodiy matn yaratishda hozircha videofilmlar-
111

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling