Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ona tili darslarida matn yaratish texnologiyasiga oid qa- rashlar
Adabiyotlar tahlili
Mazkur masalani hal qilishda MO‘D, ona (o‘zbek) tili o‘qitish metodikasiga oid darsliklar va zamonaviy ta’lim metodlariga oid ad- abiyotlar, jumladan, A.G‘ulomov, B.To‘xliyev, A.Bobomurodova, T.Zi- yodova kabi olimlar asarlari va maqolalaridan foydalanildi, maktab ona tili darsliklari tahlil qilindi. Ona tili darslarida matn yaratish texnologiyasiga oid qa- rashlar Matn va uning barcha shakli o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan dastur talablarining amalga oshirilishini amaliy jihatdan ta’minlay- di. Ijodiy matnlar erkin mavzudagi insholar, badiiy tasvir vositasi- talari asosida yozilgan esse ko‘rinishida bo‘ladi. Shunigdek, ijodiy matn yaratishda qo‘llanadigan tasviriy vositalar sirasiga o‘quv film- larini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. Biz ularni shartli ravishda o‘quv filmlari deyishimiz mumkin. O‘quv filmlari to‘plamiga «Istiqlol muborak», «O‘zbekistonim mening», «Ona zamin tuhfalari», «Tosh- kent – mening shahrim», «Toshkent mehmonlar nigohida» , «Flo- 110 Nodira ALAVUTDINOVA ra va fauna» , «Bobodehqon» , «Savdo-sotiq markazlari» kabi ilm- iy-ommabop filmlarni kiritish mumkin. Namoyish qilinadigan film haqida o‘quvchilar bir hafta avval ogohlantiriladilar, film mavzusi bilan tanihadilar. Matn yaratish vaqtida amaliy foydalanish mumkin bo‘lgan tavsiyalar beriladi: she’riy asarlardan, mavzuni ochib ber- ishga yordam beradigan turli matnlardan parchalar olib kelish va boshqalar. Namoyish vaqtida o‘quvchilarga dastlab nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yo‘riqnoma berildi. Mazkur filmlarda diktor matni yoki tasvirosti yozuvlarining yo‘qligi ham o‘quvchiga mustaqil ijodiy matn yaratish imkonini beradi. Filmni namoyish etishdan av- val o‘quvchiga vazifa aniq qilib tushuntiriladi. Agar bu tarzdagi ijodiy ish sinfda ilk marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lsa, matn yaratishni uning rejasini sharhlashdan boshlashni tavsiya qilamiz. Shuningdek, film asosida matn yaratish uchun foydalaniladigan so‘zlar, so‘z birikma- lari ham ilova etildi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalaridan biri bo‘lgan TV ko‘rsatuvlari doimo o‘quvchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Shuni nazarda tutib, o‘quvchi tomonidan yaratilgan matn film namoyish etilayotgan bir paytda o‘qilsa, o‘quvchi o‘zini ssenariy muallifi yoki sharhlovchi singari his qiladi, vazifani bajarishga iftixor va mas’uli- yat bilan yondashadi. Natijada, o‘quvchi beixtiyor o‘z nutqini boyitish ustida ishlaydi, talaffuz me’yorlariga, ifodali o‘qishga e’tibor beradi. O‘zi yaratgan matnning qay darajada filmga mos ekanligini anglay- di, tahrir qiladi. Shu tarzda o‘quvchining ham yozma, ham og‘zaki nutqiy faoliyatini baholash mumkin bo‘ladi. Muhimi, o‘quvchi uchun mustaqil tarzda ijodiy matn yaratishning yana bir omili hosil bo‘ladi. Film asosida matn yaratishda o‘quvchilarni guruhlarga bir- lashtirish ham yaxshi natija beradi. Guruhlardagi o‘quvchilar jamoa bo‘lib ishlash, boshqalar fikrini eshitish, o‘z qarashlarini mantiqiy dalillar bilan asoslashga o‘rganadilar. Ijodiy ish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarning darsdagi faolligini kuchaytiradi. Loqa- yd, hafsalasiz o‘quvchilarni ham ishlashga, o‘ylashga majbur qiladi. Harakatdagi tasvirni so‘z bilan ifodalash o‘quvchidan «Leksi- kologiya» bo‘limida o‘rganilgan mavzularni yaxshi bilishni talab qiladi va bu bilimlarni o‘z o‘rnida qo‘llashga o‘rgatadi. Agar o‘quvchi «Ma’nodosh so‘zlar», «Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar», «Iboralar» kabi mavzularni yaxshi o‘zlashtirmagan bo‘lsa, bu uning ijodiy jaray- ondagi ishtirokini sustlashtiradi. O‘quvchilar harakatdagi tasvir aso- sida o‘tilgan darslardan keyin ularni yana bir bor mustaqil ravishda takrorlashga harakat qiladilar. Maktablarda ijodiy matn yaratishda hozircha videofilmlar- 111 Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling