Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Iqtibos uchun
- Ona tilini o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan
O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq
ko‘nikmasini shakllantirish Nodira Alavutdinova 1 Abstrakt Bugungi kunda ona tilini o‘qitish jarayonida yozma matn yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Matn yaratish usuli o‘ziga xos rivojlanish bosqichlariga ega. O‘quvchining matn yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malakalari nafaqat fanga oid nutq malakalarini shakllantiradi, balki uni shaxs sifatida rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, umumta’lim dasturiga kiritilgan barcha fanlarni o‘zlashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Ona tili fani umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan asosiy fanlardan biri bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’lum tizimi, qonun- qoidalari mavjud. Shaxsni tarbiyalash, uning til madaniyatini shakllantirish va nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda o‘ziga xos mavqega ega. O‘quvchining nutqiy kompetensiyasi uning yozma va og‘zaki nutqi orqali namoyon bo‘ladi. Albatta, tuzilgan nutq materialining sifati lingvistik ma- terialni o‘zlashtirish bilan ham bog‘liq. Matn yaratish qobiliyati talaba rivo- jlanishining muhim omillaridan biri bo‘lib, bu jarayonni tashkil etish usuli an’anaviy darsni noan’anaviy darsga aylantirish vositasi bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: ona tili, o‘qitish metodikasi, nutqiy kompetensiya, matn, amaliyot, nutq, yozma nutq. Kirish Respublikamizda “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta max- sus, professional va oliy ta’lim tizimlarida ona tili fanining uzviylig- ini ta’minlash konsepsiyasi” qabul qilinishi natijasida ona tili ta’limi tizimida o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu o‘zgarishlar sifat o‘zgarish- lari bo‘lib, maktab o‘quvchisining yozma va og‘zaki nutqiga qo‘yil- gan talablar bilan birga ularni amalga oshirish yo‘llarini ham bel- gilab berdi. Shuningdek, mazkur konsepsiya asosida tuzilgan dastur va darsliklarda ta’limning uzviyligi va uzluksizligi masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratildi. “Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi” 1965-yili YUNESKO forumi- 1 Alavutdinova Nodira Ganiyevna – O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti. Iqtibos uchun: Alavutdinova, N. “O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish ”. O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. 2023/1 (1):108-115. 108 Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1) da taniqli nazariyotchi P.Langrand tomonidan taqdim etilgan. Unda berilgan g‘oya talqini insonni barcha tarbiyaviy tamoyillarining markaziga qo‘yadigan gumanistik g‘oyani o‘zida mujassam etgan. U inson o‘z hayoti davomida qobiliyatini to‘liq rivojlantirish uchun sha- roit yaratish kerakligi inson hayotining an’anaviy o‘qish va ishlash sharoitiga bo‘linmasligi lozimligi kabi qarashlarni ilgari surgan, nati- jada mazkur nazariy o‘zgarishlar dunyodagi milliy ta’lim tizimlarini isloh qilish uchun asos bo‘lgan. “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimlarida ona tili fanining uzviyligini ta’minlash konsep- siyasi”da Ona tilini o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling