Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish


dan kam foydalaniladi. Chunki ta’lim jarayonida ushbu metoddan 
foydalanish 
ma’lum texnik bazani talab qiladi. Qolaversa, ona tili 
mashg‘ulotlari uchun maxsus filmlar yaratilmagan.
Film asosida tashkil qilingan har qanday ijodiy-amaliy ish 
o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga, o‘z mustaqil fikr «mah-
sul»ini hayotga tatbiq etishiga yaqindan yordam beradi.
Yangi o‘quv yili «Mustaqillik darsi» bilan boshlanadi. Biz ana 
shu an’anadan kelib chiqqan holda, 5-sinfda yangi o‘quv yilidagi ilk 
saboqni «Istiqlol muborak!» videofilmini namoyish etishdan bosh-
lashni tavsiya etamiz. Chunki yozgi ta’tildan qaytgan, kuni kechagina 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram 
tantanalarining shohidi bo‘lgan o‘quvchilarda o‘z taassurotlari bi-
lan o‘rtoqlashish ehtiyoji kuchli bo‘ladi. Film tahlili va uning asosida 
matn yaratish jarayoni bu ehtiyojni qondirish barobarida, o‘quvchi-
larda ijod qilish, jamoa bo‘lib ishlash malakalarini ham shakllantira-
di.
«Istiqlol muborak!» filmi namoyishidan oldin o‘quvchilar 
quyidagi shartlar bilan tanishtiriladi:
1. Filmni diqqat bilan tomosha qiling.
2. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag‘ishlangan 
bayram tantanasining o‘tkazilishidagi ko‘tarinkilik va shukuhga e’ti-
bor bering; a) tasvirdagi qiyofalar, dekoratsiyalar va boshqa hodis-
alarning detallashgan mufassal bayonini bering; b) kadrlarda nam-
oyon bo‘lgan lavhalar asosida bayram kayfiyatini zarur so‘zlar bilan 
ifodalang (guruhlar o‘rtasida musobaqa tarzida ma’nodosh so‘zlar 
qatorini yaratish, so‘zlarni iboralar bilan almashtirish, uyadosh 
so‘zlar lug‘atini yaratish...).
3. Bayram dasturida qatnashgan san’atkorlar va ular ijro-
sidagi kuy, qo‘shiq hamda raqslarning uslub jihatidan har xilligiga 
ahamiyat bering. Kimlar ijrosidagi qo‘shiq, raqslar sizga yoqdi?
4. Bayram haqidagi mulohazalaringizni umumlashtirib, og‘za-
ki matn tuzing.
5. To‘plagan ma’lumotlaringiz asosida 8-9 gapdan iborat yoz-
ma matn tuzing.
Darsning tashkiliy qismida o‘quvchilarga «Bayramni qan-
day o‘tkazdingiz?», «Mustaqillik bayrami tomoshalarida siz ham 
qatnashdingizmi?», «Bayramdan qanday taassurot oldingiz?» kabi 
savollar bilan murojaat etib, ularni navbatdagi bajarilishi nisbatan 
murakkabroq bo‘lgan vazifaga tayyorlash mumkin.
Film namoyish etilayotgan vaqtda o‘qituvchi ba’zi kadrlarni, 
detallarni sharhlashi, ularga o‘quvchilar diqqatini jalb qilishi mum-
112
Nodira ALAVUTDINOVA


kin. Film namoyish etib bo‘lingach, o‘quvchilar ishtirokida ijodiy ja-
rayonni hosil qilishga erishish shart. Buning uchun o‘qituvchi turli 
savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi kerak:
1. Nima uchun bu bayram umumxalq bayrami hisoblanadi?
2. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari qay-
erda o‘tkazildi?
3. Nima uchun bayram dasturidan respublikamizdagi barcha 
viloyatlarning qo‘shiq va raqslari o‘rin olgan?
4. Bayramda yosh-u qari birdek ishtirok etdi. Buning sababini 
izohlang.
5. Bayram dasturi sizga yoqdimi?
6. Bayram dasturiga yana nimalarni qo‘shish kerak?
7. Siz bayram dasturida nima bilan ishtirok etishni istardin-
giz?
1-savolga javoblar:
1.Bu bayramni butun xalq yaxshi ko‘radi. Chunki 1 sentyabr 
– Mustaqillik kuni.
2. 1 sentyabr – Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan kun. 
Mustaqillik kuni – respublikamizdagi barcha kishilarning bayrami.
3. Bu bayramni hamma yaxshi ko‘radi. Shu kuni odamlar 
bir-birini bayram bilan tabriklaydi. Chunki shu kuni Respublikamiz 
mustaqilligi qo‘lga kiritilgan.
2-savolga javoblar:
1. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi Yangi 
O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazildi.
2. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan eng katta bayram tanta-
nasi poytaxtimiz – Toshkentda bo‘lib o‘tdi.
3. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari bar-
cha viloyatlarda, shahar va qishloqlarda nishonlandi. Bayramga ko‘p 
mehmonlar keldilar.
3-savolga javoblar:
1. Bayram dasturida barcha viloyatlardan kelgan san’atkorlar 
qatnashdilar.
2. Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami. Shuning uchun bu 
bayramda barcha viloyatlardan ijrochilar ishtirok etdilar.
3. Bu bayram barcha viloyatlarda nishonlandi. Yangi O‘zbeki-
ston bog‘idagi bayram tantanalarida viloyatlarning vakillari qat-
nashdi.
4-savolga javoblar: 
1. Bayramda yoshlar ham, qariyalar ham qatnashdi.
Bu savolga javob berishga o‘quvchilar qiynaldilar. Shuning 
113
O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish


uchun o‘qituvchining o‘zi quyidagi javobni o‘quvchilar e’tiboriga 
havola etdi:
 Bayram dasturida turli yoshdagi ijodkorlarning ishtiroki re-
spublikamizda yoshlarga g‘amxo‘rlik, qariyalarga e’tibor ko‘rsatish 
asosiy maqsad ekanligini ta’kidlaydi. 
5-savolga javoblar:
1.Bayram dasturi menga juda yoqdi.
2.Bayram menda katta taassurot qoldirdi.
3.Bayramning katta tarbiyaviy ahamiyati bor. 
6-savolga javoblar:
1.Bayram dasturida kamchilik yo‘q.
2.Dasturni to‘ldirish kerak emas. 
7-savolga javoblar:
1. Bu bayramda men qo‘shiq aytishni xohlardim.
2. Men bayramda qatnashgan o‘quvchilar orasida bo‘lishni 
juda istar edim.
3. Bizning raqs to‘garagimizdagi hamma qizlar bayramda 
raqsga tushishni istaydilar.
4. Men «Bulbulcha» dastasiga qatnashganimda bayramda 
qo‘shiq aytib, raqsga tushganman. 
Shu tarzda umumiy tasavvur hosil qilingach, ijodiy-amaliy 
ishning eng mas’uliyatli qismiga o‘tildi. O‘quvchilar matn tuzishda 
foydalanish mumkin bo‘lgan so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralar bilan 
tanishtirildi. Namoyish etilayotgan filmni sharhlash yuzasidan dast-
labki malakani hosil qilishda asosiy tashabbus o‘qituvchi zimmasiga 
yuklanadi. Faol o‘quvchilar ulardan nima talab qilinayotganini an-
glab olgunlariga qadar o‘qituvchi ularni boshqaradi. Albatta, ona tili 
darslarida bu metoddan faoydalanganda tayyorgarlik ko‘rish va unu 
o‘tkazish uchun darsga ajratilgan vaqtning katta qismi sarf qilina-
di. O‘qituvchi uchun bir qadar noqulay. Ammo olinadigan natija dars 
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijodiy ishlarning shunday 
tartibda tashkil qilinishi an’anaviy usulda tashkil qilingan darsdan 
noan’anaviy dars usuliga o‘tishni ham ta’minlaydi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling