Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
nutqiy faoliyatning asosiy 4 turi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologiya
nutqiy faoliyatning asosiy 4 turi:
1) nutqni tinglab tushunish; 2) gapirish; 3) o‘qish; 4) yozish amallari bo‘yicha har bir sinf uchun talab qilinadi- gan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda mehnat faoliyati jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, tinglab to‘plangan ma’lumotni idrok eta olish, shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot ol- ish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. Konsepsiyada ona tili fanini o‘qitish maqsadi shunday belgila- nadi: - o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri, ravon bayon qiladi- gan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Qo‘yilgan talablar XXI asr ko‘nikmalari: fanni oʻzlashtirish jarayonida tildan turli ijtimoiy munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni shakllantirishda ona tili ta’limi imkoniyatlarini amaliy namoyon etish bilan bog‘liq. Mak- tab ona tili darsliklarida berilgan yozma matnlar , ular uchun tuzilgan topshiriqlar o‘quvchini fikrlashga, munosabat bildirishga, hodisala- rni farqlashga, umumlashtirib xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan. Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi sifatida “o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki ham- da yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kom- petensiyani shakllantirish; o‘quvchida grammatikaga oid o‘zlashtiril- adigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, yozuv, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar) rivojlantirish; ona tilin- 109 O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish ing keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrni to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompe- tensiyalarni shakllantirishdan iborat” ekanligi belgilangan. Metodologiya Maqolada Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan ona tili das- turlarida ilgari surilgan g‘oyani amalga oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar aks ettirilgan. MO‘D bo‘yicha tuzilgan ona tili dasturlari kognitiv, ya’ni tilga oid malaka va koʻnikmani rivojlantirishga yoʻnal- tirilgan bo‘lib, ona tili faniga shunchaki oʻquv predmeti sifatida qa- ralmaydi. Bunda ona tili butun borliqni: tabiat, jamiyat, fanlarni, oʻ- zlikni anglash va oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi borliqni anglar ekan uni yozma va og‘zaki nutq vositasida ifoda etadi. Aynan ona tili fanidan oʻzlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malaka uning ijti- moiy munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli ishtirokini ta’minlaydi. Aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻzlashtirishda til omili muhim- dir. Maktab еtuklik attestatiga ega bo‘lgan insonni emas, ijtimoiy-si- yosiy hayotdagi turli holatlarda o‘z fikrini ifoda eta oladigan shaxsni tarbiyalaydi. Shu sababli u muayyan soha mutaxassisiga aylangani- da oʻzbek tilida ish yuritish, nutq soʻzlash, turli uslublardagi xatlar va ish qog‘ozlarini yoza olish, qarashlarini erkin ifodalagan holda fikrini boshqalarga nutqning yozma va og‘zaki shakllarida еtkazish malakasiga ega bo‘ladi. Oʻquvchi shaxsi egallashi lozim bo‘lgan bu malakalar ona tili darslarida og‘zaki va yozma matnlar yaratish ja- rayonida shaklanadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling