Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
V. Fon Gumboldtning “ruh” tushunchasiga oid qarashlari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
V. Fon Gumboldtning “ruh” tushunchasiga oid qarashlari
V. Fon Gumboldt falsafiy antropologiya haqida so‘z yuritar ekan, tilning inson dunyoqarashi, sotsium, milliy madaniyat bilan chambarchas bog‘liq ekanligini aytadi. Mazkur hodisalar birlashgan holda til orqali namoyon bo‘ladigan milliylik “milliy ruh”da aks etishini ta’kidlaydi. Olim tomonidan keltirilgan “absolyut ruh” o‘zida milliylikni, milliy xarakterni va milliy dunyoqarashni aks ettiradi. Olim asarlarida keltirigan “ruh” tushunchasi ilmiy jihatdan ancha murakkab va ilmiy asoslarni talab qiladi. Olim izlanishlarida keltirilgan “ruh” tushunchasi o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Jumladan, “absolyut ruh” bu butun olam va uning negizida turadigan, insoniyatning aqliy, ilmiy, ijtimoiy va falsafiy asosida turadigan hodisa sifatida keltiriladi. Shu o‘rinda ruh tushunchasining olim va zamonamiz adabiyotlarida keltirilgan ta’riflariga to‘xtalishga ehtiyoj tug‘iladi. Ruh tushunchasini diniy va ilmiy jihatdan asoslashga urinishlar mavjud. Xususan, islom dinining muqaddas kitobi hisoblanmish “Qur’oni Karim”da shunday marhamat qilinadi: “(Ey Muhammad) Sizdan ruh-jon haqida so‘raydilar. Ayting: “Ruh yolg‘iz Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir” [Isro surasi, 85-oyat]. Ruh ilmiy nuqtayi nazardan biologiya va falsafa fanida o‘rganilgan. Biologik nuqtayi nazardan ruhni ilmiy asoslash jarayonida yirik, asosli tadqiqotlar ko‘zga tashlanmaydi. Falsafada esa ruh xususida nisbatan umumiy bo‘lgan nazariyalar ilgari suriladi. Xususan, falsafada “olamiy ruh” tushunchasi keltirilgan bo‘lib, bu ta’limotning asoschisi nemis faylasufi G.Gegel hisoblanadi. Olim ta’limotiga ko‘ra, butun olamning negizida, barcha ijtimoiy va tabiiy hodisa hamda jarayonlarning asosida “olamiy ruh” va “olamiy aql” yotadi. Bundan tashqari uyg‘onish davri va uning neoklassik vakillariniing ijod namunalariga nisbatan ham olamiy tushunchasini qo‘llash holati uchraydi. Ruh – insonning o‘y-fikrlari, tafakkur tizimi, insonning ichki olamini boyitib boruvchi va qadriyatlarini belgilab beruvchi, jamiyatda o‘z ifodasini topadigan va insonlararo munosabatlarda ko‘rinadigan milliy-madaniy, etnik asoslarga ega, o‘zida bir necha milliy tamaddun akslarini singdirib qolgan birlik [Simbarevich O.L., 2010, 1-6]. Tushunchaning ijtimoiy-falsafiy jihatdan o‘rganilishi XIX asrdan boshlanadi. O‘rganilishga asosiy sabab sifatida insoniyat boshiga tushgan umuminsoniy fojialar, xususan, dunyo urushlari sabab bo‘lgan. Urush va tizimlarning o‘zgarishi asnosida nafaqat 122 Rohila ABDULLAYEVA siyosiy va iqtisodiy, balki inson ongida ruhiy inqirozlar ham sodir bo‘lgan va mazkur bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun “ko‘ngil”, “ruh”, “milliy ruh” hodisalari o‘rganilganki, bundan ko‘zlangan maqsad millat ruhiy olamida yuzaga kelgan inqirozli holatga barham berish, uning o‘z qadriyatlariga, milliy dunyoqarashiga ega bo‘lgan millat ekanligini, munosib o‘tmish va munosib kelajagi borligini ta’kidlash bo‘lgan [Pushkareva M.A., 1999, 127]. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga tayangan holda aytish mumkinki, Gumboldtning “absolyut ruh” xususidagi qarashlari ham o‘z ilmiy asoslariga ega bo‘lib, keyingi avlod vakillari tomonidan to‘ldirilgan. Yana bir jihatini ta’kidlash lozimki, Gumboldtning “milliy ruh”, “tilda aks etadigan milliy dunyoqarash” xususidagi qarashlari olim tomonidan ham, uning izdoshlari tomonidan ham o‘z davrida yеtarlicha asoslanmagan bo‘lsa-da, mazkur falsafaning eng katta yutug‘i o‘z davrida jamiyatga va insonga xos mavhum tushunchalarning til bilan bevosita aloqasini ko‘rsata olishi bo‘ldi. Olim “absolyut ruh”dan keyingi o‘rinda yana bir necha ruhlar mavjud ekanligini va bu individning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan “insoniy ruh” bilan yakunlanadi. Olim tomonidan tasniflangan ruhlarning barchasida milliy xarakter bilan aloqadorlik mavjud. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilm-fanning negizida inson va uning ehtiyojlari, manfaatlari yotadi. Inson uchun eng muhim hodisa uning ichki va ruhiy olami bo‘lib, individning ichki xusuiyatlari va olami milliy dunyoqarash va milliy mentalitetning, xarakterning negizida yotadi. Inson kompleks, yagona va murakkab tizimli hodisa sifatida uni ichki olamidan, murakkab, serqirra psixik jarayonlardan ajratilgan holda o‘rganib bo‘lmaydi, individ yoki millat hayoti davomida yuz bergan har qanday hodisa uning ichki olamida, xarakterida ma’lum bir iz qoldiradi. Til – inson ichki olami, unda sodir bo‘layotgan psixik jarayonlar, holatlarni borliqda aks ettirishning birinchi va keng tarqalgan vositasi. Dunyo xalqlarining tillari turli tuzishida, o‘ziga xos fonetik, leksik, grammatik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi mumkin, biroq barcha tillarda individ tomonidan qo‘shiladigan milliy kolorit namunalari, milliy dunyoqarash va milliy xarakter aks etadi. Milliy til, dunyoqarash va xarakter kabi usumumfalsafiy, umuminsoniy hodisalar uzviy holda mavjud bo‘ladi va taraqqiy etadi. Shu nuqtayi nazardan V. Fon Gumboldtning qarashlari bugungi zamonaviy tadqiqotlar uchun ham ahamiyatli va dolzarb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling