Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Til, nutq va xarakter
Nutq – inson faoliyatining asosiy va muhim qismi. Tabiiyki, 
u eng asosiy xarakter va temperament ko‘rsatkichlaridan biri. Nutq 
shaklidan qat’i nazar individ haqida axborot tashish xususiyatiga 
ega. So‘nggi vaqtlarda nutqning insondagi tabiiy-fiziologik va 
psixik jarayonlar bilan aloqadorligini asoslashga qaratilgan ko‘plab 
tadqiqotlar yaratildi. Jumladan, nutq va yosh, nutq va jins, nutq va 
milliy mansublik, nutq va ijtimoiy maqom, nutq va madaniyat, nutq 
va kasbiy faoliyat, nutq va hissiy-emotsionallik shular jumlasidandir. 
Biroq tilning xarakter va temperament bilan aloqadorligini asoslash 
117
V. Fon Gumboldtning til va xarakter uyg‘unligiga oid qarashlari


118
Rohila ABDULLAYEVA
masalasida olib borilgan tadqiqotlar soni еtarli emas. Xususan, 
o‘zbekona nutqning temperament xususiyatlarini ko‘rsatishga 
qaratilgan tadqiqotlar masalasida monografik planda bajarilgan 
ishlar kuzatilmaydi. O‘zbek so‘zlovchisi nutqi ustida uning 
temperamentini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar olib borish 
mazkur mavzuning dunyo tilshunosligidagi talqini va metodlari 
bilan yaqindan tanish bo‘lishni taqozo qiladi. 
Nutq va temperamentning aloqadorligi xususidagi 
qarashlarning negizi til, lison, nutq hodisalarining ajratilishi, inson 
nutqining moddiy tomonlaridan xoli tarzda ong bilan aloqador 
jihatlarini ko‘rsatishga qaratilgan tadqiqotlarga borib taqaladi.
V. Fon Gumboldtning milliy til va xarakterga oid qarashlari
Qadimgi yunon va rim falsafasidan keyin xarakter 
va temperament XVIII asrga kelibgina yana ilmiy bahs va 
nazariyalarning markaziga tortildi [Xromova Y.B. 2007, 1-6]. Buni 
nemis mumtoz falsafasi vakillari va ularning Abstract tushunchalar 
mohiyatini sharhlashga qaratilgan izlanishlari misolida ko‘rishimiz 
mumkin. Mazkur jarayon nemis faylasuf olimi V. Fon Gumboldtning 
til, milliy xarakter, madaniyat, milliy ong va tafakkur haqidagi 
ta’limotidan boshlanadi. Olim tomonidan fanga olib kirilgan “ichki 
til” tushunchasi Plotin qarashlari bilan aloqador. U birinchilardan 
bo‘lib, tilga nisbatan “ichki” tushunchasini qo‘llash mumkinligini 
ta’kidlaydi va bu “ichki til” bevosita kuzatishda mavjud bo‘lmagan, 
moddiy tildan ko‘ra murakkab va serqirra, Abstract hodisa ekanligini 
aytadi. Olim “tilning ichki shakl”ini inson psixologiyasi bilan, xalqning 
milliy dunyoqarashi va mentaliteti bilan uzviy aloqadorligi haqida 
mulohazalar yuritgan bo‘lib, ushbu masalalar zamonaviy tilshunoslik 
yo‘nalishlarida ham o‘zining to‘liq ta’rifini topa olgan emas. Shu 
nuqtayi nazardan Gumboldt qarashlari bugungi tilshunoslik uchun 
dolzarb. V. Fon Gumboldt o‘zining “Insoniyat tilining tuzilishidagi 
tafovutlar va ularning inson ruhiy olamiga ta’siri” (1836) nomli 
maqolasida til xususiyatlari va milliy xarakterning bir-biri bilan 
chambarchas aloqador ekanligini aytadi [Panchenko V.A.,2011, 3] 
Gumboldtning ta’kidlashicha, “tilning o‘ziga xos xususiyatlari milliy 
xarakterda o‘z izini qoldiradi. Olim ta’biri bilan aytganda: “Har qanday 
tilni o‘rganish jarayonini shu millatning butun falsafasi va tarixini 
o‘zida jam qilgan insonning ichki olamini o‘rganishdan boshlanmog‘i 
lozim” [Novikov M.V., 2017, 3]. Shu o‘rinda “insonning ichki olami” 
tushunchasini sharhlashga ehtiyoj tug‘iladi. Gumboldt moddiy 
borliqda o‘z ifodasini topadigan, material belgilarni ko‘rsatadigan 
inson bilan aloqador hodisa va xususiyatlarning ongda ham o‘z 


119
V. Fon Gumboldtning til va xarakter uyg‘unligiga oid qarashlari
o‘rni, ekvivalenti bo‘lishini aytadi. Masalan, bugungi tilshunoslikda 
“lison”, “olamning lisoniy manzarasi” termini ostida yuritiladigan 
hodisa olim izlanishlarida keltirilgan “tilning ichki shakli”ga yaqin. 
Ichki olam garchi olim tomonidan ta’kidlanmagan bo‘lsa-da, inson 
xarakteri bilan uzviy aloqador. Buni olimning quyidagi jumlalari ham 
ta’kidlaydi: “Tillarning turli tuzilishda va turli ko‘rinishlarda bo‘lishi 
inson hissiyotlarining ham, dunyoqarashining ham rang-barang 
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu milliy dunyoqarashning ham ayricha 
tarzda bo‘lishiga olib keladi, shunday ekan, tilning o‘rganilishini 
ham aynan shu nuqtadan insonning ichki olami va xalqning milliy 
dunyoqarashidan boshlash lozim. Olimning grek tilining o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘rsatishga qaratilgan “Latsiy va Ellada” asarida
shunday deyiladi: “Milliy o‘ziga xoslikni o‘rganish jarayonida tilga 
cheksiz imkoniyatlar manbai sifatidagina emas, tom ma’noda milliy 
xarakterni o‘zida jo qilgan hodisa sifatida qarash lozimdir” [Novikov 
M.V., 2, 2017, 4]. Bu o‘rinda “xarakter” umuminsoniy hodisa sifatida 
tasvirlanib, milliylik ko‘rsatkichi bilan bog‘langan. Bugungi kunda 
“milliy xarakter” tushunchasiga bir necha xil yondashuvlar mavjud. 
Xususan, xarakter individga xos hodisa o‘laroq uni umumga xoslab 
bo‘lmasligi to‘g‘risidagi qarashlar buning yaqqol misoli bo‘la 
oladi, biroq bir millatga mansub bo‘lgan insonlarga xos bo‘lgan 
jihatlarning mavjud bo‘lishini ham inkor etib bo‘lmaydi. Demakki, 
olimning qarashlariga ko‘ra, til insonga jamiyatda kommunikativ 
funksiyalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan formal hodisa 
bo‘libgina qolmay, qadriyatlar, an’analar o‘z ifodasini topadigan 
milliy xarakterning namunasi. Olimning mazkur qarashlari 
keyingi davrlarda bir necha tadqiqotlar asnosida o‘z isbotini topib 
bormoqda. Mavhum “xarakter” tushunchasining konkret hodisalar 
bilan aloqadorligi va tashqi omillar asosida o‘zgarishlarga yuz 
tutishi ham olimning nazariyasiga xos. Olim nazarda tutgan milliy 
dunyoqarash, milliy xarakter jamiyat bilan uzviy bog‘liq. Tadqiqotchi 
A.V.Grinko “Национальный характер и язык” (Milliy xarakter va til) 
nomli maqolasida milliy xarakter va uni yuzaga keltiruvchi omillar, 
xarakterning milliy tildagi ko‘rsatkichlari xususida fikr yuritadi. 
Tadqiqotchi ingliz va rus tillarini obyekt sifatida belgilar ekan, 
ushbu xalqlar tili va til strukturasining kelib chiqishini tabiiy shart-
sharoit, ekologik vaziyat va milliy xarakter bilan bog‘laydi [Grinko 
A.V., 2016, 136-141]. Xususan, rus tili va uning flektiv tabiatini 
xalqning uzoq o‘tmishdan bugungi kunga qadar shug‘ullanib kelgan 
agrokultura, ya’ni dala madaniyatiga oid kasblar bilan aloqadorligini 
aytadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, dalada ishlash rus kishisiga o‘z 


120

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling