Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish
dan kam foydalaniladi. Chunki ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish ma’lum texnik bazani talab qiladi. Qolaversa, ona tili mashg‘ulotlari uchun maxsus filmlar yaratilmagan. Film asosida tashkil qilingan har qanday ijodiy-amaliy ish o‘quvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga, o‘z mustaqil fikr «mah- sul»ini hayotga tatbiq etishiga yaqindan yordam beradi. Yangi o‘quv yili «Mustaqillik darsi» bilan boshlanadi. Biz ana shu an’anadan kelib chiqqan holda, 5-sinfda yangi o‘quv yilidagi ilk saboqni «Istiqlol muborak!» videofilmini namoyish etishdan bosh- lashni tavsiya etamiz. Chunki yozgi ta’tildan qaytgan, kuni kechagina O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarining shohidi bo‘lgan o‘quvchilarda o‘z taassurotlari bi- lan o‘rtoqlashish ehtiyoji kuchli bo‘ladi. Film tahlili va uning asosida matn yaratish jarayoni bu ehtiyojni qondirish barobarida, o‘quvchi- larda ijod qilish, jamoa bo‘lib ishlash malakalarini ham shakllantira- di. «Istiqlol muborak!» filmi namoyishidan oldin o‘quvchilar quyidagi shartlar bilan tanishtiriladi: 1. Filmni diqqat bilan tomosha qiling. 2. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasining o‘tkazilishidagi ko‘tarinkilik va shukuhga e’ti- bor bering; a) tasvirdagi qiyofalar, dekoratsiyalar va boshqa hodis- alarning detallashgan mufassal bayonini bering; b) kadrlarda nam- oyon bo‘lgan lavhalar asosida bayram kayfiyatini zarur so‘zlar bilan ifodalang (guruhlar o‘rtasida musobaqa tarzida ma’nodosh so‘zlar qatorini yaratish, so‘zlarni iboralar bilan almashtirish, uyadosh so‘zlar lug‘atini yaratish...). 3. Bayram dasturida qatnashgan san’atkorlar va ular ijro- sidagi kuy, qo‘shiq hamda raqslarning uslub jihatidan har xilligiga ahamiyat bering. Kimlar ijrosidagi qo‘shiq, raqslar sizga yoqdi? 4. Bayram haqidagi mulohazalaringizni umumlashtirib, og‘za- ki matn tuzing. 5. To‘plagan ma’lumotlaringiz asosida 8-9 gapdan iborat yoz- ma matn tuzing. Darsning tashkiliy qismida o‘quvchilarga «Bayramni qan- day o‘tkazdingiz?», «Mustaqillik bayrami tomoshalarida siz ham qatnashdingizmi?», «Bayramdan qanday taassurot oldingiz?» kabi savollar bilan murojaat etib, ularni navbatdagi bajarilishi nisbatan murakkabroq bo‘lgan vazifaga tayyorlash mumkin. Film namoyish etilayotgan vaqtda o‘qituvchi ba’zi kadrlarni, detallarni sharhlashi, ularga o‘quvchilar diqqatini jalb qilishi mum- 112 Nodira ALAVUTDINOVA kin. Film namoyish etib bo‘lingach, o‘quvchilar ishtirokida ijodiy ja- rayonni hosil qilishga erishish shart. Buning uchun o‘qituvchi turli savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi kerak: 1. Nima uchun bu bayram umumxalq bayrami hisoblanadi? 2. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari qay- erda o‘tkazildi? 3. Nima uchun bayram dasturidan respublikamizdagi barcha viloyatlarning qo‘shiq va raqslari o‘rin olgan? 4. Bayramda yosh-u qari birdek ishtirok etdi. Buning sababini izohlang. 5. Bayram dasturi sizga yoqdimi? 6. Bayram dasturiga yana nimalarni qo‘shish kerak? 7. Siz bayram dasturida nima bilan ishtirok etishni istardin- giz? 1-savolga javoblar: 1.Bu bayramni butun xalq yaxshi ko‘radi. Chunki 1 sentyabr – Mustaqillik kuni. 2. 1 sentyabr – Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilingan kun. Mustaqillik kuni – respublikamizdagi barcha kishilarning bayrami. 3. Bu bayramni hamma yaxshi ko‘radi. Shu kuni odamlar bir-birini bayram bilan tabriklaydi. Chunki shu kuni Respublikamiz mustaqilligi qo‘lga kiritilgan. 2-savolga javoblar: 1. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanasi Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazildi. 2. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan eng katta bayram tanta- nasi poytaxtimiz – Toshkentda bo‘lib o‘tdi. 3. Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari bar- cha viloyatlarda, shahar va qishloqlarda nishonlandi. Bayramga ko‘p mehmonlar keldilar. 3-savolga javoblar: 1. Bayram dasturida barcha viloyatlardan kelgan san’atkorlar qatnashdilar. 2. Mustaqillik kuni – umumxalq bayrami. Shuning uchun bu bayramda barcha viloyatlardan ijrochilar ishtirok etdilar. 3. Bu bayram barcha viloyatlarda nishonlandi. Yangi O‘zbeki- ston bog‘idagi bayram tantanalarida viloyatlarning vakillari qat- nashdi. 4-savolga javoblar: 1. Bayramda yoshlar ham, qariyalar ham qatnashdi. Bu savolga javob berishga o‘quvchilar qiynaldilar. Shuning 113 O‘quv filmlari vositasida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmasini shakllantirish uchun o‘qituvchining o‘zi quyidagi javobni o‘quvchilar e’tiboriga havola etdi: Bayram dasturida turli yoshdagi ijodkorlarning ishtiroki re- spublikamizda yoshlarga g‘amxo‘rlik, qariyalarga e’tibor ko‘rsatish asosiy maqsad ekanligini ta’kidlaydi. 5-savolga javoblar: 1.Bayram dasturi menga juda yoqdi. 2.Bayram menda katta taassurot qoldirdi. 3.Bayramning katta tarbiyaviy ahamiyati bor. 6-savolga javoblar: 1.Bayram dasturida kamchilik yo‘q. 2.Dasturni to‘ldirish kerak emas. 7-savolga javoblar: 1. Bu bayramda men qo‘shiq aytishni xohlardim. 2. Men bayramda qatnashgan o‘quvchilar orasida bo‘lishni juda istar edim. 3. Bizning raqs to‘garagimizdagi hamma qizlar bayramda raqsga tushishni istaydilar. 4. Men «Bulbulcha» dastasiga qatnashganimda bayramda qo‘shiq aytib, raqsga tushganman. Shu tarzda umumiy tasavvur hosil qilingach, ijodiy-amaliy ishning eng mas’uliyatli qismiga o‘tildi. O‘quvchilar matn tuzishda foydalanish mumkin bo‘lgan so‘zlar, so‘z birikmalari va iboralar bilan tanishtirildi. Namoyish etilayotgan filmni sharhlash yuzasidan dast- labki malakani hosil qilishda asosiy tashabbus o‘qituvchi zimmasiga yuklanadi. Faol o‘quvchilar ulardan nima talab qilinayotganini an- glab olgunlariga qadar o‘qituvchi ularni boshqaradi. Albatta, ona tili darslarida bu metoddan faoydalanganda tayyorgarlik ko‘rish va unu o‘tkazish uchun darsga ajratilgan vaqtning katta qismi sarf qilina- di. O‘qituvchi uchun bir qadar noqulay. Ammo olinadigan natija dars samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijodiy ishlarning shunday tartibda tashkil qilinishi an’anaviy usulda tashkil qilingan darsdan noan’anaviy dars usuliga o‘tishni ham ta’minlaydi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling