Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
topmagan dolzarb masalalardan biri. Mazkur masala tilshunoslik
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishda olimning mavzu yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalarining ilmiy asoslari xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar
- E-pochta
topmagan dolzarb masalalardan biri. Mazkur masala tilshunoslik
va falsafiy tadqiqotlar doirasiga mumtoz nemis falsafasi vakili V.Fon Gumboldtning qarashlari asosida kirib kelgan. Ushbu maqolada olimning til va xarakter uyg‘unligi xususidagi qarashlari yoritilgan. Ishda olimning mavzu yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalarining ilmiy asoslari xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: xarakter, temperament, ruh, ong, tafakkur, nutq, mumtoz falsafa. Kirish Zamonaviy ilm-fanning o‘sib borishi bilan insoniyatning tadqiq doirasi ham shu ko‘rsatkichga mos tarzda doimiy ravishda kengayib, chuqurlashib bormoqda. So‘nggi yuz yillikda antropotsentrik tilshunoslik sohalari negizida umumfalsafiy, umuminsoniy hodisalar, kategoriyalarning til bilan aloqador jihatlarini ko‘rsatish, mazkur aloqadorlikni ilmiy asoslashga qaratilgan tadqiqotlar soni keskin ortdi va bu jarayon jadal davom etmoqda. Xususan, tilning milliylik, madaniyat, ruhiyat, ong, tafakkur, vaqt, zamon, baxt singari Abstract tushunchalar; jamiyat, nutq singari konkret hodisalar; siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy hayot bilan mushtarakligini ko‘rsatishga qaratilgan 1 Abdullayeva Rohila Yusufjon qizi – Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. E-pochta: phdabdullayevarohila@gmail.com ORCID: 0000-0003-2051-6701 Iqtibos uchun: Abdullayeva R.Y. “V. Fon Gumboldtning til va xarakter uyg‘unligiga oid qarashlari”. O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. 2023/1 (1): 116-124. 116 Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1) tadqiqotlar buning yorqin namunasidir. Sistem-struktur tilshunoslik dunyo tilshunosligi bosib o‘tgan tadqiq jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri sanalgan holda o‘zidan keyingi davr uchun bir necha muhim nazariyalarni ham taqdim qilgan, xuddi shu ta’rifni tarixiy-qiyosiy paradigma tadqiqotlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Chunki tilshunoslikda yangilik belgisini saqlab turgan aksar sohalarning nazariy asoslari, tamoyillari ayni shu davrda tezis, gipoteza ko‘rinishida ilgari surilgan. Umumfalsafiy “xarakter” va “temperament” tushunchalarining tadqiqot doirasiga kirib kelishi ayni shu davr bilan bog‘liq. Falsafiy “xarakter” va “temperament” kategoriyasi tilshunoslikka oid zamonaviy tadqiqotlarda bir necha marta tadqiqot obyekti doirasiga kiritilgan va uning ildizlari tarixiy- qiyosiy tilshunoslik davriga borib taqaladi. Hodisaning fanga kirib kelishi esa antik davr madaniyati bilan bog‘liq. Mazkur tadqiqotlar va ularning tasnifiga to‘xtalishdan avval xarakter, temperament kategoriyasining falsafiy ta’rifi va talqini bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Xarakter – (yun. “charaсtere” – belgi, sifat, farqlovchi xislat) ijtimoiy muhitda tarkib topadigan, shaxsning tevarak-atrofdagi voqelikda va munosabatlarda ifodalanadigan, uning muayyan vaziyat va sharoitda namoyon bo‘luvchi xatti- harakatlarini belgilab beradigan (barqaror), ruhiy xususiyatlarining majmuasi. Temperament – (lot. “temperamentum” – “muvofiqlik”, “mutanosiblik”) inson hayoti va faoliyatida aks etadigan dinamik psixik jarayonlar majmui. Ilmiy adabiyotlarda temperamentning mohiyatini yoritishga qaratilgan bir necha ta’riflar keltirilgan. Biroq hech bir ta’rif hodisaning to‘liq mohiyatini qamrab ololmagan. Shaxs temperamentini belgilashda to‘rt asosiy toifa (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) tavsiya qilingan bo‘lib, har bir toifaga xos umumiy belgilar ajratilgan. Biroq toifalar o‘rtasidagi chegara tushunchasi nisbiy bo‘lib, tashqi faktorlar, ijtimoiy-iqtisodiy muhit ta’sirida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin [Abdullayeva, 2021,37] . Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling