Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Две-три девушки подбежали к невесте, сняли с неё


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Две-три девушки подбежали к невесте, сняли с неё 
паранджу и повели в комнату 
[“Мinuvshiye dni”: 2009, 59], 
[“Мinuvshiye dni”: 2015, 41].
Har ikkala tarjimada ham 
oq shohi ro‘mol, oq shohi ko‘ylak, oq 
kumush zarrin po‘stin, yoqa qunduz kabi kiyim nomlari rus tilida o‘z 
muqobili bilan tarjima qilingan.
Paranji (arabcha faraji – keng koʻylak) – koʻpchilik musulmon 
ayollarining yopinchigʻidir. Ayollar gavdasini boshidan oyoq 
yashirib turishga xizmat qiladi. Bichimi keng toʻn shaklida boʻlib, 
еlkadan pastga tomon torayib boruvchi uzun bandagi (yengi) 
etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtiriladi. Ayol yuzini 
chachvon toʻsib turadi. Avra-astarli qilib tikiladi. Avrasi baxmal 
kimxob, banoras, olacha va boshqa matolardan tikilib, chetlari 
kashta tikib, kashtali jiyaklar tutib bezatiladi, astari chit, satindan 
tayyorlanadi hamda chetlariga zangori, pushti yoki sidirgʻa shoyidan 
adip qilinadi. Paranjining ikki yoniga (choʻntak oʻrniga) tik tushgan 
(25 sm uzunlikda) 2 ta jiyak tutashtirib chatiladi, jiyaklar uchidan 
popukchalar chiqarilgan, baʼzan qoʻngʻiroqchalar osilgan 
[O‘zME: 
2000, 401].
Paranji nafaqat o‘zbek xalqi madaniyatida, balki musulmon 
ayollar kiyinishida ham o‘z o‘rniga ega. Tarjimonlar paranji so‘zini 
transliteratsiya qila turib, unga izoh ham berganlarida rus kitobxoni 
uchun tushunarsiz bo‘lib qolmas edi.
Yusufbek hoji bir so‘
z demasdan sallasini olib tizzasiga qo‘ydi, 
bosh qashinishib yana sallasini kiydi
[“O‘tkan kunlar”: 2009, 297].
Salla (forscha – tugun) – musulmon erkaklarning bosh kiyimi. 
Sidirgʻa (oq, yashil, kulrang va boshqalar) mato (asosan, doka)dan 
tayyorlanadi, eni 0,5 metr, uzunligi 1,5-3 metrdan 7 metrgacha oʻl-
chamda boʻladi. Sallani doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylarda 
(Hindiston, Pokiston va boshqalarda) bosh kiyimsiz yalang boshga 
oʻraladi. Hukmdor, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qar-
ab sallaga qimmatbaho toshlar (gavhar, yoqut va boshqalar), ukpar 
ham taqilgan. Sallaning oʻramlar soni va oʻralish usuli, matosi diniy 
mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan 
(masalan, said, hojilar yashil rangli salla oʻragan) 
[O‘zME: 2000, 230].

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling