Затем сватам были подарены парчовые халаты
[“Мinuvshiye dni”: 2009, 51], [“Мinuvshiye dni”: 2015, 41].
Rus tilining izohli lug‘atida халат so‘ziga quyidagicha ta’rif
berilgan:
ХАЛАТ, -а, м. Домашняя или рабочая одежда,
запахивающаяся или застегивающаяся сверху донизу
[Ojegov va b.: 1935, 985].
Yuqoridagi tarjimada choponning ustki kiyim ekanligi hamda
shakli asos qilib olingan, biroq oʻzbek milliy kiyimi ekanligi oʻzining
mohiyatini yoʻqotgan. O‘zbek madaniyatida choponning beqasam,
paxtali, zarbof chopon kabi turlari mavjud.
Chopon kiygizmoq. Yusufbek hoji egnida kimxob chopon bilan
oʻrdadan chiqdi. A.Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”.
Bir choponi (yoki toʻni) ikki boʻlmadi – qashshoqlikda kun ke-
chiradi; kosasi oqarmadi; yolchimadi. O‘zingiz bilasiz, toʻrt yildan beri
bu yеrda ishlayman, tinim yoʻq, ishdan boshim chiqmaydi. Lekin hali
ham bir choponim ikki boʻlmadi. Oybek, “Tanlangan asarlar” [O‘zME:
2000, 253].
Boshdag‘
i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi
oq kumush zarrin sirilgan po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an
yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan qora jinggila
sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning
bo‘g‘riqqani…
Ikki-uch qiz chopib hovlig‘a tushdilar-da, Kumushbibidan
paranjini olib uyga boshladilar
[“O‘tkan kunlar”: 2009, 53].
127
“O‘tkan kunlar” asaridagi kiyim-kechakni ifodalovchi realiyalar tahlili
Белый шелковый платок на голове, и белое шелковое
платье, и шубка, подбитая серебряной парчой, с куньим
воротником, обнимающим шейку, целующим подбородок. А
как хороши завитки её чёрных кудрей и горящие румянцем
щеки!
Do'stlaringiz bilan baham: |