Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Юсуфбек-хаджи, не говоря ни слова, снял чалму
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
Юсуфбек-хаджи, не говоря ни слова, снял чалму,
128 Ziyoda KASIMOVA положил её на колени, почесал затылок, потом снова надел чалму [“Мinuvshiye dni”: 2009, 324]. ЧАЛМА, -ы, ж. У мусульман: мужской головной убор – длинный кусок ткани, туго обертываемый вокруг головы, другого головного убора [Ojegov va b.: 2000, 2051]. Demak, salla so‘zining чалма deb tarjima qilinishi to‘g‘ri bo‘lgan. Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘ an xon atlaslarg‘a ko‘ngli to‘lmay “har nechukda tegi nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasning yonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz”, deb marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an, bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini va ikkita ro‘ymolga ham qo- niqmay, o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasini qo‘shqan edi [“O‘tkan kunlar”: 2009, 310]. Ushbu parchada xonatlas, xitoyi mato, xitoyi jujim mursak, zarrin mursak, ro‘mol va qalmoqi sallacha kabi kiyim nomlarini uchratish mumkin. Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi xonatlas deb ataladi. Mursak, murassa (arabcha – ziynatlangan, bezatilgan) – avra-astarli, uzun еngli, qadimgi ustki kiyim. Bichigʻi toʻgʻri bichimli, toʻn yoqali, oldi chuqurroq oʻyilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yigʻilgan. Mursak chetlari ji- yaklar bilan hoshiyalangan. Mursak baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar)dan tayyorlangan. Mursakning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-as- tardan iborat yozgi) turlari bor. Sharq xalqdari orasida keng tarqal- gan, hatto qizlarning sepiga kiritilgan. Koʻylakning ustidan kiyilgan, beliga belbogʻ bogʻlangan. XIX asrgacha ayollar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazifasini bajargan, keyinchalik toʻy va azalarda foydala- nilgan. Hozirda ayollarning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifa- tidagina ishlatiladi [O‘zME: 2000, 256]. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling