Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Kalit so‘zlar: metafora, sodda metafora, kengaygan metafora, milliy 
ruh she’riyat, milliy qadriyat.
Kirish 
Har bir millat o‘zining milliy tili, madaniyati, o‘ziga xos ha-
yot tarzi hamda qarashlari bilan boshqa bir millatdan ajralib tura-
di. Milliy madaniyat taraqqiyotida esa badiiy adabiyotning, tilning 
o‘rni beqiyosdir. Badiiy adabiyot inson kechinmalari ifodachisi
ma’naviy kamol topishining muhim omili sifatida muayyan ijodkor 
maqsadini amalga oshirish, ijtimoiy voqelikni aks ettirish, shu bi-
lan birga, ma’naviy taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Har bir ijodkor 
o‘z ijodi orqali tilning boy imkoniyatlarini o‘ziga xos tarzda aks et-
tiradi. So‘zning bemisl qudratini namoyon etadi, uni betakror ifoda 
birliklari bilan boyitishga hissa qo‘shadi. Xalq tilini qo‘llashi, yangi 
topilmalar asosida uning boyligini, go‘zalligini oshirishi orqali ona 
tilining jozibasini namoyon etadi hamda shu millat vakillarini tilini 
sevishga, uni ardoqlashga, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydal-
anishga undaydi. 
Adabiyot aslida umuminsoniyatga daxldor boʻlsa 
ham, ko‘proq milliy qiyofada namoyon boʻladi va oʻzida ma’lum bir 
millatning, xalqning ruhini ifodalaydi. Bunday xususiyatlar boshqa 
1
Muzaffarova Zarrina Umarjon qizi – o‘qituvchi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
E-pochta: muzaffarovazarrina85@gmail.com 
ORCID: 0000-0003-4508-5047
Iqtibos uchun: Muzaffarova Z.U. “Milliy ruhiyat ifodasida metaforaning o‘rni”. 
O‘zbekiston: til va madaniyat. 2023/1 (1): 131-137.
131
Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1)


janrlardan farqli o‘laroq, sheʼriyatda, ayniqsa, yaqqol boʻy koʻrsa-
tadi. Millat ruhi, xalqqa muhabbat his-tuyg‘ularini esa aynan Erkin 
Vohidov qalamiga mansub jumlalarda ko‘ramiz. Chunki milliylikdan 
xoli boʻlgan har qanday asar borki, o‘zining taʼsir kuchidan ayriladi. 
Aynan o‘zbek she’riyatining jahon adabiyoti sahnida ajratib ko‘rsat-
adigan jihati ham milliy ruh, xalqqa, yurtga muhabbat masalalaridir

Erkin Vohidov xuddi boshqa til vositalari singari ko‘chim turlaridan 
biri hisoblanmish metaforadan ham o‘z ijodida salmoqli foydalan-
gan.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling