Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Milliy ruhiyat ifodasida metaforaning o‘rni


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Milliy ruhiyat ifodasida metaforaning o‘rni
O‘zbek yozuvchilari tomonidan yaratilgan nasriy asarlar-
da qo‘llangan badiiy metaforalarni kuzatish asosida shuni aytish 
mumkinki, ular muayyan ijodkorning individual nutqiy uslubiga xos 
jihatlarni ko‘rsatishi bilan birga, o‘zbek millatiga mansub til egala-
rining badiiy tafakkuri, til birliklariga bo‘lgan munosabatini ham 
namoyon etadi [ 
Xudoyberganova 2013,101
].
Metafora tushunchasi paydo bo‘lganidan beri unga aloqa-
dor bo‘lgan minglab ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar amalga oshiril-
gan. Metafora faqat bir ko‘chim turi hisoblanibgina qolmay, obrazli 
fikrashning muhim quroli ham sanaladi. Har qanday badiiy tasvir 
vositalarni o‘z o‘rnida, chiroyli qo‘llash shoirdan o‘ziga xos mahorat 
va iste’dodni talab etadi. Metafora – jonlantirish san’ati. Insonga xos 
xususiyat, fikrlash, qobiliyat harakat holatlarni narsa-buyumlarning 
ichki olamiga singdira olish metaforaning ko‘rinishlaridan biridir. 
Erkin Vohidov she’riyatida bu jihatlar ham yaqqol ko‘zga tashlana-
di. Aytish joizki, shoir ijodida jonsiz buyumlarga nafaqat insonga xos 
bo‘lgan xatti-harakatlarni, balki sof insoniy hisoblanuvchi ba’zi hissi-
yotlarni ham g‘oyatda noziklik, katta mahorat bilan singdira olinishi-
ni ko‘rishimiz mumkin.
Narsa-buyum, voqea va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshash-
likka asoslangan ma’no ko‘chishiga metafora deyiladi. Metafora 
ko‘chma ma’no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biri 
bo‘lib, mumtoz adabiyotshunosligimizda “istiora” deb yuritilgan
.[
Kurbanova 2014, 67
].
Metafora tuzilishiga ko‘ra ikki xil: sodda va kengaygan bo‘la-
di. Sodda metafora birgina so‘z, kengaygan metafora esa ikki yoki 
undan ortiq so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan, a’lo (besh baho), 
saltanat (podshohlik), ko‘k osmon), xo‘roz (mard odam) kabilar 
sodda metafora bo‘lsa, bahor elchisi (boychechak), ilhom manbayi 
(hayot), Nizomiyning Vatani (Ozarbayjon) kabilar esa kengaygan 
metaforalardir. Lingvistik metafora bilan badiiy metafora bir-biri-
132
Zarina MUZAFFAROVA


dan farqlanadi. Agar metafora biror shaxs, narsaning doimiy nomi-
ga aylanib qolgan bo‘lsa, u tilshunoslikning muammosiga aylanadi, 
muayyan bir matnda ishlatilib, matndan tashqari holatda shu shaxs-
ga, narsaga nisbatan qo‘llanilmasa, badiiy metaforaga misol bo‘ladi [ 
Sultonsaidova 2009, 68].
Metafora o‘zida asosiy madaniy qadriyatlarni aks ettira-
di, chunki metafora madaniy-milliy dunyoqarashga asoslangan [ 
Саидова 2017, 115].
Metafora yo‘li bilan ko‘chirishning asosiy ko‘rinishlari:
1. Bir predmetning nomi boshqa bir predemetga shakliy 
o‘xshashlik asosida ko‘chiriladi; 
2. Bir predmetga (ba’zan harakatga) xos belgining nomi bosh-
qa bir predmetdagi belgiga ko‘chiriladi. 
3. Bir predmetga xos harakatning nomi boshqa bir predmet-
ning harakatiga ko‘chiriladi.
Biz ushbu kichik tadqiqot ishimizda Erkin Vohidov she’riyat-
ida qo‘llangan badiiy metaforalarning ayrimlarini tahlil qildik. Adib 
ijodida aynan milliy ruhiyat ifodasida metaforalar salmoqli o‘rin 
egallaydi. Shoirning yoshlarga pand-nasihat tarbiya yo‘sinida yozil-
gan “O‘zbekiston” she’rida bir necha o‘rinlarda xalqona ruh yo‘g‘ril-
gan metaforalarni ko‘rishimiz mumkin.
Dardingni kuyladi anhorlaringda
G‘ijirlab aylangan ko‘hna charxpalak,
Sanʼating munaqqash devorlaringda,
Lekin obodliging bo‘ldi Hapalak.
Charxpalak so‘zi lug‘atlarda suv kuchi bilan aylanib, katta 
ariqdan yuqoriga suv chiqaradigan eng qadimiy qurilma, chig‘ir; 
madaniyat istirohat bog‘lari, bolalar maydonlariga o‘rnatiladigan, 
bir nechta kajavasi bo‘lgan, gorizontal o‘q atrofida elektr quvva-
ti yordamida aylanuvchi katta g‘ildirak tarzidagi ko‘ngilochar in-
shoot tarzida talqin qilinadi. Ushbu parchada“kuylamoq” fe’lining 
charxpalak”ka nisbatan ishlatilishi obyektni jonlantiradi, unga in-
songa xos sifatlarni beradi. Ya’ni charxpalakning g‘ijirlab aylanishi 
yurtimizning boshidan kechirgan dard-alamlarini kuylovchi sifatida 
jonlantirilgan.
Qari tolga suyab
Irg‘ay asoni,
Oqsoqol so‘riga asta yonboshlar.
Xayoldan o‘tkazar qori dunyoni:
“Eh, hozirgi yoshlar,
133
Milliy ruhiyat ifodasida metaforaning o‘rni


Hozirgi yoshlar!”
Yuqorida keltirilgan she’riy parchada adib milliy qiyofadagi 
oqsoqol holatini ochib berish uchun qari tol, qori dunyo, metaforalar-
idan foydalangan. Qari tol birikmasida qari leksemasi insonga xos
xususiyat bo‘lib, “Yoshi ulug‘; keksa. Qari odam” [Hojiyev 2001,184] 
ma’nosini bildiradi. Yuqoridagi o‘rinda esa ushbu insonga xos xus-
usiyat tolga, ya’ni jonsiz narsaga nisbatan ishlatilib, tolning yoshini 
ifodalab kelgan va metaforik obraz yaratilgan. Qori dunyo birikma-
sida ham qori leksemasi odatda insonlarga beriladigan sifat sanal-
ib, “Qur’oni Karim” oyatlarini qiroat bilan o‘quvchi shaxs. 1. Qoridan 
qiroat qilib berishini so‘ramoq. 2.Ko‘zi ojiz yoki ko‘r shaxslarga nis-
batan ishlatiladigan hurmat shakli. Qori akaning qo‘ltig‘idan suyab 
bormoq [Hojiyev 2001,184] ma’nosida qo‘llanadi. Qori leksema-
si ushbu o‘rinda esa dunyoga nisbatan qo‘llanilib, ko‘zi ko‘r dunyo 
ma’nosini hosil qilgan va metaforik obraz yaratilgan.
Aqli kirarmikin bularning bir kun,
Kim biladi, qachon quyula boshlar!
Og‘ir kun ko‘rmadi.
Balki shuning-chun
Yengilroq o‘sdimi hozirgi yoshlar! (Hozirgi yoshlar)
Og‘ir kun, yеngil o‘smoq birikmalarida metaforik ma’no 
ko‘chishi yuzaga kelgan bo‘lib, og‘ir so‘zi asli “vazni me’yoridan or-
tiq, vazmin. Og‘ir ketmon. 2. qiyin, mashaqqatli” ma’nosini bildiradi. 
Ushbu og‘ir kun birikmasida og‘ir so‘zining bosh ma’nosi chekinib,
ko‘chma sertashvish, mashaqqatli semasi yuzaga chiqqan va nati-
jada tashvishli kun ma’nosi hosil bo‘lgan. Yengil o‘smoq birikmasi-
da ham metaforik ma’no ko‘chishi hosil qilingan bo‘lib, yеngil so‘zi 
ham o‘z bosh ma’nosidan chekinib ko‘chma ma‘nodagi mas’uliyat-
siz, hayotga yuzaki qaramoq ma’nolarini hosil qilgan. E.Vohidov o‘z 
she’rlarida bunday ma’no ko‘chish usullaridan keng foydalangan. 
Bu esa she’rlardagi ma’no rang-barangligi-yu ifodaning aniqligini 
ta’minlab, hozirgi yoshlardagi milliy tarbiya masalalarini juda chi-
royli ochib berishga xizmat qilgan.
Sog‘ bo‘l, ona xalqim, ey tolmas bilak,
Doim baland bo‘lsin tabarruk boshing.
Xirmoning qaddingday bo‘lsin-u baland,
Baxtingday hamisha kulsin quyoshing (Tabrik).
Ushbu she’rda quyoshing kulsin birikmasida metafora usuli-
ga asoslangan. Bunda kulmoq so‘zining bosh ma’nosi insonga xos 
134
Zarina MUZAFFAROVA


xususiyat bo‘lib, xursandchilik holatini ifodalaydi. Inson kulganda-
gi holatda yuzi yorishib barchaga xursandchilik bag‘ishlaydi, aynan 
mana shu holat ma’nosi quyoshning charaqlab nur sochishiga asos 
qilib olingan va quyoshning kulishi metaforik obrazi hosil qilingan.
Bir predmetga (ba’zan harakatga) xos belgining nomi bosh-
qa bir predmetdagi belgiga ko‘chirilishi bu metaforaning bir ko‘rin-
ishidir [ Jamolxonov 2005, 155]. 
Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling