Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Toza imon O‘zbegim (O‘zbegim). Toza imon
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq qish
Toza imon O‘zbegim (O‘zbegim).
Toza imon birikmasida ham metaforik ma’no ko‘chishi hosil bo‘lgan. Bunda toza bosh ma’noda “kir, iflosliklardan xoli, ozoda, sof, musaffo, pokiza. Toza ко‘ylak. Toza havo” [ Hojiyev 2001, 260] aniq tushunchalarga nisbatan qo‘llanadi. Bu o‘rinda esa ko‘chma ma’noda poklik yot narsalar aralashmagan kabi ma’nolarda imonga nisbatan qo‘llanib, metaforik obraz yaratishga asos bo‘lgan. Qattiq qishdan chiqding zax tortib, horib, Yerdan chiqqan kabi boychechak yorib. Bag‘ringdan muz ketdi hamalga borib, Vatanim, muborak bo‘lsin navro‘zing ( Navro‘z nashidasi). Qattiq qish birikmasi ham metaforik ma’no ko‘chishi orqali hosil qilingan. Bunda qattiq leksemasi asli “1. Sinish, buzilish, chi- dam-bardoshi yaxshi; mahkam. Qattiq yog‘ochdan to‘sin qilmoq. 2. Suvi qochgan, yumshoqlik xususiyati yo‘qolgan; qotgan; qoq. Qattiq yеr. Qattiq non. 3. Mayin (yumshoq) bo‘lmagan. Qattiq o‘rindiq. Qat- tiq olma. 4. Kuchi, darajasi yuqori; kuchli. Qattiq ovoz. Qattiq shamol. Qattiq jang. 5. Kchm. o‘ta pishiq; ziqna. Chiqimga qattiq odam. 6. О‘tа salbiy, yomon (hayot, tirikchilik haqida). Qattiq kunlarni boshdan ke- chirmoq” [Hojiyev 2001, 186] ma’nosini bildiradi. Ushbu birikma- da esa o‘z bosh ma’nosidan chekinib ko‘chma ma’noda qish faslining og‘ir qiyinchilik bilan o‘tgan kunlarini ifodalash uchun qo‘llangan. Xalqimizning milliy qadriyatlarga to‘la Navro‘z ayyomi ifodalangan ushbu she’rda metaforik obrazlar badiiy ifodaning to‘laqonli va is- honarli ochib berilishiga xizmat qilgan. E.Vohidovning “Sirdaryo o‘lani” she’rida o‘ziga xos tarzdagi metaforik obraz yaratilgan. Unda butun insoniyat uchun muqaddas ona timsoli daryoga ko‘chiriladi: Sen bizlarga axir mangu keraksan, 135 Milliy ruhiyat ifodasida metaforaning o‘rni Oqib turgin, qurib qolma, onajon. (Sirdaryo o‘lani) Bu o‘rinda adib Sirdaryoning qurib qolmasligi yurt uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini insonlar uchun onaning o‘rni singari muhimligi bilan qiyoslaydi va yurt nomidan uni ona- jon deb nomlaydi. Bu metafora vositasida yaratilgan nido muhabbati xalqning daryoga bo‘lgan mehri, g‘ururi va fidoyiligi kabi munosa- batlari ifodasi sifatida yuzaga chiqadi Adib she’rlarilarida metafo- ra asosiy tasvir vositasi ekanligi bir qarasgdayoq ko‘zga tashlanadi. “Bag‘ishlov” she’ridagi quyidagi misralar buning isbotidir: Umrim agar bog‘ bo‘lsa, siz Bog‘bonisiz, elim, Tutdim, oling – o‘z bog‘ingiz Sharbat, gulobidir. Yuqoridagi she’rda shoir an’anaviy metafora, ya’ni inson um- rini bog‘ga qiyoslash asosida, shoir umrini ham bog‘ga o‘xshatadi, biroq bu bog‘ni yaratgan – bog‘bon shoir e’tirof etishicha el, u o‘z she’rlarini elga, “bog‘ingiz sharbat, gulobidir”, ya’ni “eng go‘zal gullar gul barglaridan yig‘ib olingan sharbat” deya taqdim qiladi. Xulosa Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi, cheksiz so‘z boyligi- ga ega bo‘lishi, so‘zning ta’sir qudratini his eta olishi, har bir so‘zni ma’no noziklarigacha ilg‘ab olishi, so‘z o‘yinlaridan ustalik bilan foy- dalana olishi alohida o‘rin tutadi. O‘zbek tili leksikasi juda boy. Unda serqirra ma’noga ega bo‘lgan til vositalari borki, ular nutqni obrazli va jozibador etishga xizmat qiladi. Ona tilimizning imkoniyatlaridan foydalanish, go‘zal badiiy tasvirlar yaratish ijodkorning so‘z qo‘llash mahoratiga bog‘liq. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling