Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

Rohila ABDULLAYEVA
grammatikasi ustida ishlash uchun еtarli vaqt ajratish imkoniyatini 
bergan. Ingliz tilida so‘zlashuvchi aholi esa qadim zamonlardan beri 
Bretan yarim orollarida istiqomat qilgan. Tabiiyki, ushbu xalqlarning 
hayot manbai suv va u bilan bog‘liq kasblar bo‘lgan. Bundan 
tashqari, bu xalqlar dengiz injiqliklariga sabr qilib, qarshi kurashib 
hayot kechirishga majbur bo‘lgan. Dengiz va unga xos xususiyatlar: 
toshqinlar, bo‘ron va tinimsiz suvdan talafot ko‘rish ingliz kishisidan 
o‘z nutqini qisqa va ixcham qilishni talab qilgan. Bu ingliz tilida bir 
so‘zning ham fe’l, ham ot va infinitiv shakl vazifasini bajarishini 
ta’minlagan. Shuningdek, dengiz shovqini so‘zlovchi nutqi qisqa va 
nisbatan baland ovozda talaffuz qilinishini taqozo qilgan. Keltirilgan 
faktlar ham V.Fon Gumboldtning qarashlari ma’lum ilmiy asosga 
ega ekanligini ko‘rsatadi. Yashash sharoiti faqat til tizimi va leksik 
sathga ta’sir etib qolmaydi, mazkur omil insonlarning xulq-atvori 
shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, tadqiqotchi fikriga 
ko‘ra, tabiat hodisalaridan aziyat chekish ingliz millatida sabr 
va matonat, kurashuvchanlik xislatlarining shakllanishiga turtki 
bo‘lgan. G‘arb davlatlarida qadrlanadigan xislatlar – ishbilarmonlik, 
pozitivizmning asosi ham ayni shu jarayonga borib taqaladi. 
A.V.Grinko rus xalqining ratsional rivojlanishida agrar madaniyatning 
o‘ziga xos o‘rni bo‘lganligini aytib o‘tadi. Quruqlik va u bilan bog‘liq 
mehnat faoliyati ham kishilarni turli qiyinchiliklarga yuzlashtirgan. 
Qiyinchiliklar natijasida kishilar o‘rtasida inson – jamiyat 
munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlar shakllangan. Bunday 
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda bag‘rikenglik, bahamjihatlik, 
o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zish, insonparvarlik kabi xislatlarga urg‘u 
beriladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, quruq iqlimga ega bo‘lgan 
Markaziy Osiyo mintaqasida ham insonning asosiy mehnat faoliyati 
ziroatchilik, dala madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan va jamoaga bo‘lgan 
munosabatda namoyon bo‘luvchi xarakter-xususiyatlari yuksak 
qadrlangan.
V. Fon Gumboldt falsafiy kategoriyalar: ruh, til va tafakkur 
birlashib, insonning zamon va makondagi barcha xatti-harakatlarini
nutqini, turmush-tarzini, ish-faoliyatini boshqarishini aytadi. 
Olimning ruh, til va tafakkur birligi to‘g‘risidagi qarashlari keyinchalik 
uning izdoshlari tomonidan boyitilgan. Olimning qarashlariga 
ko‘ra, insoniyatning asosida bitta absolyut ruh mavjud bo‘ladi, 
insoniyat mazkur ruhning sharofati bilan so‘zlashadi, ijod qiladi
tafakkur qiladi. Ilmiy adabiyotlarda ijod va tafakkur borasida bir 
necha qarashlar keltirilgan bo‘lib, tushunchalarning mohiyati to‘liq 
ochilmagan. Biroq har ikki jarayon ham inson murakkab aqliy, psixo-


121
V. Fon Gumboldtning til va xarakter uyg‘unligiga oid qarashlari
fiziologik jarayonlarni boshdan kechiradi. Shu bois tafakkur va ijod 
jarayonida inson miyasi va ongining pisixo-fiziologik jarayonoari 
haqida hukm chiqarish mushkul. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling