Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari
L.Novak ana shu tamoyil asosida fonemaning quyidagi talqinini beradi: «Fonema»
Download 38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- A. Zidlanish sistemasiga ko‘ra zidlanish turlari
- B. Zidlanish a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanish turlari
- V. Zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra zidlanish turlari
- Abduham id NURM ONOV LINGVISTIK TADQIQOT METODOLOGIYASI VA METODLARI Muharrir
- Tel.: (+99897) 331-56-22. E.mail: akademnashr@mail.ru
L.Novak ana shu tamoyil asosida fonemaning quyidagi talqinini beradi: «Fonema» - boshqa mayda ЬоЧакка bo‘linmaydigan va shu tilning barcha ichkifunksiyalarining 1 Трубецкой H.C. Основы фонологии. - М., 1960. С.38. 2 Трубецкой Н.С. Курсатилган асар. Б.42. o ‘zaro kesishishi tufayli aniqlanadigan eng kichik element- dir»1. Ana shu nuqtayi nazardan rus tilidagi t fonemasining fonologik belgilari quyidagi aloqalar orqali aniqlanadi: D T fonemasi bu sxemada belgilarning ©‘xshashligi va farq- lanishi asosidagi o ‘zaro kesishishi orqali aniqlanadi. Ya’ni p-t-k munosabati asosida artikulatsiya o‘rniga bogliq belgi aniqlanadi. T-T1 munosabatida qattiqlik-yumshoqlik belgi- si t-s akustik to‘siq xarakteri (portlovchilik-sirg£aluvchilik belgisi), t-d munosabatida akustik belgi (jaranglilik-jarang- sizlik belgisi), t-tszidligi orqali esa soddalik-qorishiqlik belgisi aniqlanadi. Ana shular asosida bu fonema strukturasi til- oldilik, jarangsizlik, portlovchilik, qattiqlik, soddalik belgi- larining o‘zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik si fatida talqin etiladi. N.S.Trubeskoy fonema va variantni bir-biridan farqlay- di. Uning talddlashicha, real talaffuz qilinayotgan va eshi- tilayotgan har qanday tovush fonologik muhim belgilar bi lan birga, bir qancha fonologik nomuhim belgilarga ham ega boladi. Shuning uchun hech bir tovushni fonema si fatida e’tirof etib bolmaydi. Bunday tovushlar muayyan fonemaning turlicha voqelanishi sanaladi. Demak, har qan- 1 Пражский лингвистический кружок. Сб.статьей. - М., 1967. С.97. day fonema bir qancha tovushlar orqali voqelanadi. Nutqiy akt esa tovushlardan tashkil topadi. Bir umumiy fonema- ning nutqiy jarayonda turli tovushlar orqali voqelanishi fonemaning variantlari hisoblanadi.1 Praga tilshunoslarining fonologik nazariyadagi katta xiz- matlari shundaki, ular qanday qilib fonema bilan uning variantini farqlash qoidalarini ko‘rsatib berdilar. Ular to‘rtta qoidani ajratadilar: Birinchi qoida. M alum bir tilda ikki tovush bir fonetik sharoitda ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro erkin al- mashina olsa, bunday tovushlar bir umumiy fonemaning turli fakultativ variantlari sanaladi. Masalan, opa, Qo‘qon shevasida apa. Ikkinchi qoida. M alum bir tilda ikki tovush bir fonetik sharoitda ma’no yoki fonetik qiyofasini topib bolmas dara- jada o‘zgarishiga olib kelmagan holda biri o‘rnida ikkinchi si kela olmasa, bunday tovushlar ikki fonemaning vakillari sanaladi. Masalan, o‘zbek tilida ot va it so‘zlarida о va i to- vu sh larin in g o ‘zaro alm ashin ish i s o ‘zla rn in g m a’no o‘zgarishiga olib keladi. Demak, ular ikki fonemaning va killari sanaladi. Uchinchi qoida. Agar ikki akustik (yoki artikulatsion) o‘xshash tovush bir xil fonetik sharoitda hech qachon kela olmasa, ular bir fonemaning kombinator variantlari hisob lanadi. To‘rtinchi qoida. Agar ikki tovush uchinchi tovushga muvoflq kelsa-yu, lekin nutqiy zanjirda tovush birikmasi hosil qilgan holda ketma-ket kelolsa, ularni bir-biriga vari ant deb hisoblab bolmaydi. Praga tilshunoslarining yana bir yutugl shundan ibo- ratki, ular fonologik zidlanishlarni mantiqiy jihatdan tas- nif qildilar. Fonologik zidlanishlar tasnifi uchun fonologik munda- rija tushunchasiga tayandilar. Fonologik mundarija ata masi ostida fonemaning barcha fonologik muhim belgi- lari yig‘indisi, ya’ni shu fonemaning barcha variantlari uchun umumiy bolgan belgilar tushuniladi. Masalan, o‘zbek tilidagi D fonemasining fonologik mundarijasi «til ol- dilik», «portlovchilik», «jaranglilik» belgilarini o‘z ichiga ola di. Fonologik zidlanishlar esa fonemalarning ana shu belgi- lariga asoslanadi. N.S.Trubeskoy fonologik zidlanishlarni quyidagi belgilar- ga ko‘ra tasnif etadi: a) zidlanish sistemasiga ko‘ra; b) zidlanuvchi a’zolar o'rtasidagi munosabatga ko‘ra; v) zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra. A. Zidlanish sistemasiga ko‘ra zidlanish turlari Bu belgiga k o ‘ra, zidlanishlar bir o lch o vli va ko‘p olchovli, ajralgan va proporsional zidlanishlarga bolinadi. Zidlanishlar zidlanuvchi a’zolarni farqlash uchun xiz- mat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlana- yotgan a’zolar uchun umumiy bolgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bolib xizmat qiladi. Qiyoslash uchun asos belgiga ega bolmagan ikki narsa o ‘zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bolgan belgiga ko‘ra zidlanishlar ikki turli boladi: 1) bir o'lchovli ; 2) ko‘p o'lchovlL Bir o'lchovli zidlanishlar zidlanuvchi a’zolarning zidla- nishlari uchun asos bolgan belgi faqat shu zidlanish uchun- gina xos bolib, zidlanish sistemasining boshqa a’zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi E va F harflari zidlanishini olib ko'raylik. Bu harflarning zidlanishi bir olchovlidir. Chunki bu ikki harf o‘rtasidagi o'xshash belgilar yiglndisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hech qaysi harfda uchramaydi. Aksincha, P va R harflari zidlanishi esa ko‘p o'lchovlidir. Chunki bu harflar o ‘rtasidagi o ‘xshash (qiyosga asos bolgan) belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o‘ng tomon- dan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masalan, В harfida). Bir olchovli va ko‘p olchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidla nishlar tilning barcha sathlarida uchraydi. Bundan tashqari, birinchi belgiga ko‘ra, zidlanishlar- ning proporsional va ajralgan turlari ham mavjud. M alum bir zidlanish a’zolari o'rtasidagi munosabat til sistemasining boshqa zidlanish a’zolari o‘rtasidagi muno sabat bilan bir xil bolgan zidlanishlar proporsional zidla nish hisoblanadi. Masalan, o‘zbek tili fonologik sistemasidagi k-g fonemalarining zidlanishi proporsionaldir. Chunki bu zidlanish a’zolari o‘rtasidagi munosabat, ya’ni jarangsizlik, portlovchilik belgisi asosida umumiylikni hosil qilishi faqat shu juftlik uchungina emas, balki p-b, t-d kabi juftliklar uchun ham xosdir. M alum bir zidlanish a’zolari o‘rtasidagi qiyos uchun asos bolgan belgi til sistemasidagi zidla- nishlarning hech qaysisida uchramaydigan zidlanish aj ralgan zidlanish sanaladi. Masalan, b va I ju ftlik lari o‘rtasidagi zidlanish ajralgandir. Chunki bilabiallik va la- biodentallik belgilari boshqa hech bir juftlikda qiyos uchun asos bolmaydi. B. Zidlanish a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanish turlari Zidlanish a’zolari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra, zidla nishlar privativ (qiyosga asos bolgan belgi birida bor, ik- kinchisidayo'q bolgan zidlanish), darajali (gradual) va teng qimmatli (ekvipolent) zidlanishlarga bolinadi. Zidlanuvchi a’zolarining birida zidlanish uchun asos bolgan belgining mavjudligi, ikkinchisida esa y o‘qligiga asoslangan zidlanish privativ zidlanish hisoblanadi. Zid- lanuvchilarning belgiga ega bolgan a ’zosi belgili (markir- langan), kuchli, belgiga ega bolm agan a’zosi esa belgisiz (markirlanmagan), kuchsiz a’zo deyiladi. Masalan, t-d, k-g undoshlari zidlanishlari privativ sanalib, zidlanuvchi juft- liklarning har birida birinchi a’zo «ovoz» (jarang) belgisi- ning y o‘qligi, ikkinchisi esa borligi bilan xarakterlanadi. (Bunday zidlanishlarning grafik ifodasi uchun kuchsiz a ’zoga «-», kuchli a’zoga «Q» belgisi qo‘yiladi. Masalan, so‘z turkumlari sistemasida ot bilan fe’l o ‘rtasida qiyos uchun asos bolgan belgi «harakat» sanalib, birinchisi bu belgi- n in gy o ‘qligi (-), ikkinchisi esa borligi (Q) bilan xarakterla- nadi. Zidlanuvchi a ’zolar bir belgining turli darajasini (gra- datsiyasini) ko‘rsatuvchi zidlanish darajali zidlanish hisob lanadi. Masalan, unlilarda og‘iz ochilishining turli dara jasini ko‘rsatuvchi u-o'-o, i-e-a oVtasidagi zidlanish. Darajali zidlanish ko‘p a ’zoli bolib, darajalanish silsi- lasidagi birinchi va so‘nggi a ’zo chegara a ’zolar, ular o‘rtasidagi a’zolar esa oraliq a’zolar sanaladi. Chegara a’zolar zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi va maksimal zidlanish hosil qiladi. Zidlanuvchi a ’zolarn ing har ikkisi m antiqan teng bolgan , y a ’ni belgining ikki darajasini ham, bor yoki y o‘qligini ham bildirmaydigan zidlanishlar teng qimmatli (ekvipolent) zidlanish hisoblanadi. Masalan, opa-singil, ota- ona zidlanishi. Shuni talddlash kerakki, zidlanishlarning yuqoridagi turlarini ajratish til sistemasining konkret shart-sharoiti bilan bogliq. Bu sistemaning konkret shart-sharoitidan ajratib olingan ayni bir zidlanish privativ ham, darajali ham bolishi mumkin. Masalan, u-o o‘rtasidagi zidlanish oglzning ochilishi darajasi sifatida olinsa, privativ ziddiyat boladi. Zidlanuvchilardan biri oglz ochilishining «nob darajasi si fatida qabul qilinadi. Bu vaqtda u (ochiq emas), о esa «ochiq», yoki и «yopiq», О esa «yopiq emas» tarzida zidlana di. Xuddi shu belgiga ko‘ra, til sistemasidagi и ga nisbatan ochiqroq unli o ‘ e’tiborga olinsa, u bilan о o‘rtasidagi zid lanish darajali zidlanishga aylanadi. Bu vaqtda u v a o zid lanishning chegara a’zolari, o'e s a oraliq a’zo bolib qoladi. Shunday qilib, u yoki bu zidlanishning privativ, darajali va teng qimmatli zidlanish sifatida baholanishi bizning qan day nuqtayi nazardan yondashuvimizga bogliq. Lekin bundan u yoki bu zidlanishni belgilash sof sub- yektiv xarakterga ega, degan xulosaga kelmaslik kerak. Shuni ta ’kidlash kerakki, zidlanishning o ‘zida uni m alum bir turga kiritish uchun asos boladigan qandaydir belgi mavjud boladi. Tilning sistemaviy tuzilishining o‘zi va uning funksiyalashuvi, kofp hollarda, zidlanishning obyek- tiv va aniq turini ajratishga imkon beradi. Yuqorida ко‘rib o‘tgan и va о fonemalari o ‘rtasidagi munosabat privativ zid lanish sifatida ham, darajali zidlanish sifatida ham tasav- vur etilishi mumkin. Lekin amalda ularning qaysisi real- lashayotgani shu fon ologik sistem aning tu zilish i va qollanilishi bilan bogliq boladi. V. Zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra zidlanish turlari Zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra, zidlanishlar doimiy va m o‘tadillashgan turlarga ajratiladi. Zidlanishlarning bunday tasnifi til sistemasining konkret sharoitda yuzaga chiqishiga-funksiyalashuviga asoslana- di. Sistema-funksiya tamoyiliga amal qiladi. Til sistemasidagi zidlanuvchi a’zolar nutq jarayonida muayyan sintagmatik munosabatga kirishganda ham zid- lanishga asos bolgan belgini saqlab qolsa, doimiy zidlanish, aksincha, saqlab qolmasa, mo'tadillashgan zidlanish sa naladi. Masalan, o‘zbek tilida so‘z oxiri jarangli va jarang- siz undoshlar zidlanishi uchun kuchsiz vaziyat sanaladi. Ana shu vaziyatda zidlanuvchi a’zolar zidlanish belgisini yo‘qotadi, mo'tadillashadi. Masalan, bob-bop, tog'-toq. Mo‘tadillashgan zidlanish ham barcha zidlanishlar kabi faqat fonologik sath uchungina xos emas. Ularning bar- chasi tilning hamma sathlarida uchraydi. Jumladan, bir- lik va ko‘plik morfemalari o ‘rtasidagi zidlanish hurmat ma’nosini ifodalaganda mo‘tadillashadi. Savol va topshiriqlar: 1. Tovushlarning qanday vazifalari ajratiladi? 2. Fonologik zidlanishlar yuzasidan fikr yuriting. 3. Fonologik zidlanishlarning tasnifi haqida gapiring. 4. Praga tilshunoslari fonemaga qanday yondashadi? 5. Fonema va uning varianti qanday qoidalar asosida ajrati ladi? 6. Fonema mundarijasi deganda nima tushuniladi? Адабиётлар 1. С тепанов Ю.С. М етоды и принципы соврем енной лингвистики. - М., 1975. 2. О бщ ее я зы к о зн а н и е. М етод ы л и н гв и с т и ч е с к и х исследований. - М., 1973. 3. Нурмонов А. Структур тилш унослик: илдизлари ва йуналишлари. - Тошкент, 2009. 4. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. - Тошкент: Фан, 2008. 5. Б рендаль В. С труктуральн ая лингвистика. В кн.: Звегиндев В.А. История языкознания XIX и XX веков в очерках и извлечениях. Ч.И. - М., 1960. 6. Трубецкой Н.С. Основы фонологии. - М., 1960. X U L O S A 1. Har qanday izlanuvchi ilmiy tadqiqot ishini olib bo- rish jarayonida m alum metodologiyaga tayanadi va fan ning muayyan metodlari asosida ish ko‘radi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqot olib borishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir yosh izlanuvchi metodologiya va metod masalalari- ni yaxshi o‘zlashtirmog‘i lozim. 2. Ilmiy tadqiqot metodlari tushunchasi nihoyatda keng tushuncha bolib, falsafiy metodlarni ham o‘z ichiga oladi. Har bir falsafiy metod xususiy fanlar boyicha olib borila- yotgan ilmiy tadqiqotlar uchun metodologik asos bolib xiz- mat qiladi. Falsafiy metodlardan xoli bolgan ilmiy tadqiqot lar mavjud emas. 3. Ilmiy tadqiqot metodlari shajaraviy, ko‘p bosqichli tabi- atga ega bolib, falsafiy metodlar, xususiy ilmiy metodlar, dissiplinar metodlarga bolinadi. Ayni paytda, har bir xusu siy ilmiy metod ilmiy tadqiqot aspektlari va ilmiy tadqiqot tamoyillariga ega boladi. Har bir metod boshqasidan ilmiy tadqiqot tamoyillari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham xususiy ilmiy tadqiqot metodlarining asoschilari u yoki bu metodga asos solar ekan, ushbu metodga xos tamoyil- larni ham ishlab chiqadi. 4. Ilmiy tadqiqotning xilma-xil metodlari bir-biridan aj- ralgan holda emas, balki o'zaro b ogliq , bir-biri bilan hamkorlikda funksiyalashadi. Masalan, struktur metodlar tavsifiy metod bergan materiallarga suyanadi. Struktur me- todning tarmoqlari bolgan distributiv metod ham oppozitiv metod bilan uzviy aloqadordir. Lingvistik oppozitsiyalar dis tributiv munosabatlarga tayanib ish ko'radi. 5. Falsafiy metodlar xususiy ilmiy metoddan ajralgan hol da alohida yashamaydi. U xususiy ilmiy metodlarga sing- gan holda, metodologik asos rolini oynaydi. Shuning uchun ham umumfalsafiy metoddan ajralgan xususiy ilmiy metod mavjud bolmaydi. Falsafiy metodlar xususiy ilmiy metod lar orqali yuzaga chiqadi. So‘zboshi .................................................................................... 3 1-mavzu: Ontologiya va gnoseologiya haqida maTumot. Bilish va uning aham iyati..........................................................5 2-mavzu: Empirik va ratsional b ilis h ........................................ 7 3-mavzu: Fain va ilmiy bilim ..................................................... 16 4-mavzu: Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va m etodlari.............21 5-mavzu: Umumilmiy va xususiy ilmiy m etodlar.................... 34 6-mavzu: Ilmiy tadqiqot tamoyillari ........................................ 39 7-mavzu: Ilmiy tadqiqot aspektlari.......................................... 43 8-mavzu: Umumiy va xususiy metodlar ham korligi................45 9-mavzu: Xususiy metodlar ham korligi...................................50 10-mavzu: Tilni o‘rganish m etodlari........................................ 54 11-mavzu: Tarixiy-genetik (geneologik) metod ........................ 57 12-mavzu: Glottoxronologik m e to d ......................................... 61 13-mavzu: Kvantitativ m etod .................................................. 64 14-mavzu: Struktur metod va uning yo‘nalishlari ..................72 15-mavzu: Glossematika.......................................................... 76 16-mavzu: Distributiv tahlil m etod i........................................ 80 17-mavzu: Bevosita ishtirokchilar m etod i...............................87 18-mavzu: Transformatsiya metodi (TM )..................................94 19-mavzu: Oppozitiv m etod................................................... 101 X u lo s a .................................................................................... 110 Ilmiy nashr Abduham id NURM ONOV LINGVISTIK TADQIQOT METODOLOGIYASI VA METODLARI Muharrir: Abdulla SHAROPOV Musahhih: Shahnoza TO‘RAXO‘JAYEVA Badiiy muharrir: Feruza NAZAROVA Texnik muharrir: SHAHRIYOR Nashriyot raqami № 23 Bosishga ruxsat etildi: 19.02.2010. Qog‘oz bichimi: 84x108 1/32. Times garniturasi. Ofset bosma. Ofset qog‘ozi. Bosma t.: 7,0. Hisob-nashriyot t.: 4,8. Adadi: 1000 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. Buyurtma № 45. «AKADEMNASHR» nashriyoti: 100156, Toshkent shahri, Chilonzor mavzesi, 20A-kvartal, 42-uy. Tel.: (+99897) 331-56-22. E.mail: akademnashr@mail.ru “KOT^I NUR” MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent shahri, Mashinasozlar mavzesi, 4-uy. Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling