Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari
Tayanch so‘z va iboralar
Download 38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 7 -M A V Z U : B E V O S IT A IS H T IR O K C H IL A R M E T O D I Reja
Tayanch so‘z va iboralar: deskriptiv tilshunoslik, seg- mentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil, distributsiya modellari, kontrast distributsiya, qo£shimcha distributsiya, erkin almashinish distributsiyasi, kirish yoki qisman ekvi- valent distributsiya . Distributsiya atamasi tilshunoslikka Amerika tilshu noslik maktabi tomonidan kiritilgan. Y.S.Stepanovning fikricha, bu atama dastlab Amerika tilshunosi, glottoxro- nologiya metodining asoschisi M.S.Svodesh tomonidan 1934-yilda qollanilgan.1 Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini ifoda va ma’nodan tashkil topgan butunlik, deb tushunadi va ifoda tuzilishini tilning bosh komponenti, deb hisoblaydi.2 Mazmun tuzi lishini esa ikkinchi muhim komponent sifatida baholaydi. Lekin mazmuniy tuzilishga munosabat Amerika tilshu- nosligida bir xil emas. Shuning uchun lingvistik ma’no va uning lingvistik tadqiqotlardagi o ‘rni masalasi Amerika tilshunosligining fundamental muammosiga aylandi. Blumfild tilning ifoda va ma’no tomonini e’tirof etgan va m a’noni konkret vaziyat bilan bogliq ekanligini ko‘rsatgan bolsa, Yel maktabini tashkil etgan shogirdlari va izdoshlari (J. Treyjer, Z.Xarris, B.Blok va boshq.) lingvistik tadqiqot- lardan mazmuniy tomonni to la chiqarib tashlash talabi bilan chiqdilar. Lingvistik birliklarning ifoda va ma’no tomonini e’tirof etuvchilar bu ikki tomonning o‘z tuzilish birliklari mavjud ekanligini talddlaydilar va, asosan, ifoda tuzilish birliklari tahliliga e’tibor qaratadilar. Deskriptiv tahlil obyekti muayyan bir tildagi alohida tu- gal jumla sanaladi. Jumla esa m alum shaxs nutqining ikki pauza orasidagi parchasi hisoblanadi. Lekin jumla bilan gapning bir-biriga teng emasligi, jumla bir so‘zdan ham, so‘z birikmasidan ham, tugallanmagan gapdan ham tash kil topishi mumkinligi talddlanadi. Deskriptivchilarning bayon qilishlariga ko‘ra, lingvistik tadqiqot malum bir dialektdagi jumlalarni to'plashdan va to'plangan materiallarni tahlil qilishdan iborat boladi. To‘plangan material, ya’ni matn elementlarga bolinadi va bu elementlarning bir-biriga nisbatan distributsiyasi aniqlanadi. Lingvistik elementlar sinfi substitutsiya eksperimental texnikasi asosiga quriladi. Elementlarning birikish qonun- 1 С тепанов Ю .С. М етоды и принципы соврем ен ной лингвистики. - М., 1975. С. 203. 2 Глисон Г. Введение в дескриптивную лингвистику. - М., 1959. С.ЗЗ. lari esa bevosita ishtirokchilar boyicha tahlil qilish asosi da tiklanadi. Deskriptivchilarning taTddlashlaricha, segmentatsiya, substitutsiya, distributiv tahlil tilning har qanday aspek- tini tadqiq etishda qollanilishi mumkin. Bevosita ish- tirokchilarga ajratish asosidagi tahlil esa faqat morfologiya va sintaksis doirasida qollaniladi. Til tuzilishini ifoda va ma’no, ya’ni shakl va mazmun tuzilishi munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida e ’tirof etuvchi deskriptivchilar ko'proq shakliy tuzilish bir- liklarini o‘rganishga e’tibor qaratadilar. G.Glisonning bayon qilishicha, tilning mazmuniy siste- masini o‘rganish shakliy sistemani o‘rganishga nisbatan birmuncha sekin amalga oshirildi va kam natijaga erishildi. Shu kungacha mazmuniy tuzilishni o‘rganish ilmiy asos- d a y o lg a qo^ilgan, deb aytib bolmaydi. Deskriptivchilarn ing tilning ifoda tomonini o‘rganishdagi xatosi shunda boladiki, ular mazmuniy tuzilish bilan shakliy tuzilish o‘rta- sidagi aloqani tushunishmadi va shakliy tuzilishni o‘rga- nayotganda, mazmuniy tuzilishni e’tiborga olishmadi. Af- suski, mazmuniy tuzilishga faqat shakliy tuzilish orqali yon- dashish mumkin. Mazmuniy tuzilishdan farqli ravishda, shakliy tuzilish bevosita sezgi a’zolarimizga beriladi va uni oson o‘rganish mumkin. Shuning uchun akustik va artikulatsion fonetika- da tovushni o‘rganishda }aiqori darajadagi aniqlikka eri shildi.1 G.Glison ifoda planini qismlarga ajratar ekan, uning asosiy elementlari sifatida fonema va mor/emalarni ajra- tadi. Uning fikricha, fonema bir jumlani ikkinchisidan farq- lash uchun xizmat qiluvchi til ifoda sistemasining minimal birligi sanaladi.2 Morfema ifoda sistemasining ikkinchi asosiy birligi sa naladi va uning ta’rifi ancha murakkab ekanligi talddlan- 1 Глисон Г. Курсатилган acap. Б.45. 2 Глисон Г. Курсатилган асар. Б.41. gani holda, tilning mazmuniy sistemasi bilan bogliq qollani ladigan tilning ifoda sistemasi birligi hisoblanadi1. Distributiv tahlilning birinchi bosqichi jum lani eng kichik qismlarga ajratish-segmentlash va ularni daftarda simvollar bilan ifodalashdan boshlanadi. Masalan, kitobni o'qimoq birikmasini erkin ravishda quyidagi segmentlarga ajratishimiz mumkin: ki-tob-ni o ‘-qi-moq. Tadqiqotchi infor- mantdan (talaffuz qiluvchidan) bu birikmaning talaffuzini takrorlashni iltimos qiladi yoki shu birikma boshqa infor mant orqali talaffuz qildiriladi. Ikkinchi marotaba talaffuz qilinganda, jumla tarkibida- gi tovushlar oldingisidan biroz farqlanishi mumkin. Masalan, о birida cho‘ziqroq, ikkinchisida qisqaroq talaf fuz qilinishi mumkin. Lekin informantlar har ikki holatda talaffuz qilingan tovushlarni bir xil deb qabul qiladi. Chunki о ning cho‘ziq-qisqa talaffuz qilinishi informantlar uchun muhim bolmaydi, ma’no farqlamaydi. So‘ngra bu jumladan ajratilgan segmentlarni boshqa jumla tarkibiga qo^ib ko‘ramiz va informant uchun shun- day qilish mumkin ekanligini tekshirib ko‘ramiz. Ana shu asosda har bir tovush u yoki bu segmentning vakili ekanligini aniqlaymiz. Bir tovushni turli o‘rinlarda qollab, ularning qurshovi belgilanadi. Elementning qur- shovi yuqoridagi y o l bilan aniqlangan elementlar qo‘shni- chiligidir. «Elementlar qo'shnichiligi» atamasi ostida bir element ning boshqa elementga nisbatan egallagan pozitsiyasi tu- shuniladi. Bir xil qurshovda turgan segment turli informant tomonidan turlicha talaffuz qilinib, ma’noga ta’sir etmasli- gi mumkin. Bunday holatda ular bir segmentning turli va- killari sanaladi. Lekin ma’no o‘zgarishiga olib kelsa, bun day segm entlarni bir segm entning turli vakillari deb bolmaydi. Masalan, tokning birinchi segmenti o‘rniga n seg- mentini qo^sak, tamomila yangi ma’noli no/с kelib chiqadi. Demak, t va rt segmentlari boshqa-boshqa segmentlarning vakillari sanaladi. Jumlalarni segmentlash natijasida yuzlab koVinishlarda talaffuz qilinuvchi fonlar ajratiladi. Bu segmentlaming nis- batan cheklangan miqdordagi sinflarga birlashtirilishi nati jasida fonemalar aniqlanadi. Segmentlarni ana shunday guruhlarga - sinflarga birlashtirishga elementlar dis- tributsiyasi (joylashish tartibi) xizmat qiladi. Elementlar distrbutsiyasi atamasi ostida shu element larning barcha qurshovlari yiglndisi tushuniladi. Distributiv lingvistikada ikki tovush oVtasidagi uch xil munosabat ajratiladi. Bunday munosabat tiplari dis- tributsiya modellari deyiladi1. Distributsiyaning, odatda, 3 ta, ba’zan 4 ta turi ajratiladi: a) kontrast distributsiya; b) qo‘shimcha distributsiya; v) ekvivalent yoki erkin almashinish distributsiyasi; g) kirish yoki qisman ekvivalent distributsiya. Distributsiya modellarining bu turlari N.S.Trubeskoyning fonema va uning variantlarini belgilashning uch qoidasini eslatadi2. Ikki element bir xil pozitsiyada (qurshovda) biri o‘rnida ikkinchisi kelib, ma’noni farqlash vazifasini bajarsa, bu elementlar kontrast distributsiya munosabatida bolgan hisoblanadi. Masalan, tom, nom, jom so‘zlarining birinchi segmentlari t-n-j bir xil pozitsiyada kelib, ma’no farqlash vazifasini bajarib, o‘zaro kontrast distributsiya munosabati- dadir. 0 ‘zaro kontrast distributsiya munosabatida b olgan elementlar ikki mohiyatning vakillari hisoblanadi. Ikki element bir xil pozitsiyada biri o£mida ikkinchisi kela olmasa, bu elementlar o'zaro qo'shimcha distributsiya mu nosabatida bolgan sanaladi. Masalan, bil so‘zi tarkibidagi i o‘rniga shu qurshovda ы ni qollab bolmaydi, yoki qbd so‘zi tarkibidagi ы o'rniga shu qurshovda i ni qo llab bolmaydi. Demak, i va ы tovushlari o ‘zaro qo'shimcha dis- 1 Березин Ф.М. История лингвистических учений. - М., 1975. С.257. 2 Каранг: Праж ский структурализм // Б ерезин Ф.М. История лингвистических учений. - М., 1975. tributsiya munosabatidadir. Qo‘shimcha distributsiya mu- nosabatida bolgan ikki segment bir mohiyatning turli vak- illari sanaladi. Fonologik sathda bir fonemaning ikki xil varianti hisoblanadi. Ikki element bir xil pozitsiyada ma’noni o‘zgartirmagan holda biri o‘rnida ikkinchisi erkin holda almashina olsa, bu ikki segment bir-biri bilan erkin almashinish distributsi- yasi munosabatida boladi. Biron bir so‘zdagi portlovchi dj tovushini sirg‘aluvchi j tovushiga almashtirish mumkin, lekin bu almashinish so‘zning ma’nosini o‘zgartirmaydi. 0 ‘zaro erkin almashinish distributsiyasi munosabatida bolgan ikki element bir mo hiyatning ikki varianti hisoblanadi. Lingvistik tahlilning fonologik sathdagi ana shunday texnikasi Xarris tomonidan morfologik sathga ham olib o‘til- di. Uning fikricha, tilning fonologik birliklarining pozitsi- yalari orqali tilda ularning qanday kombinatsiyalari mor- femani hosil qilishini hisoblash mumkin boladi. Morfologik birliklarni segmentlarga ajratish boshqa shunday birliklar- ga qiyoslash, solishtirish metodi orqali amalga oshiriladi. Xarris ma’noga murojaat qilishdan qochish maqsadida morfologiyada mazmuniy kriteriyani distributsiya kriteri- yasi bilan almashtirishga harakat qiladi. Morfema distributsiyasi deyilganda, shu morfema qolla- nilishi mumkin bolgan barcha kontekstlar yiglndisi tushu- niladi.1 Morfologiyada ham xuddi fonologiyadagi kabi uchta dis tributsiya modeli ajratiladi. Ikki element bir xil qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi almashinib, grammatik m a’noni o‘zgartirib yuborsa, bu ikki element o ‘zaro kontrast dis tributsiya munosabatida boladi. Kontrast distributsiya munosabatida bolgan ikki birlik ikki morfemaning ikki xil varianti - morfl yoki allomorfi sanaladi. Masalan, kitob-im, kitob-ing so‘zlaridagi -im, -ing shakllari bir xil pozitsiyada biri o‘rnida ikkinchisi almashinib kela oladi va bu alma shinish ma’no o'zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ular ikki morfemaning allomorflari sanaladi. Og‘zaki so‘zlashuv nutqida toqqa, eshikka, dalaga sin- gari so‘zlardagi ikkinchi ma’noli qismlarning hech biri shu qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaydi. Shuningdek, toqqa, tog'i so‘zlarining birinchi ma’noli qismlari toq va tog* qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaydi. Ular qo‘shimcha distributsiya munosabatidadir. Shuning uchun bu shakllar bir morfemaning turli variantlari sanaladi. Singli - singlisi, manbayi - manbasi singari so‘zlardagi -i va -si erkin almashinish distributsiyasi munosabatida boladi va shuning uchun ular bir morfemaning turli vari antlari hisoblanadi. Yuqorida bayon qilinganlardan shu narsa ayon boladiki, distributsiya tahlili asosan segmentlarning shakliy qur- shoviga, distributsiyaga tayanadi. Shuningdek, distributiv tahlilda tayanch tushuncha bolgan distributsiyaning o‘zi aniq izohini topmaydi. F.M.Berezinning koYsatishicha, agar distributsiyani shu element uchraydigan barcha qurshovlar yiglndisi deb tu- shunadigan bolsak, distributsiya element asosida izohla- nadi. Elementning o ‘zi esa distributsiya asosida izohlana- di. Natijada, «sehrli halqa» hosil b olad i. Shuningdek, elementlar qurshovi tushunchasi ham aniq emas. Agar uni o‘rganilayotgan elementning m alum miqdordagi qurshovi deb tushunadigan bolsak, bu tushunchaning unchalik aniq emasligini sezish qiyin emas. Uning fikricha, u yoki bu tilning xususiyatini bitta distributiv tahlil y o li bilan o‘rganish mumkin, degan umumiy qarash ham unchalik to‘g‘ri emas. Lekin shuni tan olish kerakki, distributiv tah lil lingvistik tahlilning obyektivligini aniqlashga sharoit yaratdi.1 Savol va topshiriqlar: 1. Amerika strukturalizmi nima uchun deskriptiv lingvistika deb nomlanadi? 2. Deskriptiv lingvistika vakillari tilshunoslikning bosh vazi- fasi deb nimani tushunadi? 1 Березин Ф.М. История лингвистических учений. -М ., 1975. С.258. 3. Deskriptiv tilshunoslik til tuzilishini qanday tushunadi? 4. G.Glison ifoda planini qanday qismlarga ajratadi? 5. Distributiv lingvistikada distributsiya modellarining qaysi turlari belgilanadi? Ularga alohida ta’rif bering. 6. Blumfild sistemasining asosiy tamoyillari nimalardan ibo- rat? 7. Distributiv tahlil metodi qanday? 8. Distributsiya nima va uning qanday turlari mavjud? Adabiyotlar 1. Степанов Ю.С. Методы и принципы современной лингвистики. - М., 1975. 2. Глисон Г. Введение в дескриптивную лингвистику. - М., 1959. 3. Березин Ф.М. История лингвистических учений. - М., 1975. 4. Нурмонов А. Структур тилш унослик: илдизлари ва йуналишлари. - Тошкент, 2009. 5. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. - Тошкент: Фан, 2008. 1 7 -M A V Z U : B E V O S IT A IS H T IR O K C H IL A R M E T O D I Reja: 1. Bevosita ishtirokchilar metodining mohiyati. 2. Bevosita ishtirokchilarga ajratish usullari. Tayanch so*z va iboralar: bevosita ishtirokchilar metodi konstruksiya, graduallik (darajalanish), simvol, indeks, L. Blumfild. Deskriptiv lingvistika vakillari jumlani eng kichik ma’noli qismlariga ajratishda, ya’ni segmentlarga bolishda bevo sita ishtirokchilar (BI) asosidagi tahlilga ham tayanadilar. Bu metodga ishora L.Blumfildning «Til» asarida uchra- sa ham, uning aniq tamoyillari R.Uellz va Y.Naydalar to- monidan ishlab chiqildi. BI metodiga muvofiq, tayanch nuqta konstruksiya hisob- lanadi. Konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosi ta ishtirokchilar (BI) ajratiladi. Konstruksiya atamasi ostida ma’noli qismlaming ketma- ket munosabatidan tashkil topgan butunlik tushuniladi. Ishtirokchilar deb, kattaroq konstruksiya tarkibiga kirgan so‘z yoki konstruksiya (yoki morfema)ga aytiladi. Muayyan konstruksiyaning bevosita shakllanishida ishtirok etgan bir yoki bir necha ishtirokchilarga bevosita ishtirokchi lar deyiladi1. Masalan, Shabboda qurg'urilk saharolib ket- di gulning totini... (H.Olimjon) jumlasi konstruksiya hisob lanadi. Uning tarkibida ishtirok etgan barcha ma’noli so‘zlar ishtirokchilar, bevosita aloqaga kirishgan so'zlar esa be vosita ishtirokchilar (BI) sanaladi. Shabboda so‘zi bilan to tini so‘zi o‘rtasida malum ma’noda boglanish (biri gapning boshlovchisi, ikkinchisi gapning yakunlovchisi) bolsa ham, lekin ular o‘rtasida bevosita aloqa mavjud emas. Aksincha, gulning so'zi totini so‘zi bilan ilk sahar so‘zi olib ketdi so‘zi bilan, shabboda qurg'ur so‘zi olib ketdi so‘zi bilan o‘zaro z;ich boglangandir. Bunga muvofiq, nutqning har bir mustaqil parchasi ikki qismdan tashkil topadi. 0 ‘z navbatida, har qaysi qism yana o ‘z ich id a ana shu n day qism lard an ib ora t b o la d i. Ko‘rinadiki, har bir konstruksiya binar tamoyilga ko‘ra qism- larga bolinadi va bu bolinish konstruksiya doirasida gra- duallik (darajalanish) xususiyatiga ega boladi. Yuqoridagi gapni sxem atik ravish da qu yidagich a ko‘rsatish mumkin: Shabboda qu rglir ilk sahar olib ketdi gulning totini BI tahlilida, awalo, so‘z birikmalari ajratiladi va ular bir gap ichida birlashtiriladi. Shuning uchun BI tahlilini birlashtirish, о‘rash deb ham yuritiladi. Birlashtirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qili- nadi: 1) bir vaqtning o‘zida ikkitadan ortiq bolmagan element lar birlashtiriladi. Masalan, birdaniga olib ketdi gulning to- tini tarzida birlashtirish mumkin emas. A w a l gulning so‘zi toti so‘zi bilan birlashadi. So'ngra gulning totini so‘zi olib ketmoq so‘zi bilan birlashadi; 2) boglanmaydigan elementlarni birlashtirish mumkin emas. Xususan, yuqoridagi gapda qurg'ur, ilk so‘zlarini birlashtirib bolmaydi; 3) BI tahlilini qollash tartibi qat’iy belgilangan b o la di.2 BI metodiga muvofiq, til grammatikasi shakliy to‘g‘ri gap- larni hosil qiluvchi (tug‘diruvchi) kibernetik qurilma hisob lanadi. Har bir tilning grammatikasi belgilarning yopiq (oxirgi) simvollar va bu simvollar zanjirining qayta kodlash- tirish qoidalaridan iborat boladi. Qayta kodlashtirish qoi- dasi X -Y shakliga ega boladi. Bunda X -Y simvollar zanjirini ifodalaydi. Bir guruh simvollar so‘z va morfemalarni ifo- dalash uchun, boshqalari esa sintaktik guruh va gaplarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, # shak- lidagi alohida belgi ham ishlatiladiki, u gapning boshla- nishi va oxirini ifodalash uchun qollaniladi. Har qanday gapning hosil qilish (tug‘dirish) qurilmasi quyidagicha amal qiladi. Gapni BIga ajratish uchun asos bolgan har qanday gap zanjirini ifodalash uchun #S# belgi- si qollaniladi. Qayta kodlashning birinchi qoidasi #S# #Уг# qollanilishi natijasida #Y2# zanjiri hosil qilinadi. #YX# #Y2# qoidasiga izchil amal qilinishi natijasida #Y2# #Y3# va boshqa #Y2#, #Y3# zanjirlari hosil qilinadi. Bu jarayon qismlarini boshqa simvollar bilan ifodalash mumkin bolmagan holatgacha olib boriladi va zanjir termi nal zanjir deb yuritiladi. Bunday zanjir #Yp# belgisi bilan 2 Шаумян С.К. Теоретические основы трансформационной грамматики // Новое в лингвистике. Вып.II. -М ., 1962. С.392. ifodalanadi. Undan hosil qilingan zan jirlar y ig ‘indisi #Yp#ning derivatsiyasi deyiladi. Grammatik to‘g‘ri gaplarni hosil qilishning bunday jara- yonini matematik shajara orqali ifodalash qabul qilingan. Masalan, quyidagi qoidalar berilgan bolsin: 1) S A+B, 2) A С, 3) Б Д +F, 4) С a, 5) Д - в, 6) F - c. Bu qoidalar asosida quyidagi derivatsiya hosil qilinadi: #S#, # A + B, # C + B #, # C + D + F#, # a + D + F #, # a + b + F #, # a + b + с #. Bu derivatsiyani shajara tarzida quyidagicha ifodalash mumkin: Agar A simvoli ism guruhini, В - fe l guruhini, С - otni, D - felni, F - toldiruvchini, a - o'quvchi so‘zini, с - kitobrti so‘zini, b - o ‘qidi so‘zini ifodalasa, unda yuqoridagi deri vatsiya O'quvchi kitobni o ‘qidi gapining struktur tavsifini ifodalaydi1. BI metodiga asosan gaplarni qismlarga bolish so‘z bi- rikmalariga ajratishni eslatadi va gap bolaklariga ajra- tishdan hech qanday farq qilmaydigandek ko4rinadi. Aslida esa, BIga ajratish gapni bolaklarga ajratishdan tubdan farq qiladi. F.M.Berezinning fikricha, gap bolaklari boyicha tahlil aniq javob berolmagan narsalarga BI meto di y o li bilan qilingan tahlil javob bera olishi mumkin1. BI metodi, asosan, sintaksisda qollaniladi. Sintaksisda obro‘-e’tibor qozongan bu metod keyinchalik morfologiya va fonologiyaning ayrim masalalarini hal etishda qisman qollanila boshlandi. BI metodi asosidagi fonologik tahlil Ch.Xokketning «Fono- logiya bo^yicha qollanma» (1955-yil) asarida aniq namoyon boldi. Fonologik sathda ham BI asosidagi tahlil uchun zarur bolgan pog‘onali (iyerarxik) munosabat ko‘zga tashlanadi. Ch.Xokket fonologik tahlilning asosiy nuqtasi deb jum- lani bo‘g‘inlarga ajratishni biladi. Har bir bo‘g‘in struktu- rasida uch element mavjudligi ko‘rsatiladi: bo‘g‘in boshla- nishi, bo‘g‘in cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri. Bu elementlar BI asosida tahlil etiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi tol so'zining bo‘g‘in boshlanishidagi tovushi birinchi BI sifatida ajratiladi. Qolgan bo'glnning cho‘qqisi va bo‘g‘in oxiri qismlari ikkinchi BI sifatida o‘zaro birlashtiriladi. Y a’ni t-o-l sxemasini oladi. Bolinishning ikkinchi bos- qichida bo‘g‘inning cho‘qqisi va b o ^ ln oxiri qismlari bir- biridan ajratiladi. Til elementlarining ketma-ketligi va ular o‘rtasidagi munosabatni o ‘rganishga qaratilgan BI metodi struktur tilshunoslikning dastlabki davrlarida ancha muvaffaqiyatga erishgan va tilshunoslarning diqqat-e’tiborini 0 ‘ziga jalb etgan bolsa ham, lekin keyinchalik lingvistik tahlilning obyektiv va aniq b olm ogl uchun, unda bir qator ojiz to- monlar mavjud ekanligi m alum bolib qoldi. S.K.Shaumyanning fikricha, bu metodning eng ojiz to- moni shundaki, BI metodi lingvistik tadqiqotlarda invari- antlilik muammosini hal qilishda yetarli kuchga ega emas. Quyidagi gaplarni qiyoslaymiz: 1. Ofquvchi kitob o^qiyapti. 2. Kitobni o ‘quvchi o ‘qiyapti? 3. Kim kitob o'qiyapti? Har qanday kishi birinchi gapning darak, ikkinchi va uchinchi gapning so‘roq gaplar ekanligini yaxshi biladi. Lekin BI metodi bu gaplarni farqlashning formal olchovlarini ber- maydi. Agar formal olchov sifatida so‘z tartibini oladigan bolsak, birinchi va uchinchi gaplarni bir guruhga kiritishi- miz kerak boladi. Agar ohang asosida chegaralaydigan b o l sak, ikkinchi gapdagi so‘roq ohangi uchinchi gapda bosh- qacha. Shunday qilib, yuqoridagi metod bilan zidlanuvchi darak va so‘roq gaplar asosida yotgan invariantni belgilash qiyin. Yoki rus tilidagi quyidagi gaplar tashqi strukturasiga ko‘ra bir paradigmani tashkil etadi. Ularning hammasi qaratqich-qaralmish munosabatini ifodalaydi. 1. Пение птиц. 2. Изучение языка. 3. Приглашение писателя. Dastlabki ikki sintaktik qurilma mazmunan o‘zaro zid munosabatni ifodalaydi. Birinchi qurilmada qaratqich (родителный) kelishikdagi qush (птица) so‘zi kuylash (пение) harakatining bajaruvchisi sanalsa, ikkinchi quril mada xuddi shu kelishikdagi языка Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling