Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari
Download 38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar: 1. Bilish deganda nimani tushunasiz 2. Bilishni dinamik jarayon deganda nimani tushunasiz
- 5. Forobiyning bilish haqidagi qarashlarini izohlab bering. 6. Kant «narsa o‘zida» deganda nimani nazarda tutadi 7. Gegel tilning funksiyasiga qanday yondashadi
- Empirik bilish bilan nazariy bilish o‘rtasida qanday m u nosabat mavjud Adabiyotlar 1. Билиш фалсаф аси.- Тошкент: Университет, 2005. Б .64.
- 4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йуналишлари. - Тошкент: Таълим, 2009. 5. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси.
- - Тошкент: Фан, 2008. 6. Философский энциклопедический словарь. - М., 1994. 3 -M A V Z U : F A N V A IL M IY B IL IM Reja
- Tayanch so‘z va iboralar
- 1 Кант И. Критика чистого разума. - М.: Мысль, 1994. С. 591; Шерму^амедова Н. Фалсафа ва фан методологиями. -Тош кент: Университет, 2005.- Б. 37
- 2 Узбек тилининг изох^и лугати. - Тошкент, 2008. 4-жилд. Б.324.
- 1 Философский энциклопедический словарь. - М., 1994. С. 284; Шермух;амедова Н. Курсатилган асар. Б. 37.
- Savol va topshiriqlar: 1. Ilmiy bilim amaliy bilimdan qanday belgisi bilan farq qiladi 2. Fan nima 3. Fan turlarini sanab bering.
- 6. Fanlar sistemasida lingvistikaning o‘rni qanday Adabiyotlar
- 3. Шерму^амедова Н. Фалсафа ва фан методологияси. - Тошкент: Университет, 2005. 4. Ясперс К. Смысл и назначение истории. - М., 1993.
- 5. Философский энциклопедический словарь.-М ., 1994. 4 -M A V Z U : I L M I Y T A D Q IQ O T M E T O D O L O G I Y A S I V A M E T O D L A R I Reja
- Metodika
- 1 Кахановский В.П. Философия и методология науки. - М., 1999. С. 167. 2 Кахановский В.П. Курсатилган асар. Б. 167.
- Тошкент, 2005. Б. 211.
Tushuncha - hodisalarning ongda aks etgan eng mu him umumiy qonuniy aloqalari, muhim tomonlari va belgi- larini aks ettiruvchi tafakkur shakli sanaladi. Masalan, odamni boshqa jonzotlardan farqlab turadigan xususiyat mehnat qurolini yasashdir. Shuning uchun ham ana shu xususiyat odam tushunchasini hosil qilishga asos boladi. Yoki daraxt tushunchasi zamirida tanadan shoxlanish belgi- si yotadi va shu belgisi bilan unga yaqin bolgan tur - buta- ga zidlanadi. Tushunchalar so‘zlar orqali ifodalanadi. Shuning uchun ham so‘z ifodalovchi va ifodalanmish birligidan tashkil top- gan belgi sanaladi va bu belgining ifodalanmish tomoni tushuncha yoki konsept sanaladi. So‘z obyektiv olam uzv- lari bilan, ya’ni denotat bilan konsept orqali boglanadi. Hukm - borliqdagi narsa, hodisa, jarayonlarni, ularning xususiyati, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi ta fakkur shakli bolib, u gaplar orqali o‘z ifodasini topadi. Tushuncha va hukm lar xu losa uchun o ‘ziga xos «g‘isht»lar bolib xizmat qiladi. Xulosa - oldingi qolga kiritilgan bilimdan yangi bilim hosil qilish vositasi boluvchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy tayanch nuqtasi sillogizmdir. Masalan, Har qanday meva inson uchun foydali gapidan anglashilgan hukm ol- dindan malum. Endi Olma - meva degan hukmni oldingi hukmga qiyoslash asosida uchinchi hukm kelib chiqadi: Olma inson uchun foydali. Ana shu qiyoslash asosida chiqarilgan hukm xulosa boladi. Shuni talcidlash kerakki, ratsional bilish hissiy bilish bilangina emas, balki hissiy bolmagan bilim bilan ham munosabatda boladi. Bunday bilish shakllariga tasaw ur qilish, fantaziya, intuitsiyalar kiradi. Yuqoridagi shakllar ichida ilmiy bilishda intuitsiya alohida rol o^naydi. Muayyan mantiqiy hukmlarsiz, tayyorgarliksiz birdani- ga, kutilmaganda ilmiy haqiqatga erishish intuitsiya sa naladi. Intuitsiya tadqiqotchining chuqur mushohadasi asosi da tayyorgarliksiz haqiqatga erishishdir. Intuitiv xulosalar tilshunoslikda ham tez-tez ko‘zga tashlanadi. Masalan, F.de Sossyurning Hind-Ovrupo tillaridagi ilk unlilar tizimi ha qidagi fikri uning intuitsiyasi natijasi edi. Yoki Ayyub G ‘ulomning kesimning gap strukturasidagi o‘rni haqidagi fikri ham ana shu intuitsiyaga boglanadi. Nazariy (ilmiy) bilish bilishning oliy shakli sifatida muay yan qismlar munosabatidan tashkil topgan sistema sanaladi. Demak, u muayyan ichki strukturaga ega. Uning muhim struktur komponentlari sifatida muammo, taxmin (gipoteza) va nazariy alarm ajratish mumkin. Bu komponentlar na zariy bosqichdagi bilimning tayanch nuqtalari sanaladi. Muammo - nazariy bilish shakllaridan biri bolib, hali o ‘rganilmagan, lekin o‘rganilishi lozim bolgan masalani o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, u bilmagan narsamizni anglash, tadqiqot oldiga ana shu masalani bilishni qo'yish sanaladi. Oldingi bilimlarimizga tayangan holda, hali yechil- magan masalani anglash, tadqiqot oldiga to‘g‘ri va zarur muammoni qo*ya bilish ilmiy bilishning muhim bosqichidir. Muammo - qotib qolgan bilish emas, balki dinamik jara- yondir. U bilish jarayonining ikki nuqtasini - masalaning qo^ilishi va hal etilishini о‘z ichiga oladi. Faraz - faktlar asosida kelib chiqqan taxminni o‘z ichiga oluvchi ilmiy bilish shakli bolib, isbot qilishga ehtiyoj seza- di. Faraziy (gipotetik) bilim nisbiy xarakterga ega bolib, tek- shirish, asoslashni talab qiladi. Farazlarni isbotlash jaray onida, ayrimlari haqiqiy nazariyaga aylanadi, boshqalari aniqlanadi, konkretlashtiriladi, yana boshqalari hayotda tasdiqlanmay, ilmiy muomaladan tushib qoladi. D.I. Mendeleyevning davriy jadvali, Ch. Darvinning turlarning kelib chiqishi nazariyalari ana shunday faraz bosqichini bosib o‘tdi. Plank tomonidan olg‘a surilgan kvant farazi ham hayot tasdigldan o‘tgandan so‘ng, nazariyaga aylandi. Bunday farazlar ijtimoiy fanlarda ham muhim ahamiyat- ga ega. Qadimgi turk-runiy yozuvlari ham Tomson to monidan olg‘a surilgan faraz asosida ilmiy haqiqatga ay landi. Shuningdek, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bobo til shakllari haqidagi fikrlari, Skaliger va Jonslarning hind tilining Ovrupo tillari oilasiga mansubligi haqidagi farazlari ham keyinchalik o‘z isbotini topdi. Nazariya - borliqning m alum qismlari o‘rtasidagi mu him va qonuniy aloqalari haqida yaxlit tasawur beruvchi ilmiy bilimning yuqoriroq shaklidir. Nyutonning klassik mexanikasi, Ch. Darvinning evolutsion nazariyasi, A. Eyn- shteynning nisbiylik nazariyasi, bir butun sistemaning o‘z- o'zidan tashkil topishi nazariyasi - sinergetik nazariya na zariy bilish shakliga yorqin misoldir. K. Popper talddlaganidek, har qanday nazariy sistema ikki asosiy talabni qondirishi lozim: 1) ziddiyatsizlik (ya’ni mantiqning mavjud qonunlarini buzmaslik); 2) tajribaviy eksperimental tekshiruvchanlik. Savol va topshiriqlar: 1. Bilish deganda nimani tushunasiz? 2. Bilishni dinamik jarayon deganda nimani tushunasiz? 3. Empirik bilish shakli nima va u qanday elementlardan tash kil topadi? 4. Hissiy va idrokiy bilish nima? 5. Forobiyning bilish haqidagi qarashlarini izohlab bering. 6. Kant «narsa o‘zida» deganda nimani nazarda tutadi? 7. Gegel tilning funksiyasiga qanday yondashadi? 8.Ilmiy (ratsional, nazariy) bilim nima va u qanday struktur komponentlardan tashkil topadi? 9. Empirik bilish bilan nazariy bilish o‘rtasida qanday m u nosabat mavjud? Adabiyotlar 1. Билиш фалсаф аси.- Тошкент: Университет, 2005. Б .64. 2. Скирбекк Г., Гилье Н. Фалсафа тарихи. - Тошкент: Шарк;, 2002 . 3. Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарихи - Тошкент: Узбекистон, 2002. 4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йуналишлари. - Тошкент: Таълим, 2009. 5. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. - Тошкент: Фан, 2008. 6. Философский энциклопедический словарь. - М., 1994. 3 -M A V Z U : F A N V A IL M IY B IL IM Reja: 1. Ilmiy bilim - fan asosi. 2. Fan nima? 3.Fanning va lingvistika fanining tarixiy taraqqiyoti: klassik lingvistika fanining paydo bolishi va rivojlanishi. Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy bilim, fan, fanlar tasnifi, iyerarxik bo‘linishi, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-guma- nitar fanlar. Ilmiy bilim tizimliligi bilan amaliy bilimdan farq qiladi. Ilmiy bilim haqida fikr yuritgan barcha olimlar uning mu him belgisi sifatida tizimlilikni e’tirof etadilar. Xususan, Immanuel Kant fikricha, fan va ilmiy bilimning muhim belgi si tizimlilikdir. Ilmiy bilim sof aql arxitektonikasiga muvofiq, majburiy tizimni tashkil qiluvchi bilimdir1 . Bizni qurshab turgan tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarimiz tizimi fanni tashkil qiladi. Demak, ilmiy bilim va fan tushunchalari o‘zaro dialektik bogliqdir. Fan ilmiy bilimga asoslanadi. Ilmiy bilim fan uchun asos bolib xiz- mat qiladi. Xususan, har bir jamiyatning aloqa vositasi bolib xiz- mat qiluvchi tili bor. Tilsiz jamiyatning bolishi mumkin emas. Tabiatan ijtimoiy mohiyatga ega bolgan tilning qan day paydo bolganligi, uning ichki tuzilishi, rivojlanish qo- nunlari haqida qadimdan xilma-xil fikrlar bayon qilib keli- nadi. Lekin XIX asrgacha til haqidagi bilimlarimiz amaliy xarakter kasb etib, tizimlilik belgisiga ega emas edi. XIX asrdan boshlab, tilning barcha sath birliklari qiyosiy-tarixiy planda muayyan ilmiy metodga - qiyosiy-tarixiy metodga asoslangan holda о Vganila boshladi. Shu davrdan boshlab, tom ma’nodagi tilshunoslik fani maydonga keldi. Ko‘rinadiki, fanlar ilmiy bilimlar mahsulidir. Fan haqida fikr yuritar ekanmiz, eng awalo, fanning o‘zi nima, uning muhim belgilari nima ekanligini aniqlab olish zaruriyati tuglladi. «Fan» atamasi barcha uchun tushunarli bolsa-da, lekin uning maqomi, mohiyatini har kim ham tushuntirib bera olmaydi. «Fan» atamasi « 0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qu- yidagicha izohlangan: «Fan: 1.Tabiat va jamiyatning taraq- qiyot qonunlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan nati- jalar bilan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi. 2 .S h u n d a y b ilim la r tiz im in in g a lo h id a ta r m o g ‘i, yo‘nalishlari, sohalari. Aniq fanlar. Tabiiy fanlar. Fizika fani. Tilshunoslik fani»2. Ilmiy bilimlar tizimi sifatidagi fanga ayrim olimlar «tartib- ga solingan bilim» (Berg) deb ta’rif bersa, boshqa olimlar 1 Кант И. Критика чистого разума. - М.: Мысль, 1994. С. 591; Шерму^амедова Н. Фалсафа ва фан методологиями. -Тош кент: Университет, 2005.- Б. 37 2 Узбек тилининг изох^и лугати. - Тошкент, 2008. 4-жилд. Б.324. «reallik haqidagi obyektiv bilimlarni tayyorlash va nazariy tizimlashtirish funksiyasi xos bolgan inson faoliyati soha- si» deb izohlaydilar. «Falsafa qomusiy lug‘ati»da (М., 1994) esa unga qu- yidagicha ta’rif beriladi: «Fan (yunoncha epesteme, lotin- cha seientie) - reallik haqidagi obyektiv bilimlarni yaratish va nazariy sxemalashtirish funksiyasiga ega bolgan inson faoliyatining sohasidir»1. «Fan» atamasi, umuman, ilmiy bilimlar tizimi (umuman fan) ma’nosida qollanilishi bilan birga, xususiy bilimlar ti zimi (xususiy fan) ma’nosida ham qollaniladi. Har qanday xususiy fan umumiy fanga qo^ilgan talablarga javob bera di. Ayni paytda, har bir xususiy fanning rivojlanishi in soniyat umumiy ilmiy tafakkurining kamolotiga munosib hissa bolib qo‘shiladi. Fan bir qancha xususiy fanlarni o‘z ichiga olgan siste- madir. Shunday ekan, u umumiy ma’noda bir qancha fan- larning o‘zaro uzviy munosabatidan tashkil topgan butun- likdan iborat. Ko‘rinadiki, fan ham sistema sifatida ichki iyerarxik bolinish xususiyatiga ega. Fan ana shunday ichki iyerar xik tuzilish tabiati asosida turlicha tasnif qilinadi. Fanlarni ilk bor tasnif qilgan Forobiy ularning genetik belgisiga asoslangan b olsa, keyinchalik fanlar tasnifi uchun iyerarxik belgi, ya’ni «jinsdan turga» tamoyili asos qilib olindi. Bunga ko‘ra, fan eng aw alo uch turga: 1) aniq fanlar (matematika); 2) tabiiy fanlar; 3) ijtimoiy-gumanitar fanlar- ga bolinadi. Bu uch guruhga mansub fanlarning har qay- sisi o‘z ichida yana kichik guruhlarga, bu kichik guruhlar keyingi navbatda yana kichikroq guruhga - to fan turiga parchalanish tugaguncha davom etaveradi. Ana shunday fanlar sistemasida lingvistika alohida o‘rin egallaydi. U, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlar tarki- biga uning bolagi sifatida kirsa, ikkinchi tomondan, o‘z ichi da umumiy va xususiy tilshunoslik fanlariga bolinadi. Xususiy tilshunoslik o‘zi fonetika, morfemika, leksikologiya, 1 Философский энциклопедический словарь. - М., 1994. С. 284; Шермух;амедова Н. Курсатилган асар. Б. 37. derivatologiya, grammatika, stilistika, dialektologiya singari bolim lam i o‘z ichiga oladi va bu bolimlarning har biri ham o‘rni bilan «fan» atamasi orqali ifodalanadi. Demak, «fan» atamasi, umumiylik-xususiylik dialektika- sini namoyon qilgan holda, umumiy va xususiy fanlar ma’nosida qollaniladi. Fanning o‘ziga xos muhim belgilari nimada ekanligini aniqlash ham ko‘pdan beri olimlarni qiziqtirib keladi. I. Kant fanning muhim belgisi sifatida «tizimlilik» belgisi- ni, Artur Shopengauer «umumiylik» va «asoslanganlik» belgilarini ajratadi. Karl Yaspers esa bu belgilarga «bilish metodlari» belgisini ham qo‘shadi. Natijada, u fanning uchta muhim belgisi: «bilish metodlariga tayanganlik», «asoslan ganlik» va «umumiy ahamiyatlilik»1 belgilari mavjudligini talddlaydi. Darhaqiqat, o‘rganilayotgan obyekt haqida chin bilimga ega bolish uchun unga qanday metod bilan yondashish katta ahamiyatga ega. Talddlash o’rinliki, har qanday ilmiy bilim, ilmiy haqiqat muayyan ilmiy tadqiqot metodini qollash natijasida qolga kiritiladi. Shuning uchun ham har bir ilmiy tadqiqot mak- tablarining o‘zlariga xos tekshirish metodlari mavjud boladi. Masalan, lingvistikada qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, yosh grammatikachilar maktabi, struktur tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik singari yo‘nalishlarning o‘zlariga xos tadqiqot metodlari mavjud. Metodga alohida urgla bergan K. Yaspers: «Men ilmiy bilimga faqat metodni anglaganimdagina ega bolaman, uning vositasida bu bilimni egallayman», - deydi. Bu esa ilmiy tadqiqotning qanday natijaga erishishida tanlangan metodning qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. Fanning ikkinchi muhim belgisi uning asoslanganligidir. 0 ‘rganilayotgan obyekt haqida muayyan metodga tayanib tadqiqot olib boriladi va m alum xulosa bilan yakunlanadi. Ana shu xulosaning «asoslanganlik» belgisi uning chinligi yoki yolg'onligini belgilovchi tayanch nuqta hisoblanadi. Bi- limning chinligiga erishish fanning bosh maqsadi sanaladi. 1 Ясперс К. Смысл и назначение истории. - М., 1993. С.95. Шермух;амедова Н. Курсатилган асар. Б. 39. Asoslanganlik tabiiy fanlarda tekshirilayotgan obyekt haqida chiqarilgan yangi xulosaning nechogliq to‘g‘riligi YaMR asbobi tasdigldan o‘tganidan so‘nggina aniqlanadi va bu xulosa ilmiy haqiqatga aylanadi. Ana shunday asos langanlik tilshunoslik uchun ham xosdir. Masalan, «bu- tunlikning umumiy belgisi uning tarkibidagi elementlar xususiy belgilarining yiglndisi emas», degan g'oyani til bir- liklariga nisbatan qollaydigan bolsak, frazeologizmlar ma’nosi bilan uning qismlari o‘rtasidagi munosabatni, gap ning umumiy belgisi bilan uning tarkibiy qismlari belgisi o‘rtasidagi va boshqa butun va bolak munosabatida bolgan birliklar o ‘rtasidagi m unosabatlarda sinab k o ‘rish va umumiy tasdiglni topgandagina ilmiy haqiqatligini e’tirof etish mumkin boladi. Fanning uchinchi belgisi «umumiylik» yoki «umum- ahamiyatlilik»dir. Darhaqiqat, o‘rganilayotgan obyekt ha qida chiqarilgan yangi xulosa chin yoki yolg'on bolishi mumkin. Shuning uchun uning ilmiy haqiqatligini asos- lash muhim ahamiyatga ega. Ilmiy asoslangan bilim esa ijtimoiylik kasb etadi. Ilmiy jamoatchilik e’tirof etgan bilim «umumiylik», «umumahamiyatlilik» belgisiga ega boladi. Ko‘rinadiki, fanning yuqoridagi uchta muhim belgisi bir- biri bilan uzviy b o g liq ravishda tobelik munosabatida boladi. Asoslanganlik belgisi muayyan metodga tayangan- lik belgisini taqozo etadi, unga bogliq ravishda kelib chiqa- di. Umumiylik belgisi esa asoslanganlik belgisi natijasi si fatida maydonga keladi. Fanning atamalar tizimiga ega bolishlik, ziddiyatsizlik singari boshqa belgilari ham mavjud. Lekin bu belgilar che- gara, qo‘shimcha belgilar sanaladi. Savol va topshiriqlar: 1. Ilmiy bilim amaliy bilimdan qanday belgisi bilan farq qiladi? 2. Fan nima? 3. Fan turlarini sanab bering. 4. Fanning qanday muhim belgilari mavjud? 5. Fanlar sistemasi va ularning tasnifi deganda nimani tu- shunasiz? 6. Fanlar sistemasida lingvistikaning o‘rni qanday? Adabiyotlar 1. Абу Hacp Форобий. Фозил одамлар шах;ри. - Тошкент: Халк; мероси, 1993. 2. Кант И. Критика чистого разума. - М.: Мысль, 1994. 3. Шерму^амедова Н. Фалсафа ва фан методологияси. - Тошкент: Университет, 2005. 4. Ясперс К. Смысл и назначение истории. - М., 1993. 5. Философский энциклопедический словарь.-М ., 1994. 4 -M A V Z U : I L M I Y T A D Q IQ O T M E T O D O L O G I Y A S I V A M E T O D L A R I Reja: 1. Metodologiya haqida. 2. Metod haqida. 3. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Tayanch so‘z va iboralar: metod, metodologiya, ilmiy tadqiqot metodologiyasi, bilish usuli, induksiya, gnoseologiya, fa n n in g um um iy m e to d o lo g iy a s i, d ia le k tik metod, fenomenologiya metodi, germenevtik, sinergetik, metafizik metodlar, fluktuatsiya, bifurkatsiya. Har qanday tadqiqotchi muayyan mavzuda ilmiy izla- nish olib borar ekan, eng awalo, malum metodologiyaga tayanadi va o‘z maqsadini amalga oshirish uchun q o l ke- ladigan ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bolmaydi. Shunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodi tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham har bir tadqiqotchi tadqiqot metodologiyasi va metodlari haqida yaxshi bilimga va ular- dan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasiga ega bolm ogl lozim. Inson doimo m alum maqsad sari harakat qiladi. Uning bu harakati natijasi harakat qiluvchi subyekt va harakat yo‘nalgan obyektning qanday bolishidan tashqari, mazkur faoliyatda qanday usullar qollanilishi bilan uzviy bogliqdir. Bu esa bilish jarayoni muayyan metodologiya va metodga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi. Metod (yun. methodos - bilish usuli) - subyektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi1. Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, san’at va boshq.) qollanila- digan vosita va usullar sistemasi; metodning umumiy naza- riyasi, metodlar sistemasi haqidagi talim ot metodologiya sanaladi2. Mashhur tilshunos Yu.S.Stepanovning talddlashicha, metod muammosi uchta markaziy tushunchani o‘z ichiga oladi: metodika - metod - metodologiya. Bu tushunchalar quyidagicha izohlanadi: Metodika - kuzatish va eksperiment usullari majmuasi. Metod - tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuza- tilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari. Metodologiya - bilish jarayoniga dunyoqarash tamoyil- larini qollash3. Metodologiya, umuman, ilmiy metod haqidagi talim ot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi talim ot, ya’ni bilish faoliyati yollari haqidagi talim ot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega4. KoVinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o ‘zaro uzviy bogliqdir. Xususiy fan metodlari va umumiy ilmiy me tod bir-biri bilan o‘zaro munosabatdadir. Bilish usullari umumiy va xususiy boladi. Shuning uchun u falsafiy metod, ya’ni, umuman, bilish usuli ha qidagi metod va umumilmiy metodlarga bolinadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqlik sifatida tushunilsa, ikkin chi holatda esa metodologiya u yoki bu fan tarmoglga xos tadqiqot metodlari haqidagi talim ot sifatida tushuniladi. Fan metodologiyasi bilishning falsafiy metodining muay yan fan doirasida o‘rganilayotgan obyekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qollanilishidir. 1 Кахановский В.П. Философия и методология науки. - М., 1999. С. 167. 2 Кахановский В.П. Курсатилган асар. Б. 167. 3 Степанов Ю .С . Методы и прин ципы соврем енной лингвистики. - М., 1975. С. 3. 4 Шерму^амедова Н. Фалсафа ва фан методологияси. - Тошкент, 2005. Б. 211. Falsafiy metod, ya’ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafak- kum ing umumiy qonuniyatlari haqidagi talim ot sanaladi. U m um m etodologik tam oyillar turli fanlar bergan malumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Ilmiy bilishda metod va metodologiyaning ahamiyati juda katta. F.Bekon metodni zulmatda yolni yoritib turuvchi mash’a- laga qiyoslaydi. Muayyan muammoni adashgan (yolg'on) yol bilan ijobiy hal qilib bolm asligini ta’kidlaydi. Shuning uchun har qanday tadqiqotchi bilish quroli bolgan va in- songa tabiat ustidan hukmronlik qilishni ta’minlaydigan tadqiqot metodiga ega bolishi kerak. F.Bekon ana shun day metod sifatida induksiyani tanlaydi. Bu metod fandan empirik tahlilga, kuzatish va eksperimentga tayanishni, shu asosda sababiyat va qonunlarni anglashni talab qiladi. Mashhur rus fiziolog olimi I.P.Pavlov metodning bilish jarayonida eng birinchi va asosiy narsa ekanligini ko‘rsatadi. Uning talddlashicha, tadqiqotchining jiddiyligi o‘zi tayan- gan metodga, faoliyat usuliga bogliq. Hamma gap yaxshi metoddadir. Katta qobiliyatga ega bolmagan odam ham yax shi metod asosida ko‘p narsaga erishishi mumkin. Aksin- cha, yomon metod bilan iste’dodli olim ham bekorga kuch sarflashi, hech qanday natijaga erishmasligi mumkin1. Shuni talddlash kerakki, har bir metod - muhim va zarur narsa. Lekin undan o‘z o'rnida va maqsadli foydalanganda- gina o‘z samarasini beradi. Shuning uchun V.P.Kaxanovskiy tadqiqotchini ikki chegara holatga tushib qolish xavfidan saqlanishga chaqiradi. Bu chegara qutblarning birinchisi metodologik negativlik, ikkinchisi metodologik eyforiya sana ladi. Metodologik negativizm metod va metodologiya muam- molariga mensimay qaraydi. Uni haqiqiy ilmiy tadqiqotdan chalgltuvchi nomuhim vosita deb baholaydi. Metodologik eyforiya esa metodning rolini o‘ta oshirib yuboradi. Uni o‘rganilayotgan obyektdan ko‘ra ustunroq ko'radi va metodni universal o^inga aylantiradi2. Garchi, ilmiy tadqiqotda metod va metodologiya juda katta ahamiyat- ga ega bolsa ham, ulardan o‘rinli foydalanilsagina kutilgan Download 38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling