Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti 70230101 – Lingvistika (oʻzbek tili) mutaxassisligi magistranti Bakirov Qudratilloning ilmiy tadqiqotchilik, ilmiy-pedagogik faoliyati hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda 2022-2023-o‘quv yili yanvar oyi uchun
HISOBOTI
I. Oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar:
1. Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy rahbarimdan maslahatlar oldim. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan taqdimot tayyorlab, himoya qildik.
2. Dars yuzasidan berilgan topshiriqlarni oz vaqtida topshirishga harakat qildik. Fanlar yuzasidan tayyorlagan referat va taqdimotlarimizni himoya qilib berdik.
3. Universitetimiz tomonidan turli ilmiy seminarlar tashkil etildi va xalqaro doiradagi xorijlik mutaxassislarning bir qator maʻruza mashgʻulotlarida ishtirok etdik. Maʻruzalarni muntazam tingladim. Amaliy mashgʻulotlarda berilgan vazifalarni oʻz vaqtida topshirdim.
4. Yakuniy nazoratlarni topshirdik.
II. Ilmiy tadqiqot ishlari:
1.Magistrlik dissertatsiyasining rejalarini yoritishda ilmiy rahbarimdan maslahatlar oldim. Ilmiy tadqiqotimning metodologik asoslari boʻyicha kafedra oʻqituvchilaridan maslahat olib, tegishli yoʻnalishlarni belgilab oldim.
2.Magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan turli jurnallarda e’lon qilingan maqolalar bilan tanishdim.
3.Magistrlik dissertatsiya mavzusi yuzasidan chet el olimlarining tadqiqot materiallari, monografiya va maqolalari bilan ilmiy rahbarim koʻrsatmalariga asosan foydalanmoqdaman.
4.Ilmiy va pedagogik faoliyatim yuzasidan hisobot tayyorlab, magistratura boʻlimi va “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasiga kerakli hujjatlarni taqdim etdim.
III. Ilmiy pedagogik ishlar:
1. Talabalarga ilmiy tadqiqot va uning xususiyatlari haqida ma’lumot berdim. Ilmiy maqolaga qo‘yiladigan talablar haqida taqdimot tayyorlab, talabalarga havola qildim. Talabalar tomonidan yozilgan maqolalardan namunalar ko‘rdik va tahlil qildik.
2. Ilmiy pedagogik faoliyat va amaliyot davomida qilingan ishlar yuzasidan yakuniy xulosalarni chiqarib, hisobotlar tayyorlashga kirishdim.
Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyat bo‘yicha qilinadigan ishlar tayinlangan ilmiy rahbarimdan maslahatlar oldim. Amaliyotga bog‘liq me’yoriy hujjatlar (Davlat ta’lim standartlari, na’munaviy o‘quv dasturlar, o‘quv rejalar, ishchi o‘quv rejalar) uchun tegishli ko‘rsatmalar asosida to‘ldirib borilmoqda.
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda kafedra tomonidan tayinlangan ilmiy rahbarimdan dissertatsiyam adabiyotlari, mavzu dolzarbligini ko‘tarishda qanday ishlar qilinishi bo‘yicha maslahatlar oldim. Adabiyotlar bilan tanishdim va qator ma’lumotlar to‘pladim.
Dissertatsiyam uchun kerakli bo‘lgan adabiyotlar, qilingan ishlarni ko‘rib chiqmoqdaman.
Har bir ishni ilmiy rahbarim va ilmiy maslahatchim bilan kelishib, birgalikda qilmoqdamiz.
Ilmiy rahbar:
|
f.f.d., professor Z.Xolmanova
|
|
|
Magistrant:
|
Q. Bakirov
|
Do'stlaringiz bilan baham: |