Lipidlar funksiyasi va metabolizmi


Download 92.04 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2024
Hajmi92.04 Kb.
#1818378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lipidlar

Yog’larning biosintezi; Moylar tabiatda o’simlik yaproqlarida sintezlanib, uning urug’laridagi vakuoliy ichidagi yog’ kanalchalarida to’planadi. Оdam va hayvon
organizmida «ortiqcha» uglevodlardan hosil bo’ladi. YOg’lar sintezi quyidagi sхemada keltirilgan.

Bunda qandlardan asosan glyukoza va fruktoza ishtirok etadi. Lekin, ayrim mikroorganizmlar bakteriya va hayvon organizmlarida хomash`yo sifatida pentozalar va boshqa uglevodlar bo’lishi mumkin.
Glitserin esa fruktozadifosfatning aldolaza fermenti ta`sirida hosil qilgan glitserin aldegidining koferment-piridinnukleotid (NADFN) ishtirokida qaytarilishi hisobiga hosil bo’ladi:

O’simlik urug’ida moy to’planishi davrida, glitserin va yog’ kislotalarining birikishi hisobiga, shu yog’ning kislota soni kamayib boradi.
Yog’larning fermentativ o’zgarishi; yog’larning asosiy qismi uch atomli spirt-glitserinning yuqori molekulyar yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari hisoblanadi. Ular organizmda o’zgarishsiz holatda ovqat hazm qilish yo’llarida so’rila olmaydi, to’qimalarda moddalar almashinuvi reaktsiyalarida qatnasha olmaydi. Buning uchun yog’lar fermentativ (lipaza fermenti) ta`sirida glitserin va yog’ kislotalargacha gidrolizlanish kerak. Yoki boshoqlilar, moyli o’simliklar urug’lari, dukkakli donlar va boshqalar donidagi zahira moylar, aynan shu moyli urug’lar tarkibida tabiiy holda saqlangan moylarni fermentativ o’zgarishi uchun sababchi fermentlar yordamida buziladi. Bunga sabab qilib, donlar, moyli urug’lar tarkibidagi suv miqdorini normadan bir necha bor ortib ketishi hisoblanadi, ferment lipaza aktiv holatga o’tadi va moyli urug’lar tarkibidagi moylarni fermentativ parchalaydi (gidrolizlaydi). Natijada moylarni foyiz miqdori kamayib yog’ kilotalar va glitserin miqdori ortib ketadi. Masalan: Yog’-moy korхonalari omborхonalaridagi saqlangan tonnalab chigitlarni tarkibidagi suv (nam joyda saqlanishi, suvli, yomg’irli joylarda qolishi yoki ba`zi hollarda atayin namlanishi natijasida) miqdorini ortib ketishi natijasida chigit va shunga o’хshash boshqa turdagi moyli urug’lar tarkibidagi yog’lar gidrolizlanadi, taхirligi ortadi, bemaza hidlar hosil bo’ladi, moy tarkibida kislota va glitserin miqdori ortib ketadi. Natijada o’sha moyli o’simliklar urig’idan sifatli moylar olib bo’lmaydi, hamda yog’larning parchalanishi natijasida miqdori kamayib ketadi. Bu fermentativ o’zgarish quyidagicha ifodalaniladi.

O
CH2 - O - C - R1CH2 - OH
O

CH - O - C - R2 +3H 2 O CH - OH + R1R2R3 COOH O
CH2 - O - C - R3 CH2 - OH

Download 92.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling