Liqni saqlash vazirligi andijon davlat tibbiyot instituti


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 21.38 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1432483
1   2
Bog'liq
Isoqov A.A. Anotatsiya

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Metformin birinchi marta 1922-yilda Angliyada Emil Varner va Jeyms Ber tomonidan ixtiro qilingan. Keyinchalik 1929-yilda bu preparatning gipoglikemik xususiyati aniqlangan. 1958-yildan boshlab esa bu preparat glyukofaj nomi bilan Buyuk Britaniyada sotuvga chiqdi. Glyukofaj fransuzchadan olingan bo’lib “glyukozani yeyuvchi” degan ma’noni anglatadi. Bu preparatning o’ziga xos xuxusiyati shundaki organizmda insulin sekretsiyasiga ta’sir qilmaydi, shu xususiyati sababli gipoglikemik xolatga tushurib qo’ymaydi.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda metforminning kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil usullarida aniqlash uslublari haqidagi ma’lumotlar tarqoq bo‘lib, ular bir tizimga keltirilmagan. metforminni chinligini va miqdorini aniqlash bo‘yicha DVTM, kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik tahlillar uchun yaroqli tekshirish uslublari etarli darajada ishlab chiqilmagan. SHu sababli metformin dori vositasini DVTM tadqiqotlar talabini qondiradigan sezgir, tezkor va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqilgan tahlil usullarini biologik suyuqliklar tarkibidan ajratib olingan metformin dori vositasi aniqlash uchun tadbiq etish va ular asosida Endikrinologiya shifoxonalari shifokorlari uchun zarur bo‘lgan umumlashtirilgan uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, muammolarning echimini topishga yordam beradi.
Ishning maqsadi. Metformin saqlovchi dori vositalarining terapevtik monitoring uchun zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil uslublarini ishlab chiqish.
Tadqiqot ob’yekti va predmeti. Tadqiqit obyekti ob’ekt sifatida antidiabetik preparat metformin, tekshiriluvchi predmet sifatida esa biologik suyuqliklar (qon, peshob) ishlatildi.
Tadqiqot vazifalari. Ilmiy ish rejasi bo‘yicha mo‘ljallangan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal qilmoqlik muhim deb hisoblandi:

  • metforminni biologik suyuqliklardan ajratib olishning mo‘‘tadil sharoitlarini yaratish natijalari;

  • kimyo-toksikologik taxlillarni olib borishda metformin chinligini aniqlash usullarini yaratish natijalari;

  • kimyoviy rangli reaksiyalar hamda yupqa qatlam xromatografiyasining skrining usulida tahlilning mo‘‘tadil sharoitlarini ishlab chiqish;

  • Spektrofotometriya usulida tahlil sharoitlarini ishlab chiqish;

  • termodesorbsionsirt ionlashuv spektroskopiya usulida sifat va miqdor tahlilini ishlab chiqish;

  • biologik suyuqliklardagi kam mikdorini aniqlash usulini yaratish yoki mavjud usullardan birini tanlab olish;

Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Metformin saqlovchi preparatlarni terapevtik monitoring uchun zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalaniladi.
Tadqiqotdan kutilayotgan natija. Bunda peroral qabul qilingan preparatning biosamaradorligi o’rganiladi. Eng samarali usul O’zbekiston qandli diabet davolash dispanserlarida tadbiq etilib, terapevtik monitoring tahlil usullari nomenklaturasini kengayishiga xizmat qiladi.

Ilmiy rahbar: Jalilov F. S.


Magistratura talabasi: Isaqov A.A.
Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling