Lirik chekinish


Download 121.34 Kb.
bet15/15
Sana09.05.2023
Hajmi121.34 Kb.
#1448673
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Nazm darslari. Bunday darslar o‘quvchilarda she’riy asarlarni tushunish, ularni ifodali o‘qiy bilish ko‘nikmalarini shakllantirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi. Nazm darslarida ham o‘quvchilar she’riy asarlar tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. She’riyatning sir-sinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor o‘quvchilar o‘zlarining ish namunalaridan o‘qib berishadi. Muhimi shundaki, ushbu dars shakllarining barchasi zamirida asarlarning didaktik tahlili yotadi. O‘quvchiga o‘rganish uchun taqdim etilgan badiiy asarlar tahlilga tortilmas ekan, ular hech qanday samara bermaydi. Shu ma’noda badiiy asarlarga yondashishning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardagi muhimni nomuhimdan farqlash, matn mohiyatidagi o‘quvchining e’tibori qaratilsa uning ma’naviyatida albatta ijobiy iz qoldirishi mumkin bo‘lgan jihatlar ajratib tavsiya etilsa, o‘qituvchilar adabiy ta’lim amaliyotini tashkil etishda ularga tayansalar, maktab adabiy ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishida muayyan samaraga erishadilar.
Yod olish uchun beriladigan uy vazifalarining nomi va soni adabiyot dasturida va darsliklarda aniq ko‘rsatilgan. Pedagogika ilmida bir darsda yod olish uchun beriladigan uy vazifalari 1-sinfda to‘rtdan sakkiz qatorgacha; 2-sinfda sakkizdan o‘ntagacha; 3 – 4-sinf­larda 16 satrgacha; 5-sinfda 16 – 18; 6-sinfda 20 – 22; 7-sinfda 22 – 24; 8-sinfda 24 – 26; 9-sinfda 28 – 30 misra atrofida bo‘lishi tavsiya etilgan. Biror asarning to‘liq matni yoki asardan parcha yod olishni uy vazifasi sifatida topshirishdan avval uning mazmuni o‘quvchilar tomonidan yaxshilab tushunib olinishiga erishiladi. Asarni yod olishdan oldin u darsda sharhlab o‘rganilishi, she’r matni o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi shart
.O‘quv materiali bo‘yicha reja tuzish jarayonining o‘zi o‘quvchilarda mantiqiy mulohaza yuritishni ham tarbiyalash hisoblanadi. O‘quvchilarga reja tuzishni o‘rgatishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘nalishni taklif qilishi mumkin: a)berilgan matnni ikki marta to‘liq o‘qib chiqish; b)birinchi o‘qishda matndagi asosiy fikrni aniqlash, o‘qish jarayonida zarur raqamlar va yangi so‘zlarni belgilab qo‘yish; v)ikkinchi o‘qish jarayonida asosiy fikrlarni topish, materialni ma’noli bo‘laklarga bo‘lish va ularning har birini nomlash. Matndagi asosiy fikrlar anglashilgandan keyingina uning rejasini tuzishga kirishiladi. Bunday faoliyat boshlang‘ich sinflarning dastlabki bosqichidan ta’lim amaliyotiga singdirilishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
a) O‘qish texnikasi bo‘yicha:
Miqdoriy ko‘rsatkich: bir daqiqada 80 — 90 so‘zni o‘qiy olish.
Talablar:
— harflarni to‘g‘ri talaffuz etish;
— so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish;
— gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qish;
— gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;
— sanash va ajratish ohanglaridan to‘g‘ri foydalanish;
— so‘z urg‘ulariga rioya qilish;
— ohangga rioya qilish;
— ilmiy atama va ramzlarni to‘g‘ri talaffuz etish.
b) Matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi bo‘yicha:
Miqdoriy ko‘rsatkich: 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni o‘qib, qayta so‘zlab bera olish.
Talablar:
— og‘zaki nutqning to‘g‘ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sirchan bo‘lishi;
— monologik nutqning ravon bo‘lishi;
— dialogik nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq bo‘lishi.
v) Diktant yozish malakasi:
Miqdoriy ko‘rsatkich: 75 — 80 so‘zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
— imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik;
— ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
berilgan izohlarning aniqligi;
— lug‘atlarning to‘g‘ri va aniq berilishi.
g) Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha:
Miqdoriy ko‘rsatkich: 5-6 gapdan iborat bo‘lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
— matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;
— harf va tinish belgilarini to‘g‘ri yozish;
— husnixatda qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish;
— so‘zlar orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilash;
— tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;
— matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo‘llay olish;
— matnda xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash;
— uyadosh so‘zlardan foydalana olish.
Boshlang‘ich ta’lim yakunida o‘quvchilar kamida 20 ta kichik hajmdagi she’rni yoddan aytib bera olishlari shart.
Download 121.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling