Lirik chekinish
Download 121.34 Kb.
|
Badiiy matn tahlili namunasi:
Nazm darsi namunasi O’qituvchi uchinchi sinf o’quvchilariga bugun ―Nazm darsi‖ bo’lishini e‘lon qiladi va uning mohiyatini ochib beradi. Ma‘lumki, o’quvchilar 1-, 2-sinflarda ham, uchinchi sinfda ham shu kungacha bir qator she‘rlar bilan tanishishgan, ko’pchiligini yod olishgan. Shularni ma‘lum qilgandan keyin: ―Adabiyotda hikoyalar, ertaklar va she‘rlar bor. She‘rlar hikoya va ertaklardan nimasi bilan farq qiladi?‖ degan ritorik savolni o’rtaga tashlaydi va unga o’zi javob beradi. O’qituvchiga talabalikda o’zlashtirgani adabiyotshunoslik kursidan ma‘lumki, ―She‘r ohang jihatidan ma‘lum bir tartibga solingan, his- tuyg’u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She‘riy nutqni ohang jihatidan ma‘lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir me‘yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi‖51. O’qituvchi mana shu nazariy ma‘lumotni o’quvchilarga jo’n, tushunarli yo’sinda ma‘lum qiladi. Hamma badiiy asarlar so’zlar ko’magida yaratilishini, she‘rda shu so’zlar ma‘lum tartibga, qoidaga solinishini va belgilangan ohangda o’qilishini tushuntiradi. Shu tartibga solingan so’zlar yig’indisida ham xuddi ertak va hikoyalarga, rivoyatlarga o’xshab shoirning fikri, hayotda muhim deb bilgan qarashlari aks etishini anglatadi. She‘rning mazmunidan u nima haqida ekanini bilish mumkinligini ham aytadi. So’zni tartibga solib yozadigan odam Shoir deyilishini, hikoya, ertak 175 va rivoyatlar bituvchi esa Yozuvchi deyilishini ham eslatib o’tadi. Shundan so’ng Erkin Vohidov qalamiga mansub ―Kamtarlik haqida‖ she‘rining tartibi ustida birgalikda ishlashlarini xabar qilib, bolalarning diqqatini kitoblaridagi asar matniga qaratadi. She‘rni ifodali qilib o’qib beradi. Barcha o’quvchilarini she‘rni o’zi bilan birga ichdan ifodali o’qishlarini tayinlaydi. Hamma tayyor bo’lgan she‘r o’qishga kirishiladi: Garchi shuncha mag’rur bo’lsa ham Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak. Kamtarin bo’l, hatto bir qadam O’tma g’urur ostonasidan Piyolani inson shuning chun O’par doim peshonasidan52. So’ngra o’qituvchi mazkur she‘rdagi so’zlar tartibini buzib, uning mazmunini oddiy hikoya shaklida aytib beradi: ―Choynak shuncha mag’rur bo’lsa ham piyolaga egiladi. Shunday ekan, mag’rurlik, kibru havo nimaga kerak. Kamtarin bo’l, g’urur ostonasidan hech qachon o’tma. Inson shuning uchun har doim piyolaning peshonasidan o’padi‖. Va o’quvchilaridan quloqlariga, ruhiyatlariga qaysi matn yoqimli eshitilganini, xush tuyilganini ularga tushunarli yo’sinda so’raydi. O’quvchilar albatta she‘r yoqimli eshitilganini, she‘r eshitish ruhiyatlariga xush yoqqanini o’z so’zlari bilan, o’zlari darajasida aytib berishadi. Shundan so’ng ma‘lum qoidalarga bo’ysundirilib, tartibga solingan so’z tinglovchiga yoqishini, uning kayfiyatini ko’tarishini, tuyg’ulantirishini ma‘lum qiladi. Odam mana shu yoqimli hislarni tuyish uchun hamisha she‘r o’qiydi. She‘r eshitadi. Yoqimli bo’lgan har qanday yaratiq inson ma‘naviyati tozarishi va sog’lomlashishi garovidir. O’quvchilarga mana shu haqiqatlarni ochib berganidan so’ng o’qituvchi she‘rni yana bir marta qayta o’qib beradi. So’ngra o’quvchilarini she‘rdagi so’zlarning tartibi, uning o’qilish ohangi ustida kichkinagina, kamtargina kashfiyotga yo’naltiradi. 176 Gap shundaki, she‘rxon qancha bilimsiz bo’lmasin, tartibga solingan so’zlar tizimini oddiy jumla tarzida o’qiy olmaydi. She‘rni ko’rishi bilan ongida uni boshqacha o’qish kerakligi haqidagi uchqun ―yalt‖ etadi va o’quvchi tabiiy ravishda o’qish ohangini qidiradi. O’quvchilar ham o’qituvchisining she‘r o’qishi asnosida quloqlariga o’rnashib qolgan ohangni topadilar. She‘rning dastlabki bandini ifodali o’qiydilar. O’qituvchi tarbiyalanuvchilarining diqqatini bir xil ohangda ifodalanayotgan so’zlarni topishga yo’naltiradi. Ziyrak o’quvchilar ―choynak‖ va ―kerak‖ so’zlarini topadilar. Mabodo, hech kim topolmasa, o’qituvchi o’quvchilarni diqqat bilan tinglashga chaqirib to’rtlikni qofiyadosh so’zlarga alohida urg’u bergan holda qayta o’qib beradi. Aslo o’zi ko’rsatib bermaydi. Qofiyadosh so’zlarni topgan o’quvchini rag’batlantiradi va mana shu ohangdosh so’zlar she‘r yozish qoidalaridan biri ekanligi ta‘kidlab o’tiladi. So’ngra ikkinchi band qayta o’qib eshittiriladi. O’quvchilar bu safar qofiyadosh so’zlarni osongina topadilar: ―ostonasidan‖, ―peshonasidan‖. O’quvchilarning o’zlari uchun qilgan bu kichik kashfiyotlari ko’ngillarini ko’taradi. Shu ko’tarinki kayfiyat bilan asarning mohiyatiga kirish boshlanadi. Darslikda she‘rni o’rganishga qaratilgan: ―She‟rni ifodali o’qing. Shoir bu she‟rda nima demoqchi?‖ tarzidagi ikkitagina savol-topshiriq taqdim etilgan. Bu bilan asarning mohiyatiga kirish, undagi yetakchi qarashlarni anglash aslo mumkin emas. Shu bois o’qituvchi matn yuzasidan alohida savol va topshiriqlar tuzishga majbur bo’ladi. O’qituvchining o’quvchilariga taqdim etadigan dastlabki savollari taxminan: ―O’ylab ko’ring! Mag’rurlik nima, sizningcha? U qanday bo’ladi?‖ tarzida aks etadi. Ular o’quvchilarni anchagina aqliy zo’riqtiradi, albatta. Bolalar javob aytolmasliklari ham mumkin. Shunda o’qituvchi darhol tushuntirib berishga, savollariga o’zi javob berishga shoshilmay, choynakni stol ustiga qo’yadi va: ―Qarang! Choynakni egish yoki bukish mumkinmi? Nima uchun choynakni egib yoki buklab bo’lmaydi?‖ singari qo’shimcha savollari bilan bolalarni mantiqiy mulohaza yuritishga majbur qiladi. Bolalardan biri bo’lmasa biri choynak qattiq jismdan yaratilganini, shuning uchun uni egib yoki bukib bo’lmasligini, u hamisha tik turishini, o’z saviyasi va so’z boyligi ko’magida aytadi. Bu haqiqatni kashf etgan va javob aytgan bola juda katta rag’batga munosib ekanini o’qituvchi unutmasligi 177 kerak. Shundan so’nggina bunday sifatga ega bo’lgan yaratiqlar qanday atalishini qayta so’rash mumkin bo’ladi. Bolalar mana shu sifat mag’rurlik ekanini albatta anglaydilar va aytadilar. O’qituvchisidan rag’bat oladilar. Shu o’rinda kichkinagina chekinish qilinib, asar matni yuzasidan tug’ilgan: ―Mag’rurlik qanday sifat? U odamga xos bo’lgan illatmi yoki fazilatmi?‖ tarzidagi muammoli savollar bilan ertangi o’qituvchilar – talabalarga murojaat qilish o’rinli bo’ladi. To’rtlikda ―manmanlik‖ va ―kibru havo‖ ―mag’rurlik‖ning sinonimlari tarzida keltirilgan. Bu to’g’rimi? Odamga xos bo’lgan har uchala sifat bir- biriga sinonim bo’la oladimi? Talabalar shular haqida ham o’ylab ko’rishgani masadga muvofiq bo’ladi. Ko’rinadiki, mazkur she‘rda mag’rurlik illat sifatida taqdim etilgan. Shoir Muhammad Yusufning ―O’g’il bo’lsang…” she‘rida esa: “Shamoldek el, suvdek tosh, Hech kimsaga bukma bosh…‖ tarzida fazilat shaklida ulug’langan. Demak, bu sifat o’rniga qarab fazilat, o’rni kelganda illat ko’rinishida talqin etilishi mumkin ekan. Insoniy fazilatlar sirasida ham mag’rurlik ijobiy xarakter kasb etadi. Talabalar, avvalo, o’zlari odamga xos bo’lgan bu sifatning mohiyatiga kirib olishlari, uning fazilat yoki illat ekanini o’z ruhiyatlariga ―mo’ralab‖ aniqlab olishlari shart. Aks holda amaliy faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelib qolishlari mumkin. ―Nazm darsi‖ni davom ettirib o’qituvchi o’quvchilar diqqatini she‘rning ikkinchi bandiga qaratadi: Download 121.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling