Lirik turkumlarda timsollilik masalasi
Part 7, Issue 1: August 27
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Obidaxon Xolbekovna Fayzullayeva
Part 7, Issue 1: August 27 th 2022 ~ 23 ~ www.interonconf.com uchinchi yil qo‘shiqlari”, “To‘lg‘onoy”, “Xotiralar” kabi she’rlarda 2-jahon urushining o‘zbek xalqi boshiga keltirgan jafolari va ulardan qolgan asoratlar xususida so‘z boradi. Turkumdagi 1-she’r urushdan qaytmagan farzand tilidan so‘zlangan. “Urush” she’rida esa ushbu jaholatli manzara obrazini asoratlarini aniq ko‘rish uchun “askar suyangan qo‘ltiqtayoq”, “o‘ng qo‘li vujuddan olisda”, “maydalab tashlangan qorxatlar” kabi tashbehlardan foydalangan. “Qaytish” she’rida esa urush obraziga boshqacha ta’rif berilgan: “urush sudraladi, urush sudralar... “ deyilganda, uning qoldirgan alamli asoratlari nazarda tutilgan bo‘lsa, “suyulgan qonimni so‘radi bitlar...” deyilganda odamlarning urushdan keyingi og‘ir ahvoli, “ivirsiq falakni qarg‘aydi itlar” deyilganda jonivorlarning ham bunda baloi ofatni yo‘qlamasliklari, “tug‘ildi urushda o‘lgan erkaklar” deyilganda esa qishlog‘iga o‘g‘ri tushganligiin eshitgan yosh bolalar qalbida urushga va uning natijasida yuz berayotgan falokatlarga nisbatan qalbida tug‘ilgan kuchli nafrat ifodalanmoqda. Ya’ni buncha jafolarni go‘dakligidan boshidan o‘tkazgan farzandlar urushga nafrat bilan chin erkak bo‘lib ulg‘aymoqdalar, degan fikr ilgari surilgan. “O‘zbek otaning qirq uchinchi yildagi faryodlari” nomli she’r o‘ta ta’sirli she’r bo‘lib, uni farzandi urushdan qaytmagan otaning yig‘i-yo‘qlovi deyish mumkin. She’rda lirik qahramon bo‘lgan ota obrazining kechinmalariin ifodalash uchun shoir ko‘plab tasvir vositalaridan foydalangan: Qonli kafan hilpirar, Bo‘g‘zimda kuygan shamol. Tun... Yulduzlar dildirab, Qo‘ynimda muzlar behol. Itday uvlaydi oqshom G‘arib qolgan darchada, Ko‘zimda qon to‘la shom, Huvillaydi ko‘chalar 9 . She’rda keltirilgan “qonli kafan”, “kuygan shamol”, “muzlagan yulduzlar”, “itday uvlagan oqshom”, “g‘arib qolgan darcha”, “qon to‘la shom”, “huvillagan ko‘chalar” kabi sifatlashlar urushda halok bo‘lgan farzandi dog‘ida kuygan ota ruhiyatini ko‘rsatishda katta mahorat bilan o‘rinli qo‘llanilgan. Azador eshigimda Qushday osilgan ko‘nglim, Tobutmas, beshigingda Tebranib yotar o‘lim 10 . Ushbu parchadagi inson ko‘nglining o‘sal qush kabi osilib turishi va beshikda go‘dak emas, “o‘lim” kabi qo‘rqinch va mavhum tushunchani tasavvur qilish ham she’rxonda urushga nisbatan kuchli nafrat uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Parchadagi 9 Eshqobil Shukur. Hamal ayvoni. – T.: Sharq, 1995. 196-bet. 10 O‘sha kitob, 197-bet. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH TURKEY international scientific-online conference Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling