Lirik turkumlarda timsollilik masalasi
Part 7, Issue 1: August 27
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Obidaxon Xolbekovna Fayzullayeva
Part 7, Issue 1: August 27 th 2022 ~ 24 ~ www.interonconf.com keyingi she’rda yana “o‘lim” obrazi uchraydi. Oldingisida go‘dak o‘rnida beshikda yotgan “o‘lim” bu safar mavhumotligicha qolgan: Tun bezovta, yo‘llar yig‘laydi, Yurakka sanchaman qo‘limni. Ne qilay, qo‘limdan kelmaydi, O‘ldira olmayman o‘limni 11 . Ya’ni u o‘ldirgan insonlarni qaytarishning ham, uni o‘zini o‘ldirishning ham sira iloji yo‘q. Turkumdagi so‘nggi “Xotiralar” nomli she’rda shoir ushbu mavhum tushunchani ham jonlantiradi va uni obraz darajasiga ko‘taradi: Meni xotiralar qiynaydi og‘ir, Befarzand ayolday xotiralar... Yetimlarday izlar qaynoq bir bag‘ir Ko‘zlari shamolday xotiralar. Meni xotiralar qiynaydi og‘ir 12 ... Ya’ni “xotira” tushunchasiga “befarzand ayolday”, “ko‘zlari shamolday” kabi tashbehlar qo‘llash orqali uning yaxshi esdaliklar shaklida emasligiga, befarzand ayolning iztiroblari tarzidagi azobli lahzalar yodi va ko‘zlarga qadalgan yoqimsiz shamol kabi alamli xotiralar ekanligiga ishora qiladi. Ya’ni urush davri xotiralari hech qachon yaxshi xotiralar bo‘lmasligini shoir uqtirmoqchi bo‘ladi. Umuman, urushning keltirgan oqibatlari va qalblarda qoldirgan og‘riqlari tuzalmas ekanligini eslatiladi. Shoir Eshqobil Shukur qalamiga mansub turkum she’rlarda asosan mavhum tushunchalar obraz darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ularni tavsiflashda shoir yangicha tashbehlar va sifatlashlardan o‘rinli va unumli foydalana bilgan. Xulosa qilganimizda, turkum she’rlarda timsollilik o‘ziga xos tarzda shakllantirilgan bo‘lib, ularning aksari majoziy tasvirlar asosida kechinma tavsifida va shoirning g‘oyaviy niyati ifodasida o‘rinli qo‘llanilgan. Eshqobil Shukur she’riy turkumlarida tarixiy shaxslar, shayx-pirlar, oddiy xalq vakillari turfa toifa insonlar obrazlaridan tortib, mavhum tushunchalar, xususan, armon, orzu, o‘lim, qayg‘u, muhabbat kabi tushunchalar ham obraz darajasida shakllantirilgan. Turkumlarda kechinma-obrazlar ham ko‘plab qo‘llangan bo‘lib, ularning qo‘llanilishi, shoirlarning turkumlarda o‘z kechinmalarinig davomli ifodasi uchun qulay shakl sifatida ko‘rganligida ko‘rinadi. O‘zbek she’riy turkumlarida ramzli obrazlar yoki ramz-obrazlar lirik qahramon kechinmalari ifodasi yoki shoir badiiy maqsadi ifodasi uchun ko‘plab shakllantirilgan. Majoziy obrazlar esa turkumda ko‘zda tutilgan g‘oyaviy maqsad uchun o‘rinli qo‘llangan va shoirlar mahorati samarasi o‘laroq yuzaga kelgan turkumlar ko‘plab mavjud. 11 O‘sha kitob, 199-bet. 12 O‘sha kitob, 202-bet. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH TURKEY international scientific-online conference Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling