Lirik turkumlarda timsollilik masalasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1067636
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Obidaxon Xolbekovna Fayzullayeva



THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 
TURKEY international scientific-online conference 
Part 7, Issue 1: August 27
th
2022 
~ 21 ~ 
www.interonconf.com
LIRIK TURKUMLARDA TIMSOLLILIK MASALASI 
 
Obidaxon Xolbekovna Fayzullayeva 
GulDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti 
Annotatsiya: Mazkur maqola o‘zbek she’riy turkumlarida timsollar talqini 
masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu masala Eshqobil Shukur qalamiga mansub sikl 
she’rlari misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, turkum she’rlarda ko‘plab obrazlar qatori 
turfa insonlar obrazlari va mavhum tushunchalar ham obraz darajasida 
shakllantirilganligi masalasi ham o‘rganilgan bo‘lib, kechinma-obrazlarning o‘ziga xos 
jihatlari, shoirlarning turkumlarda o‘z kechinmalarinig davomli ifodasi uchun qulay 
shakl sifatida tanlaganligi ham aniqlangan.  
Kalit so‘zlar: she’riy turkum, obrazlilik, majoziy timsollar, mifologik tushuncha, 
lirik qahramon, timsol, allegoriya, badiiy tasvir, obraz turlari, kechinma-obraz, she’riy 
ifoda, poetik tafakkur va xokazo.
Timsolsiz san’at, adabiyot, umuman, ijod bo‘lgan emas. Xalq og‘zaki ijodi bugun 
faqat mifologik yoki tarixiy asos sifatida o‘rganiladigan ijod emas, balki u timsollar 
san’ati sifatida o‘rganiladigan, tahlil etilishi lozim bo‘lgan san’atdir. Timsol – tashqi 
dunyoning bizning ichki dunyomizda, qalbimiz va ongimizdagi aksidir. Demak, ichki 
dunyomizda tashqi dunyoni o‘ziga xos qabul qiluvchi xususiyat bor. U tashqi dunyoni 
ramzlar, timsollar orqali, ya’ni o‘zicha “qayta ishlab” qabul qilishga moslashgan. Inson 
tug‘ilgandayoq dunyoga shunday ruhiy imkoniyat bilan kelgan. Ilk odamlar tabiat va 
koinot sirlarini timsollar orqali qabul qilganlari bejiz emas”
6

Xalqimizning sevimli shoirlaridan bir Eshqobil Shukurning “Nasoyim ul 
muhabbat”ga sayr” nomli turkumidagi she’rlar “Munojot” nomli she’ri bilan 
boshlangan. Unda Yaratgan karamidan umidvorlik aks ettirilgan. 
Shoir Eshqobil Shukur qalamiga mansub yana bir necha turkumlar mavjud bo‘lib, 
bular “Qadimgi bitiktoshga yozuvlar”, “Surgun”, “Urushdan keyingi urush”. “Qadimgi 
daftar” kabilardir.
Eshqobil Shukurning “Surgun” va “Urushdan keyingi urush” turkumlari nisbatan 
kichik turkumlar bo‘lib, “Surgun” turkumida nohaq ayblovlar bilan surgun qilingan 
momolarimizning surgundaligidagi og‘ir axvoli bayon qilingan bo‘lsa, “Urushdan 
keyingi urush” turkumida esa urushning insonlar hayotida qoldirgan mudhish izlari 
xususida so‘z boradi.
“Surgun” turkumiga shoir yana bir izoh sarlavha ham berib, uni “Qirmiz momo va 
Qurbon momo bilan muloqotlar” deb ham nomlaydi. Ushbu turkumdagi shoir uslubi 
6
Jabbor Eshonqul. Tush semantikasi va badiiy vazifalari/
O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini” kitobi. – 
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2011. 34-b.


THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH 
TURKEY international scientific-online conference 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling