Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)
Anor Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo‘q nishon
Download 199 Kb.
|
ШЕЪРИЙ Жанрлар
Anor
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo‘q nishon, - a Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon, - a Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, - b Yuzlarida parda tortig'liq, turarlar bag‘ri qon. - a Yong‘oq Ul nadurkim, sabzto‘lik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha xaloyiq qoshida. Barcha qushlarning so‘ngoki ichida, Ul na qushdurkim, so‘ngoki toshida. Kun va tun Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan, Ikkisining o'rtasiga, do‘stlar, qil sig‘magan. Birinchi chistonda javobni topish uchun bir qator belgi va ishoralar berilgan. Tashqi shakliy ko‘rinishi: gumbazsimon, tuynugi yo‘q. Ichki tuzilishi: gulgunpo‘sh (qizil yopingan) qizlar hamda parda borligi. Unga munosabat shakli - sindirish kerakligi. Bu belgilarga ko‘ra anorni ko‘rgan odam biroz tafakkur qilib, uni topa oladi. Haqiqatan ham, anor gumbazga o‘xshaydi. Uning biror teshigi yo‘qki, ichini ko‘rib bo‘lsa. Anor donachalari esa qizil kiygan qizlarning o‘zginasi. Bo‘laklarni ajratib turuvchi pardalar go‘yo ular yuzidagi harir mato. Nihoyatda sinchkovlik va zukkolik bilan topilgan tasvir! Uvaysiy saroyda yashagan davrida xon haramidagi kanizlar hayotiga guvoh bo‘lgan. Gulday yoshligi saroy gumbazi ostida xazon bo‘layotgan qizlarning bag‘irlari qon. Saroyning harir pardalari ularni tashqi olamdan ajratib turadi. Yuqoridagi chiston ana shu kuzatishlar asosida yaratilgan bo‘lsa ajab emas. U ijtimoiy hayotdagi voqeaga ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu xususiyat yo‘q. Ular tabiatdagi holat va hodisalar tasviriga bag‘ishlangan. Shundan kelib chiqsak, she’riy topishmoqlar ikki turli bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chistonlar («Yong‘oq», «Kun va tun»). NOMA. Noma (fors. «xat, maktub») — Sharq adabiyotida she’riy maktub tarzida yaratilgan asarlarning bir turi. Noma o'zbek mumtoz adabiyotida dastlab g‘azal shaklida paydo bo'lib, oshiqning ma’shuqaga yozgan she’riy maktubidan iborat bo’lgan. Keyingi davrlarda biror tarixiy shaxs yoki badiiy asar qahramoni bilan bog’liq voqealarning she’riy va nasriy tasviri noma deb yuritilgan. Ayrim badiiy asarlarning nomlaridagi «nоmа» so‘zi («Boburnoma», «Xumoyunnoma») maktub ma’nosini yoki «noma» janrini emas, balki o‘sha shaxs haqidagi tarixiy asar ma’nosini bildiradi. Noma badiiy asar sifatida birinchi bo’lib Firdavsiy ijodida paydo bo’lgan. Bu turdagi asarlar, o‘z navbatida, doston janrining tug’ilishi va shakllanishida poydevor vazifasini bajargan. O‘zbek mumtoz Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asardir. Yana noma janrida Xo’jandiyning «Latofatnoma»si, Yusuf Amiriyning «Dahnoma»si, Said Ahmadning «Taashshuqnoma»si Said Qosimiyning «Haqiqatnoma» va «Sadoqatnoma»si va boshqa shu kabi asarlar bitilgan.adabiyotidagi noma janrining birinchi namunasi XIV asrda yashab ijod etgan Download 199 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling