Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)
Download 199 Kb.
|
ШЕЪРИЙ Жанрлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- «begona bavt»
parokanda g‘azallar (bunda baytlar bir-biridan o‘ta mustaqil boiadi, ularning o‘mi almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi);
yakpora g‘azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka ega bo'ladi); voqeaband g’azallar (bunda baytlar ketma-ketligini sujet, ya’ni muayyan voqea tasviri boshqaradi); e) musalsal g‘azallar (bunda baytlar o‘zaro chambarchas bogliq bo’ladi, ma’no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini taqozo etib keladi). Masalan, Navoiyning «Jong‘a chun dermen; «Ne erdi oimakim kayfiyati?..» g‘azallari musalsal g‘azalning yorqin namunasi hisoblanadi. Navoiy parokanda, ya’ni baytlar o‘rnini o‘zgartirib qo‘ysang ham, hech narsa o‘zgarmaydigan g‘azallami qattiq tanqid qilgan. G’azalning aksaran oxirgi bayti (maqta’si) yoxud ba’zan undan oldingi baytda shoir taxallusi qo’llanadi. Lekin taxallus qo’llash majburiy emas. G‘azal taxallussiz ham yozilaverishi mumkin. G‘azaldagi uchta baytning alohida nomi bor : birinchi bayti matla’ (ar. «boshlanma», «chiqish») yoki mabda’ deb atalib, undagi misralar o'zaro qofiyalanadi (a-a,) qolgan baytlardagi juft misralar matla’ga qofiyadosh bo’ladi; oxirgi bayti maqta' (ar. «tugallanma, kesilish») deb atalib, unda shoirning adabiy taxallusi keltiriladi; agar maqta’dan oldin (ayrim hollarda undan ham oldin) keladigan baytda lirik chekinish qilingan bo‘Isa, bunday qo‘shmisra «begona bayt» deyiladi. Matla’ning o‘ziga xosligi shundaki, birinchidan, uning ikkala misrasi o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi, ikkinchidan, shu bayt vazni va qofiyasi (yoki radifli bo‘Isa radifi ham) g‘azalning oxirigacha qat’iy saqlanadi. Maqta’ning o‘ziga xosligi shundaki, birinchidan, ko‘pincha unda shoirning taxallusi qo‘llanadi (ba’zan taxallus maqta’dan oldingi baytda keladi ham), ikkinchidan, mantiqan u xuddiki asar xulosasi yanglig‘ jaranglaydi. «Begona bayt»ning o‘ziga xosligi shundaki, u g‘azalning oldin kelgan baytlaridagi umumiy tasvir yoki bayonga bevosita bog’lanmasligi, nisbatan erkinroq fikr-mulohazani ifodalashi mumkin. Ammo bu yerdagi «begona» so‘zini nisbiy ma’noda tushunish kerak. Shoir «begona bayt»da ham oldingi baytlar umumiy ma’no-mazmuni imkon bergan darajada, boshqacha aytganda, qaysidir ma’noda ulardan kelib chiqib lirik chekinish qiladi. Faqat uning begonaligi shundaki, 0‘zbekiston Qahramoni, 0‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov so‘zlari bilan aytganda, «bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon ko'rsa, undan alamini oladi, g‘azal umumyo'nalishiga u qadar bog'lanmaydiganroq gapi bo‘Isa ham, shu yerda aytib qoladi». Adabiyotshunoslikda hamma yaxshi biladigan «lirik chekinish» degan tushuncha mavjud. Asarda lirik qahramon (shoir emas!) qo‘qqisdan yurilayotgan asosiy yo‘ldan biroz chetga chiqqanday bo‘lib, kutilmagan bir fikr yoki mulohazani aytadi, bayon yo tasvimi kiritadi, ilmiy tilda ifodalansa, nimagadir simpatiya yoki antipatiyasini bildiradi. «Begona bayt» ham - lirik chekinishning aynan o'zi. Ruboiyda lirik chekinish qilish uchun bir misradan ortiq imkon yo‘q. Lirik chekinish borasida g‘azaldagi imkoniyat - ruboiydagidan sal kattaroq. Chunki u kamida bir bayt doirasida amalga oshiriladi. Hаh bir lirik chekinish asarga yot unsur bo’lmagani kabi, «begona bavt» atamasidagi «begona» so‘zini ham o‘z ma’nosida tushunmasligimiz, uning nisbiy begonalikni ifodalab kelayotganini yaxshi anglab olishimiz zarur. «Begona bayt» - g‘azalgagina xos, aniqrog‘i, lirik chekinishning aynan g‘azaldagi ko‘rinishi hisoblanadi. Uning hajmi - aniq (ikki misra), o‘rni - tayin (asosan, maqta’dan oldin keladi). Ba’zan g’azalning ikkinchi bayti ham o’zaro qofiyalanishi (a-a, a-a) mumkin, bunga g'azalning pardozi sifatida husni matla’ yoki zebi matla’ deyiladi. Agar g'azalning barcha baytlari o’zaro qofiyalangan bo‘lsa (a-a, a-a, a-a, a-a,..), u g’azali zeb qofiya deb, g'azalda ichki qofiyajar bo'lsa, g'azali musajja’ deb atatadi. G’azallarda ko‘pincha 2 ta markaz bo’lgan: biri - lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi – mа’shuqa ta’rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Ishqiy g'azallarda ma’shuqa, oshiq va raqib obrazlari asosiy obraz hisoblanadi. Ma'shuqa - ishqqa sabab bo‘lgan, oshiq ko'nglini rom etgan go’zal yor, uning go‘zalligi chiroyli tashbehlar bilan ifodalanadi. Sharq she’riyatida noziklik go'zallikning muhim belgisi sanalgan. Oshiq ishqqa mubtalo bo’lgan, o'zini unutgan kishi. U raqibga o'zining nafratini ochiq bayon etadi, oshiqlik timsollari bo‘lmish bulbul, Majnun, Farhod, Vomiq obrazlariga o’xshatiladi. Raqib - ma’shuqaning vasliga da'vogar bo’lgan boshqa bir oshiq. Bu obraz g'ayr, ag’yor, o'zga nomlari bilan ham yuritiladi. Tasavvuf adabiyotida yuqoridagi obrazlar yangicha ma’no kasb etadi: ma’shuqa (yor) - Alloh yoki payg’ambar yoxud pir (ustoz), do‘st ma’nosida, oshiq - Allohga ruhan yaqinlashishga intilayotgan inson, so‘fiy banda; raqib esa nafs, dunyo ma’nolarida keladi. Download 199 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling