Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


Qofiyaning turlarigа misоllаr


Download 199 Kb.
bet4/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

Qofiyaning turlarigа misоllаr :

  1. muqayyad qofiya – raviy bilan tugallangan qofiya.

Misol:
Ul na gumbazdir eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Nech gulgunpo’sh qizlar manzil aylabdur makon.
(Uvaysiy)

  1. mutlaq qofiya – raviydan keyin harflar kelgan qofiya.

Misol:
Ul nadurkim sabz to’nlik, yoz yalong’ochning boshida,
Qish yalang’och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
(Uvaysiy)
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyatdin anjumanda.
(Atoyi)
Bukun, ey do’stlar, farzandi jononimni sog’indim,
Gado bo’lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog’indim.


  1. Radif (ar. «otning orqasiga ergashib boruvchi», «izma-iz keluvchi») – qofiyadan so’ng butun she’r davomida aynan takrorlanib keluvchi so’zlar va so’z birikmalari. She’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni takidlash, o’quvchi e’tiborini asosiy g’oyaga jalb etib, shoirning g’oyaviy niyatini o’quvchi qalbiga to’laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so’z va so’z birikmasi radif deyiladi.

Ko‘pincha radif bir so‘zdan tashkil topadi. U «qisqa radif» deyiladi.
Mаsаlаn:
Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim,
bayti bilan boshlanuvchi Uvаysiyning g’аzаlidа «jononimni», «davronimni» kabi so‘zlar qofiyadosh bo‘lsa, ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» radifdir.
Ba’zan radif bir necha so‘zdan tashkil topishi ham mumkin. U «yoyiq radif» deb yuritiladi. Mаsаlаn Lutfiyning yuqоridаgi g’аzаligа e’tibоr bеrаylik:
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey Moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. (Lutfiy)
G’аzаldа to’rt so‘zdan iborat «xoh inon, xoh inonmа» radif kelаyapti. Shunday she’rlar ham uchraydiki, unda butun boshli misrada bir so‘z qofiya-yu, qolganlari radif bo‘lib keladi. Bobuming mana bu ruboiysi bunga yorqin misol bo‘la oladi:
Tuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor Uz, Оh, Zahiriddin Muhammad Bobur.

Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling