Lirik tur(she’riyat) haqida ma’lumot she’riyat (lirika)


Sheriyatdagi ramzlar va timsollar


Download 199 Kb.
bet5/14
Sana09.06.2023
Hajmi199 Kb.
#1473803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ШЕЪРИЙ Жанрлар

Sheriyatdagi ramzlar va timsollar.
She’riyatda mashuqaning tik, chiroyli, adl qaddi sanuvbarga,alifga, shamshodga, sochlari sunbulga, ko’zlari jodu, ohuga, qoshlari kamon, yoy, mehrob, yarim oyga, kipriklari o’qqa, lablari shahd-u shakar, aqiq, obi-hayot, la’lga, tishlari inju, marjonga o’xshatiladi. Qadni, ayriliqdan ezilgan oshiq holatini dolga (yoyga), yuzni oyga, quyoshga, bo’zga, qizil yuzni arvug’onga, oshiqni parvonaga,tiriklik (hayot)ni, o’tkinchi dunyoni rabotga, yigitlikni arg’umoqqa, bilimni kimyoga, mash’alga, so’zni zaharga, shakarga, ko’ngilni dengizga, shishaga, zolim amaldorlarni bo’riga, xalqni qo’yga, podaga va bekni qo’ychivon (cho’pon)ga o’xshatish yozma adabiyotda an’anga aylangan.
She’riyatda may – hayot ramzi, burgut – mag’rurli ramzi, chumoli – mehnatsevarlik, tirishqoqlikramzi, gul – mashuqa ramzi sifatida qo’llaniladi.
Mumtoz adabiyotimizda ko’z arab alifbosidagi «sod»ga, qosh «nun»ga, o’xshatiladi. Mirrix (Mars) sayyorasi jang-u jadal, payg’ambarlardan Yusuf go’zallik (Beqiyos husn timsoli sifatida tilga olinadigan «Yusuf» nomi g’azal baytlarida, asosan, Ya’qub nomi bulan birga uchraydi), Isojon baxsh etish, Ayyub alayhissalom sabr-toqatningtimsoli bo’lsa, Kashmir – sehr-joduning vatani sifatida qaraladi. Mumtoz she’riyatda asosiy tasvir manbai ko’ngil (qalb, yurak) bolib, u «shisha», «ko’za», «ayog’», (idish), «kosa», kabi timsollar orqali ifodalanadi, «may», «sharob», «boda» so’zlari esa ishq, muhabbat, mehrni ifodalaydi. Ya’qubning ayriliqdagi hayoti she’riyatda «Bayt ul-hazan» (g’am uyi) sifatida tilga olinadi.

SHE’RIY JANRLAR.
Har bir adabiy tur o’z janrlariga ega. «Janr» fransuzcha so’z bo’lib, «tur, jins» degan ma’nolarni bildiradi. Masalan, epik turga roman, qissa, hikoya, dramatik turga tragediya, komediya, drama kabi janrlar kiradi. She’riy (lirik) turga esa g’azal, qasida, muxammas, musaddas, sonnet, ballada kabi juda ko’plab janrlar mansub bo’lib, quyida ularning ko’pchiligi bilan tanishasiz.


Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling