Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So’z Lirika janrlari
Shoirning boshida tug`ilgan fikr, aytish mumkinki, uning jismiga turtki berib, hayajonga soladi, qoniga o`t yoqib, ko`ksida tipirchilab uyg`onadi
Download 62.5 Kb.
|
8.Lirik janrlarda marom va musiqiylik (masnaviy, ruboiy, g‘azal, muxammas janrlari misolida )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu olam hamisha shundoq chatishgan
Shoirning boshida tug`ilgan fikr, aytish mumkinki, uning jismiga turtki berib, hayajonga soladi, qoniga o`t yoqib, ko`ksida tipirchilab uyg`onadi ”1 (V. G. Belinskiy).
Jamol Kamol ana shu mulohazalarga tayangan holda, quyidagi to`g`ri xulosaga keladi: “Lirik kechinmada fikr va hissiyot qorishiq yashaydi. Bugina emas, ular bir – birining mag`iz – mag`iziga shunday singib ketadiki, ajratib ko`rishning iloji bo`lmay qoladi. Bu ajralmas birlik – butun lirik kechinmaning mohiyatini tashkil etadi” (Jamol Kamol, 13 - bet). Lirik kechinma (kechinma - obraz) ning xislatini o`zida jam qilgan (Navoiy bobomiz aytgan “xos hol” - nodir kechinma, holat va “xos ma`no” - sara, o`tkir fikrning chatishuvidan yuzaga kelgan) Muhammad Yusufning “Bir kuni” she`rini o`qiylik: Bir kuni, Bir alvon Zamon keladi, Zamin uzra Omon-omon bo`ladi. O`n yilmi Yuz yilmi o`tib oradan, Urushlar Nizolar ketib oradan To`plar Adirlarda bug`doy o`radi, Tanklar Dalalarda paxta teradi. Millatlar, Elatlar, Oq tan, qora tan – Hammasi Hazrati inson bo`ladi. Olam guliston bo`ladi Bir kuni... —Shoirlar-chi, bobo, Shoirlar nima bo`ladi? —Shoirlarning shodlikdan Yuraklari yorilib o`ladi! Ko`rayapsizki, she`rda shoir zamin uzra kelajakda “hazrati insonlar” jamiyatining, komil insonlar dunyosining yuzaga kelishini orzu qiladi. Uning “bir kuni olam guliston bo`lishiga” ishonchi to`liq. Orzu va ishonch tuyg`ulari shunchalik samimiy, shunchalik yuquvchanki, shoir bilan nevara o`rtasidagi dialogdan, undagi topqirlikdan (hazildan) qalbingiz o`rtanadi. She`r bir oniy fikr va hisning mahsuli, mahsuli bo`lganda ham yaxlitliligi – jonliligi bilan maftun etuvchi, ohangi bilan dilni qitiqlovchi bo`lgani sabab – bir zumlik “harorat” bilan uzoq yillarni, umrlarni “isitadi”, boyitadi, orzularga qanot beradi, ishonchlarni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham she`r doimo musiqiydir, doimo vaznlidir, ritmika, qofiya, band jihatdan uyushgandir. Doim samimiydir, doim ta`sirdordir, doim jozibadordir. Lirikaning subyektivligidan – ya`ni hayotni, insonlar olamini faqat shoir shaxsi orqaligina anglashimizdan shunday xulosa kelib chiqadi: lirik asar mazmuni avtobiografik xarakterga ega bo`ladi va ayni paytda, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zulfiyaning “Kechir, qoldim g`aflatda”, “Ne baloga etding mubtalo ”, “Bahor keldi seni so`roqlab” she`rlarini o`qir ekansiz, ularning Hamid Olimjonga – Zulfiyaning turmush o`rtog`iga bag`ishlangan avtobiografik asarlar ekanini aniq bilasiz. Ammo bu she`rlar ikkinchi jihatdan, birgina Zulfiya shaxsi to`g`risida emas, balki muhabbatdan bevaqt ajralgan, birinchi sevgisiga sodiq qolgan, vafodor, sabotli barcha ayollarning tuyg`ulari ifodasidir. Ularda akslangan vafo va sadoqatning, birinchi muhabbatga baxshida umrning umuminsoniy xislatidir. Demak, lirikada muallif (shoir) bilan ichki kechinmalari tasvirlanayotgan shaxs (qahramon) olami birlashadi (xuddi lirikaga xos fikr va hislarning qorishib butunlashgani kabi), yaxlitlashadi. Ana shu yaxlitlilikdan lirik qahramon dunyoga keladi. “Lirik qahramon – lirik asarlarda kechinmalari tasvirlanayotgan kishi, shoirning umumjamiyat uchun qimmatli his va fikrlarini tashuvchi shaxsdir. U shoir shaxsi bilan estetik idealning quymasidir” (I. Sulton, 252- bet). Lirik qahramon tarixi (konkret har bir she`rdagi kechinma - obraz tarixi) ning mavjudligi lirikadagi syujetni voqye qiladi. Lirik asar bir oniy kechinmaga suyangani uchun ham undagi syujet eposdagi kabi “voqyealar silsilasi” tarzida namoyon bo`lmaydi, balki u oniy - ruhiy harakat ifodasi tarzida yuzaga chiqadi. Syujet adabiyotning uchinchi elementi va usiz badiiy asar bo`lishi mumkin emasligi qoidasini (Ushbu asarning “Syujet va kompozisiya” qismini eslang) xotirga keltirsak, demak, lirikada syujet o`ziga xos bo`ladi. O`ziga xoslik – lirikaning subyektivlik mohiyatidan, lirik qahramonning dunyosidan kelib chiqadi va u har bir lirik asarda ifodalangan oniy - ruhiy kechinma tarixi – boshlanishi, rivoji, xulosasi bilan o`lchanadi. Sirojiddin Sayyidning “Ey do`st” ruboiysining birinchi bayti: Bu olam hamisha shundoq chatishgan: Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling