Lirika Lirik kechinma Lirik qahramon Lirikada syujet So’z Lirika janrlari
Kimdir yetishmagan, kimdir yetishgan
Download 62.5 Kb.
|
8.Lirik janrlarda marom va musiqiylik (masnaviy, ruboiy, g‘azal, muxammas janrlari misolida )
Kimdir yetishmagan, kimdir yetishgan, -
fikr – xabar berilsa, keyingi baytda: Bulbullar hamisha qon yutgan, ey do`st, Qarg`alar hamisha tezak titishgan, - tarzida fikr yakuni, xulosasi beriladi. Demak, lirik qahramon kechinmasining bir oniy parchasiga joylangan tarix garchi kechinma harakati siqiq va oddiy bo`lsa - da – ushbu ruboiyning syujetidir. Lirikada so`z mazmunan his – hayajonga yo`g`rilgan, nihoyatda tiniqlashgan, teranlashgan bo`lishi shart. Chunki, “haqiqiy she`rda har bir so`z shakl – shamoyil, rang – bo`yoq, maza, salmoq va ohangga ega ” (J. Kamol, 18 - bet)dir. Shu sabab ham “Qobusnoma” deydi: “Nasrda ishlatgan so`zni nazmda ishlatma, negaki nasr – raiyat, nazm podsho martabasidir. Agar bir narsa raiyatga loyiq bo`lmasa, podshoga ham loyiq emas” (98 - bet). Bundan ko`rinadiki, lirika tili ham o`ziga xos bo`lishi kerak. Bu o`ziga xoslikni lirikaning predmeti keltirib chiqaradi. Ma`lumki, prozada pauzalar erkin, poeziyada esa qonuniyatli, prozada ritmik pauza yo`q, poeziyada esa bor; proza asari misra va bandlarga bo`linmaydi, poeziya asari esa bo`linadi... prozada qofiya yo`q, qofiya prozada alohida sistema tarzida emas, poeziyada bajargan vazifani bajarmaydi. Qofiya, asosan, poeziyaning muhim xususiyati. Chunki u poeziyada strofik va ritmik vazifani bajaradi. So`zlar poeziyada qofiya, vazn, band, tovush takrori, so`z takrori (epifora, anafora, hojib, radif), inversiya, musiqiylik, ritm, turoq, misra, band, turkum, ritmik pauza jihatidan aloqador holda amal qiladi, prozada esa so`z bunday vazifani ado qilmaydi... poeziyada gap, jumla, so`zninggina emas, balki bo`g`in, nutq tovushlari, hatto nutq tovushlarining unli yo undoshligi ham o`ziga xos ahamiyatga ega; ular kuchli “mehnat intizomi”ga, tartibga bo`ysinadi va yagona, muayyan sistemaga aylanadi, ayni shunday tartib nasrda yo`q...”1 Demak, lirikaga xos emosional – hissiy fikrlash, monologik nutq uning so`z poetikasini ham o`ziga xos olamini yaratadi. Lirikada janrlar masalasi to`g`risida turli – tuman (I. Sulton, O`. To`ychiyev, N. Shukurov, M. Ibrohimov, O. Nosirov, R. Orzibekov) nazariy – estetik fikrlar ko`p. Ularning o`rganish va umumlashtirish, asosiylarini mezon qilib, lirik janrlarning har birini monografik tarzda tadqiq qilishni kengaytirish – kun tartibida turibdi. Hozircha, she`rshunos Ummat To`ychiyevning tasnifiga tayangan holda, lirika janrlarining nomlarinigina qayd etib, cheklanishni maqsadga muvofiq ko`rdik. Mazmun jihatidan : a) estetik belgi, pafos va muayyan mazmun yo`nalishiga asoslanadigan janrlar: marsiya, elegiya, invektiva, bahs, hasbi hol, soqiynoma, topishmoq, qasida, muammo, ta`rix, xat, manzara, monolog, bag`ishlov, vasiyat, vasf, debocha, nazira, faxriya. b) asosan musiqa asari hisoblansa-da, adabiy matnga ham suyangan janrlar: romans, kontata, marsh, syuita, qo`shiq, madhiya. v) og`zaki va yozma lirikada qo`llanib kelingan janrlar: alla, yor – yor Shakl jihatdan: a) Shakl mazmundorligi va tuzilishiga ko`ra lirika janrlari: aytishuv, mustazod, sonet, muvashshah, mushoira, shiru shakar, qit`a, g`azal, tuyuq, ruboiy, masnaviy, fard, tarkiband, tarjiband, o`rama, shoiriy, tirada, turli bandli janrlar, oq she`r, sarbast b) Misra soni va kompozisiyaga ko`ra lirika janrlari: musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar, to`rtlik, oktava v) Qayta tashkil topish (transformasiya)ga ko`ra lirika janrlari: qit`aiy, kesishgan, taronaiy, ruboiyona. Adabiyot: 1. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi, “O`qituvchi”, Toshkent, 1980 . 2. L.I. Timofeyev. Osnovы teorii literaturы, “Prosveщyeniye”, Moskva, 1971. 3. R.Uellek, O.Uorrek. Teoriya literaturы, “Progress”, Moskva, 1978. 4. www.ziyonet.uz 1 1 Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling