Lisher Navoiy Muqarrabi Shohiy  Siz bu jurnal orqali quyidagilarni bilib olasiz


Download 247.73 Kb.
bet2/4
Sana29.10.2023
Hajmi247.73 Kb.
#1733148
1   2   3   4
Bog'liq
navoiy

"Layli va Majnun" —Alisher Navoiy "Xamsa"sining uchinchi dostoni (1484). U 3622 baytdan iborat. U aruzning "hazaji musaddasi axrabi makbuzi mahzuf" bahrida yozilgan. Navoiy ushbu dostonni turkiy tilda yaratgan birinchi muallifdir. Alisher Navoiy Layli va Majnun sarguzashtlarining anʼanaviy syujet chizigʻini saqlab qolgan holda voqealarga yangicha ruh va mazmun baxsh etdi va dostonga yangi timsollar kiritdi. Alisher Navoiy Layli va Majnun afsonasidan libos sifatida foydalanib, doston mazmuniga oʻz falsafiy qarashlarini singdirib yuborishni maqsad qilganini taʼkidlaydi. Doston Sharq mumtoz adabiyotining anʼanalariga muvofiq ikkita: zohiriy (ochiq) va botiniy (yashirin) maʼnolarga ega. Zohiriy maʼnoda ikki yosh muhabbati oʻz ifodasini topgan. Botiniy maʼno esa ramziy-majoziy tasvirlarga oʻralgan boʻlib, unda muallifning falsafiy qarashlari aks etgan. Navoiy dostonning ilk bobidayoq oʻquvchiga oʻz ramzlarining kalitini taqdim etadi. Yaʼni u Laylining manzar (ilohiy husn aks etgan) ligini, Majnun esa Iloh ishqida aqldan ajraganini taʼkidlaydi. Bundan Alisher Navoiy "Layli va Majnun"ining botiniy mazmunida majoziy ishq sinoatlari aks etganligi anglashiladi. Alisher Navoiy bu dostonni nafaqat mazmunan, balki badiiy jihatdan ham ushbu mavzudagi dostonlarning sarasiga aylantirdi. Navoiyning bu dostonidan soʻng xalqimizda ushbu dostonning koʻplab folklor variantlari ham vujudga keldi.19-asrda Umar Boqiy bu dostonning nasriy muxtasar bayonini yaratdi.
,,Farhod va Shirin” dostoni haqida
Farhod va Shirin — Alisher Navoiy ,, Xamsa”ning ikkinchi dostoni. U 5782 bob bo’lib aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan.
Shirin va Farhod timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“, Xusrav Dehlaviyning „Shirin va Xusrav“, oʻzbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin“ dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin“ deb nom qoʻygan.
Navoiy yigitlik davrida „Topmadim“ radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta-qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, masalan, quyidagi baytda: "Koʻp oʻkudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim".
Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta-qayta oʻqigan. Bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his-tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-1484-yillarda amalga oshirilgan.

Saddi Iskandariy dostoni haqida

Download 247.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling