Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida
Sodda gapda so‘zlarni biriktiruvchi vositalar
Download 61.61 Kb.
|
Lisoniy sintaktik qolip
Sodda gapda so‘zlarni biriktiruvchi vositalar
Sintaktik birlik hisoblangan ganining shakliy tuzilish jihatdan uning ziddiyatini hisobga olgan holda quyidagicha sintaktik shakllarga bo’lish-mumkin: I. Sintaktik aloqaga kirishadigan sintaktik shakllar; 2. Sintaktik aloqaga kirishmaydigan sintaktik shakllar; Birinchisi an’anaviy gap bo’laklari hisoblanadi. Ya’ni tobe aloqa tarkibida muayyan sintaktik vaziyatda keluvchi eng kichik sintaktik shakl gap bo’lagi sanaladi. Tobe aloqadorlik asosidagi so’z shakllar juftligida tobe qism hokim qism talab etgan vaziyatda keladi. Bunda tobe kismning vaziyati anik, hokim qism vaziyati esa noaniq bo’ladi. Uning qaysi vaziyatda kelganligi nutq zanjirining keyingi xalqasida aniqlanadi. Gap bo’lagi ham til birligi sifatida shakl va mazmun qarama-qarshiligi birligidan iborat. SHakl va mazmun tomoni ham o’zining muayyan unsurlarga egaligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun gap bo’laklari shakliy va mazmuniy tuzilishlarini hamda ular o’rtasidagi munosabatni belgilash nazariy tilshunoslikning muhim vazifasidir. Har qanday gap bo’lagi shakliy jihatdan moddiy asos (morfologik shakl) va sintaktik vaziyat (sintaktik shakl) qarama-qarshiligi va birligidan iborat. Morfologik shakl sintaktik shaklning vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin morfologik shakl asosida hosil bo’lgan sintaktik shakl sifat jihatidan tamoman farqli bo’lgan yangi va unga nisbatan yuqori shakldir. Bir morfologik shakl bir necha sintaktik shaklga asos o’ulganidek bir necha morfologik shakl bir sintaktik shaklga asos bo’lishi ham mumkin. Masalan, O’zbekiston - go’zal o’lka jumlasida bnr xil morfologik shakldagi(bosh kelishik, birlik) ot ikki xil sintaktik vaziyatda kelyapti. O’zbekistonnning poytaxti - Toshkent. Toshkent kundan kunga go’zallashib boryapti jumlalarida esa Toshkent va go’zallashib boryapti kesim vaziyatiga o’tgan va uning bu vaziyatda shakllanishiga bosh kelishik birlikdagi ot hamda o’tgan zamon, bo’lishli, III shaxs birlikdagi fe’l morfologik shakllar asos bo’lgan. Lekin bu ikkisi bir-birisiz yashay olmaydi. Chunki biri moddiy asos bo’lsa,ikkinchisi uning vazifasi hisoblanadi. Sintaktik shakl morfologik shakl asosida vujudga kelgan yuqoriroq birlik ekan, sintaksis uchun sintaktik shakl belgilovchi rol o’ynaydi. Morfologik shakl esa sintaktik shaklning ichki tomonini ko’rsatadi. Sintaktik shakl birlashtiruvchilik, morfologik shakl esa farqlovchilik xususiyatiga ega. Ya’ni ma’lum sintaktik shakl bir necha morfologik shakllarni birlashtirish asosida maydonga keladi. Ayni paytda shu sintaktik shaklning ichki farqli belgilarini aniqlashda uning qanday morfologik shaklga tayanganiga asoslaniladi. Sintaktik shakl morfologik shakldan tashkil topgani bois u sintaktik shaklning ichki mundarijasini belgilaydi. Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling