Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida
Lisoniy sintaktik qolip (LSQ), uni ajratish yo‘llari
Download 61.61 Kb.
|
Lisoniy sintaktik qolip
Lisoniy sintaktik qolip (LSQ), uni ajratish yo‘llari.
Sintaksis so’zlarning har qanday birikuvlarini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvlar va ularning lisoniy mohiyatlarini tekshiradi. Qaysidir yo’sindagi so’zlarning birikuvlari sanalmish qo’shma so’zlar (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birliklar (ilonning yog’ini yalagan, po’konidan yel o’tmagan, ko’ngli bo’sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog’lanishga ega emas. Sintaksis atamasi, grammatika atamasining o’zi kabi, zulma‘nayn (ikki ma‘noli) dir: 1)tilning sintaktik qurilishi; 2)grammatikaning tarkibiy qismi. Biz atamani ana shu ikkinchi ma‘nosida qo’llab, birinchi ma‘no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz. So’z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko’ra, sintaksis uchga bo’linadi; so’z shakli sintaksisi: so’z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; So’zlarning nutqda o’zaro aloqaga kirishuvidan so’z qo’shilmalari vujudga keladi. So’z qo’shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin: gap (osmon tip-tiniq); so’z birikmasi (tip-tiniq osmon); Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So’z birikmasi fikr emas, balki so’z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so’z birikmasi ifodalagan tushuncha so’z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko’rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo’lib, so’z birikmasi so’z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birliklar – gap va so’z birikmalari – so’zlarning qo’shilishidan hosil bo’lishi, bu qo’shilishning esa turli vosita (qo’shimchalar, yordamchi so’zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko’rsatadi. Demak, nutqda: 1.So’z boshqa so’z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog’lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo’ladi (uyga bormoq, a‘lochi o’quvchi). Grammatik shakllangan so’z sintaksisi so’z shakl sintaksisi deb yuritiladi. 2.So’zlar o’zaro sintaktik bog’lanib, tushuncha ifodalovchi birlik - so’z birikmasi vujudga keladi. So’zlarning o’zaro birikib tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatlarini o’rganish so’z birikmasi sintaksisining vazifasidir. 3.So’zlar o’zaro bog’lanib, fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik - gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyatlari bilan gap sintaksisi mashg’ul bo’ladi. Download 61.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling