Lisoniy sintaktik qolip (lsq) sintaksisning asosiy tadqiq birligi sifatida


Download 61.61 Kb.
bet14/19
Sana17.02.2023
Hajmi61.61 Kb.
#1208266
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Lisoniy sintaktik qolip

Uyushgan gapning LSQlari.

O’zbek tilshunosligida uyushish hodisasi bilan bog’liq uchta hodisa mavjud:


Gapda uyushgan so’zshakllar
Qo’shma gapdagi uyushiq gaplar
Uyushgan gaplar.
Uyushiqlik umumiy holat bo’lib, sodda gapga ham, qo’shma gapga ham xosdir. Sodda gapda so’zshakllar uyushib kelsa, qo’shma gapda so’zshakllar, sodda gaplar uyushib keladi.
Aytilganidek, uyushiklik ikki birlik (unsur)dan iborat bo’ladi:
Uyushtiruvchi unsur.
Uyushuvchi unsur.
Bu ikki unsur barcha uyushish hodisalarida mavjud bo’ladi.
Xo’sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gaplardan nimasi bilan farqlanadi?
Ma‘lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funktsional shakllangan bo’lishi lozim. Shu bois ular kesimga ega bo’lib, bu kesim WPm (kesimlik ko’rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki WP (semantik-funktsional shakllangan gap) tarzida bo’lishi lozim. WPm sodda gaplarda bitta, qo’shma gaplarda esa birdan ortiq bo’ladi.
Quyidagi gaplarni qiyoslaylik:
1. Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E +WPm]
2.Ukam rasm chizar edi va singlim televizor ko’rar edi gapining qolipi esa quyidagicha: [E+WPm] va [E+WPm]
Ko’rinadiki, birinchi gapda WPm va uning kengaytiruvchilari majmui bitta, ikkinchi gapda ikkita va ular o’zaro teng bog’lovchi yordamida bog’langan. Endi uchinchi gapga diqqat qilaylik:
Ukam rasm chizar va singlim televizor ko’rar edi. Bu oldingi
gapimizdagi kesimlarning W qismlari o’zgarmasdan saqlanganligi va Pm qismi bittaga qisqarganligi bilan undan farqlanadi. Demak, gapda W lar ikkita va Pm bitta bo’lib, u ikkita W uchun ham umumiydir. Shu boisdan uni qavsdan tashqariga chiqarish mumkin. Bu gapning qolipi quyidagi ko’rinishi quyidagicha: [((E1+W1)va(E2-W2 ))Pm]
Ko’rinadiki, bitta umumiy Pm ga ega bo’lgan birdan ortiq W dan tashkil topgan gaplar ham tilimizda mavjud. Bunday gaplar uyushgan gaplar deyiladi.
Yo’l-yo’lakay shuni aytib o’tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli qo’shma gaplardan farqlanadi



Download 61.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling