Lisoniy tarjima


Download 15.86 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi15.86 Kb.
#1004987
Bog'liq
Masnaviy sharh


MASNAVIY


Xush buvad payg’omhoi Kirdikor,
K-o’ zi sar mo poy boshad poydor.


TARJIMA


Xush erur Allohning payg’omlari,
Kim erur poydor onlarning bari.


LISONIY TARJIMA

Haq ta’olo hazratlarining saodat belgisi boʻlgan paygom va ishoratlari go’zaldir. Zero, bu ishorat boshdan-oyoq, ya’ni avvaldan-oxirigacha poydor — ustuvordir.




SHARH

Islom ahli - musulmonlar uchun bir talay Rabboniy ishorat va bashoratlar bor. Birinchisi aziymush sha’n Qur’ondir. Qur’on qadrini oddiy aql vositasida idrok etmoq mahol, biroq uning qudratli hukmlari ijrosiga jiddu jahd etganlarning qismati oliydir.


Aziymush sha’n Qur’onning har bir iborasi salomatlikning buyuk manba’i, har bir ma’nosi nihoyatda teran ummondir. Havoyi nafsni tark etib, shar’iy vazifalar ijrosiga kirishmoq hissining inson shuurida uyg’onishi muqarrar Rabboniy payg’omdir.
Download 15.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling