Lisoniy tarjima


MASNAVIY Az diramho nomi shohon barkanand, Nomi Ahmad to abad barmezanand. TARJIMA


Download 29.95 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi29.95 Kb.
#1004909
1   2
Bog'liq
Masnaviy sharh.

MASNAVIY


Az diramho nomi shohon barkanand,
Nomi Ahmad to abad barmezanand.


TARJIMA


Shohlarning nomi dirhamdan kuchar,
Lek, Ahmad nomi boqiy zikr o’lar.


LISONIY TARJIMA

Shohlar vafotidan soʻng, ularning nomi aqchalar va toshlar yuzidan qo’porib tashlanadi. Ammo, paygambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomning muborak nomlarini qiyomatga qadar yod etadilar.




SHARH

«Anbiyolar xotimasi» deb sharaflangan sayyidimiz Muhammad Mustafo solallohu alayhi vassallamning muborak nomlari toki sajdaga bosh qoʻyishga qurbli, quvvatli, yakkayu yagona musulmon qolgunga qadar zikr etilaveradi. Inson suvratida yaratilmish va azalda buyuklikning eng oliy martabasi ila musharraf etilmish zot — Rabboniy payg’omlarning soʻnggi elchisi, bashariyat boshidagi soʻnggi quyosh Muhammad alayhissalom «olamlarga rahmat qilib» yuborilgan muborak bir zot. Parvardigor, nahot, bir zot butun bashariyat uchun qaygʻursa. Kezi kelganda ota oʻz oʻgʻliga, oʻgil oʻz otasiga qaygʻurmaydi-ku. Holbuki, u ham suvratan, zohiran odam! Birgina zot basharni eng toʻgʻri yoʻlga solish uchun jon cheksa! Dunyoda yo’lu yoʻlboshchi kammi? Bugun dunyoning chorak qismi Muhammadiy yo’lida yuribdi. Kezi kelganda ota o’z farzandini, farzand oʻz jigarbandini yo’lga sololmaydi-ku! Alloh irodasiga muslimona bosh egib, uning barhaq Rasuli yoʻlida yurgan zotlarning oxirati xayrlidir. Bu dunyoda yo’l koʻp. Xoh u yo’lda, xoh bu yo’lda yuring, manzil bitta. Yoʻl soʻngini oʻylang. Manzilni unutmang. Manzil - bitta.




MASNAVIY


Nomi Ahmad nomi jumla anbiyost,
Chunki sad omad navad ham pesh ast.


TARJIMA


Ahmad ismi anbiyolar nomidir,
Chunki, yuz keldi va toʻqson oldidir.


LISONIY TARJIMA

Rasullar silsilasining soʻnggi, Kibriyo habibi, Paygambarimiz (s.a.v.) muborak nomlari jumla anbiyolarning nomlaridir. Chunki yuz adadi yodga olindi, to’qson esa uning oldida, ya’ni to’qson yuzning ichida.




SHARH

Olamlar fahri Payg’ambarimiz (s. a. v.) hazratlarining sharofatli nomlari ilalabad yod etilishi oqibatida, barcha anbiyolarning nomlari ham boqiy va barhayot. Ushbu hikmat asbobi bu: shon-shavkat sohibi boʻlgan buyuk vazifalari ilohiy irodatni tablig’i va ijrosi edi. Rasulimiz (s. a. v.) ilohiy qonunlarini bashar farzandiga dastur tarzida yetkarur ekanlar, jumla anbiyolarning bu yo’lda chekkan zahmatlarini hurmatlab, taqdirlab yod etmoqni buyurmishlar. Payg’ambarlar — Xaqiqat elchilari hamma davru zamonda Alloh ta’limotini odamlarga yetkazmoq sharafidan saodatmand bo’lganlar. Bu yo’lda ular chekkan mashaqqatlarni til bilan bayon aylashning imkoni bormi? Bashariyat toʻfondek ayqirib borayotgan dunyo sahrosida birgina zot qoʻllarini havoga choʻzib «Fa ayna tazhabu!», «Qayon ketmoqdasiz?» deb bong ursa. Birgina zot. Oldinda ayqirgan-qutirgan, mast-alast olomon. «Qayon ketmoqdasiz?!» deydi bir xokisor odam. «Qayoqqa?!» deydi koʻzlarida qon chayqalgan dahshat. «Onangnikiga!.. Yuqol!...» Dahshat qo’llarini bigiz qiladi. «Kim bu ivirsiki!.. Gadoy!... deydi dahshat ahli.» Yo’q, men gadoy emas man! Men sizlarga yuborilgan Allohning elchisiman! Men sizlarni ogohlantirmoqchiman, xolos. Chunki, siz sur tortib borayotgan yoʻl soʻngida tubsiz choh bor. Bitta qolmay baringiz mahv bo’lishingiz mumkin!... «Yo’l soʻngida choh!..». Yoʻl soʻngida maishat bor! O’yin-kulgu bor! Raqs-surur bor! Hamma narsa bor! Yo’kol, koʻz oʻngimizdan gadoyvachcha!..»


Dahshat sahroni siquvga olgandek tirsillaydi, jirillaydi, depsinadi, qayt qiladi, bo’kiradi va guros bilan yo’lda davom etaveradi...
Bismillahir rohmanir rohiym. Tabbat yada Abiy Lahabiv vatab (Halok bo'ldi Abu Lahabning ikki qo’li va halok bo'ldi uning o'zi ham).
Tafsir: Abu Lahab Abduluzzo bin Abdulmuttalib hazrati payg’ambarning (s. a. v.) amakisi edi. Biroq o’zining shaqovat va kufri tufaylidan hazrat Payg’ambarga qattiq dushmanlik qilar di. Hazrat Rasululloh umumiy ijtimoiyot orasida odamlarga ilohiy payg’omni yetkazur mahallarida Abu Lahab ul zotni toshbo'ron qilardi. Hazrat Payg’ambarning oyoqlari jiqqa qonga belanib ketar, biroq Alloh kalomining zikridan to'xtatmas edilar. Abu Lahab derdi: «Ey odamlar! Muhammadning gaplariga quloq solmanglar. Zero, u yolg’onchidir!. Ba'zida derdi: Muhammad bizga o'limdan so'ng tirilishni va'da qilmoqda. Bo’lishi mumkin emas. Bu haqiqatga xilof!» So'zlari so'ngida esa qo'llarini cho’zgancha xitob qilardi: «Siz, ey har ikki kaftlarim, siningiz. Men sizlarda Muhammad va'da qilayotgan biror narsani ko'rmayapman!..». Kunlarning birida hazrat Payg'ambar (s. a. v.) Safo tog’iga ko'tarildilar va odamlarni jam qildilar. Bag’oyat ta'sirli so'zlar bilan ularni islom diniga da'vat qila boshladilar. Abu Lahab ham o'sha yerda hozir edi. U dedi: Ey barbod bo'lgur, bizni shuning uchun bu yerga to’pladingmi?... Ulamo Sohib Ruhulma'oniyning rivoyat qilishicha, Abu Lahab hazrat Payg’ambarga otmoq uchun qo’llariga tosh oladi. Abu Lahabning jaholati zo'raygandan zo'rayib bordi. Qachonki, uni ilohiy azobdan ogoh etsalar, mening mol va avlodim shu qadar ko'pki, har qanday azobdan qutilib ketaman, derdi. Uning ayoli Ummi Jamil ham Payg'ambarimizning ashaddiy dushmanlaridan edi. Abu Lahab yoqqan gulxanga bu ayol o'tin qalardi.
Ushbu surada har ikkisining nihoyat ilohiy azobga bo’lishi bayon etiladi. Abu Lahab emas, kimda-kim, xoh er, xoh xotin, xoh qarindosh, xohi begona bo'lsin, Haqqa nisbatan dushmanlik kamarini bog’lasa, zalolatga uchraydi, xor-zor bo'ladi. Payg'ambarning yaqin qarindoshi bo'lsa ham Abu Lahab va uning xotini ilohiy jazodan qochib qutulolmadi. Qo’llarini havoda silkib, loflar urgan, o'z qudratidan g’oyat g’ururlanib, Xudoning ma'sum va muqaddas Payg’ambariga qo'l ko'targan Abu Lahabning qo'llari sindi, xor-zorlikda mahv bo'ldi.
«Lahab» makkiy suralardan. Badr g’azvasidan yetti kun o'tgach, Abu Lahabning jismida dahshatli jarohat paydo bo'ldi. Bu og’ir kasallikdan vahimaga tushgan ahli ayoli uni uydan bir ovlok dashtga chiqarib tashladilar. Shunday qilib, xor-zorlikda olamdan ko’z yumdi. Uch kunga dovur birov jasadning yaqiniga yo'llay olmadi. Uch kun ichida badan go'shtlari to'kila boshladi. So'ng bir necha xabash hammollar chuqur qazdilar va jasadni cho’pga ilib chuqurga tashlab, tosh bilan to'ldirdilar... Haqiqat yo’llariga chaqir tikanlar to'shab, olov to'siqlar alangasini lang’illatgan Abu Lahabning xotini ham ilohiy jazoga giriftor bo'ldi.
Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling