Lisoniy tarjima
Download 29.95 Kb.
|
Masnaviy sharh.
- Bu sahifa navigatsiya:
- LISONIY TARJIMA
- MASNAVIY Xutbai shohon bigardad v-on kiyo, Juz kiyovu xutbahoi anbiyo. TARJIMA
- MASNAVIY Z-on, ki po’shi podshohon az havost, Bori nomi anbiyo az Kibriyost. TARJIMA
MASNAVIY Xush buvad payg’omhoi Kirdikor, K-o’ zi sar mo poy boshad poydor. TARJIMA Xush erur Allohning payg’omlari, Kim erur poydor onlarning bari. LISONIY TARJIMA Haq ta’olo hazratlarining saodat belgisi boʻlgan payg’om va ishoratlari go’zaldir. Zero, bu ishorat boshdan-oyoq, ya’ni avvaldan-oxirigacha poydor — ustuvordir. SHARH Islom ahli - musulmonlar uchun bir talay Rabboniy ishorat va bashoratlar bor. Birinchisi aziymush sha’n Qur’ondir. Qur’on qadrini oddiy aql vositasida idrok etmoq mahol, biroq uning qudratli hukmlari ijrosiga jiddu jahd etganlarning qismati oliydir. Aziymush sha’n Qur’onning har bir iborasi salomatlikning buyuk manba’i, har bir ma’nosi nihoyatda teran ummondir. Havoyi nafsni tark etib, shar’iy vazifalar ijrosiga kirishmoq hissining inson shuurida uyg’onishi muqarrar Rabboniy payg’omdir. MASNAVIY____Xutbai_shohon_bigardad_v-on_kiyo,__Juz_kiyovu_xutbahoi_anbiyo.___TARJIMA'>MASNAVIY Xutbai shohon bigardad v-on kiyo, Juz kiyovu xutbahoi anbiyo. TARJIMA Shohlarning xutbasi oʻtgay, faqat Anbiyolar xutbasi qolgay abad. LISONIY TARJIMA Shohlar zotiga maxsus bo’lgan xutbalari, azamat, rayosat va davlatlari vafotlari barobarida mubaddal bo’ladi, ya’ni unutiladi. Faqat anbiyolar azamat va xutbalari mubaddal bo’lmaydi, boqiy qoladi (sharh qilindi). MASNAVIY Z-on, ki po’shi podshohon az havost, Bori nomi anbiyo az Kibriyost. TARJIMA Chunki, shohlar xil’ati yolgiz havo, Anbiyoning bor-yo’g’i – Kibriyo. LISONIY TARJIMA Zero, shohlarning sha’n-shavkati xavo, ya’ni dunyoviy ahvoldandir. Anbiyoning butun yoʻl-yoʻrig’i Kibriyo, ya’ni Tangri ta’olodandir. SHARH Jahondor shohlar ham baqo olamiga rihlat aylagach, ularning zotiga maxsus boʻlgan narsalar izsiz yuk bo’lib ketadi. Eng buyuk podshohlardan qolsa toʻrt-besh ravoq, besh-olti maqbara, inshootlar qolishi ehtimol. Biroq ular ham yo zilzila yohud so’ngsiz jangu jadallar kasridan payhon bo’ladi. Ammo anbiyolar hikmati boqiydir. Hali farzandi bashardan biror kimsa men falon paygambardan-da aqlliroq yohud donoroqman, deb da’vo qilgan emas. Ammo bir-biridan chunon ham purzo’r hukmdorlar shu qadar ko’pki, ba’zan nahot yer ularning zug’umiga abadan dosh bera oladi, deb oʻylab qolasiz. Download 29.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling