Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha elib buxdu uz


V. Birlamchi til birliklari umumlashtirib morfema


Download 384.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana17.02.2023
Hajmi384.91 Kb.
#1208053
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elib.buxdu.uz-Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha

V. Birlamchi til birliklari umumlashtirib morfema termini bilan nomlanar edi,
keyinchalik morfema terminini grammatik ma’no ifodalovchi birlikning nomi sifatida
ishlatib, leksik birlikni leksema deb nomlashga o’tildi. Bu ikki til birligidan leksema
asosiy, yetakchi, morfema esa yordamchi.
Til birligi sifatida leksema ifoda va mazmun jihatlarining bir butunligidan iborat. Tub deb
qaraluvchi leksemalarda ularning ifoda jihati bo’lib fonemalar xizmat qiladi.


10/14
Leksemaning mazmun jihatida ikki hodisa farqlanadi: ma’lum bir voqyelikni nomlashi
(nominativ vazifa bajarishi) va ma’lum bir ma’noni anglatishi (signifikativ vazifa
bajarishi). Masalan, yuqorida keltirilgan qo’l- misoli tub leksema bo’lib, uning ifoda jihati
vazifasini q, o’, l fonemalarining shunday tartibdagi tizimi bajaradi; bu fonemalar
tizimiga kishi tanasidagi ma’lum bir qismning nomi bo’lish va ma’lum ma’noni anglatish
birkitilgan.
Leksema til birligi sifatida fonemalarni ketma-ket qo’shib hosil qilinmaydi, fonemalar
birlashmasi o’zicha mazmun jihatiga ega bo’lmaydi, ifoda jihatiligicha qoladi. Ana shu
ifoda jihatiga ma’lum mazmun jihatini birkitish natijasida tub leksema yuzaga keladi.
Demak, fonema bilan tub leksema orasida iyerarxik munosabat, tashkil qiluvchilik
munosabati yo’q, leksema til birligi sifatida fonemalar tizimiga ma’lum bir mazmunni
birkitish bilan yuzaga keladi.
Til xotirasida har bir leksemaning til birligi sifatida o’z ramzi bo’ladi, ana shu
ramz asosida leksema nutqda talaffuz birligi sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra
bu til birligi lisoniy birlik holatida leksema deb, nutqiy birlik holatida esa leks
deb yuritiladi1.
Til birligi sifatida leksemaning ifoda jihati bir necha ko’rinishda namoyon bo’lishi
mumkin. Yuqorida keltirilgan uyqu- - uyqi-, obod- - obot-, singil- - singl-
misollarida u - i, d - t, i - Æ allofonemalari asli ushbu leksemalar tarkibida voqye
bo’ladi, demak, allofonemalar shu tildagi tovush o’zgarishlari qoidalariga binoan ma’lum
leksemalarga bog’liq holda yuzaga keladi.
Leksema tub bo’lsagina, uning ifoda jihati bo’lib fonema xizmat qiladi. Agar leksema
hosila birlik bo’lsa, ifoda jihati sifatida uni tarkib toptiruvchi til birliklari xizmat qiladi.
Ana shu tarkib toptiruvchilar tub bo’lsa, ularning ifoda jihati bo’lib fonema xizmat qiladi.
Masalan, qo’lla- leksemasi hosila (yasama) birlik bo’lib, qo’l- va -la til birliklaridan
tarkib topgan, bu birliklarning ifoda jihati bo’lib fonemalar xizmat qilgan.
Leksemaning mazmun jihati ancha murakkab bo’lib, uning asosini leksik ma’no tashkil
qiladi. Leksik ma’noning uzvlariga ideografik semalar deyiladi. Leksik ma’noning
tarkibida turkumlik semasi ham qatnashadi. Leksik ma’noni qurshab turuvchi betaraf,
ijobiy yoki salbiy baho semasi ham mavjud bo’ladi va boshqalar. Agar leksema bir leksik
ma’noli bo’lsa, yuqorida ta’kidlangan murakkab mazmun jihati leksemaga xos bo’ladi,
agar leksema ko’p ma’noli bo’lsa, uning har bir leksik ma’nosiga xos bo’ladi. Ana shunday
mazmun jihatiga ega har bir leksik ma’noni o’zicha mustaqil til birligi deb qarash,
semema termini bilan asli shunday til birligini nomlash to’g’ri. Chunki ko’p ma’noli
leksemaning leksik ma’nolari, yuqorida ta’kidlangan xususiyatlardan tashqari, leksema
yasashda ham, uslubiy birkitilishda ham, hatto grammatik tabiatida ham o’zaro
farqlanadi. Xullas, leksema bir leksik ma’noli bo’lsa (monosemem bo’lsa), u bitta til
birligiga teng; agar ko’p ma’noli bo’lsa (polisemem bo’lsa), har bir leksik ma’noni
(sememani) alohida til birligiga teng deb qarash to’g’ri.


11/14
Leksemalarning ifoda va mazmun rejalari orasidagi munosabat antonim, sinonim,
omonim, paronim deb nomlanuvchi leksik mikrosistemalarni belgilashda ham asosga
olinadi1.

Download 384.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling