Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha elib buxdu uz
Download 384.91 Kb. Pdf ko'rish
|
elib.buxdu.uz-Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha
jihatining (plan soderjaniya) bir butunligidan iborat. Til tovushi ana shunday til
birligining ifoda jihati bo’lib xizmat qiladi. Masalan, o’zbek tilidagi qo’l- til birligining ifoda jihati bo’lib q,o’, l til tovushlarining shunday tartibda joylashgan tizimi xizmat qiladi. Ifoda jihatining o’zi hali til birligi emas, u til birligining faqat bir jihati. Yuqorida aytilganidek, til birligi bo’lish uchun ma’lum ifoda jihatiga ma’lum bir mazmun jihati birkitilishi va bu birkitilish til xotirasida aks etishi lozim. Yuqorida keltirilgan q, o’, l (qo’l) tovushlari tizmasiga «gavdaning yelkadan ajralib, barmoq uchigacha davom etadigan qismi» mazmuni birkitilganidan keyingina qo’l- tovushlari tizmasi til birligiga aylanadi. 8/14 Demak, til tovushi til birliklarining faqat ifoda jihati bo’lib xizmat qiladi, unga mazmun jihati xos emas; shu tufayli til tovushi tilning bir jihatli birligi, til birligining qurilish ashyosi deyiladi. Til tovushiga uch xil: artikulyasiyasi, akustikasi va vazifasiga ko’ra baho beriladi. Tovushning akustik xususiyatlari artikulyasion xususiyatlariga bog’liq, shunga ko’ra bularni birlashtirib, artikulyasion-akustik xususiyatlar haqida gapiriladi. Bunday xususiyatlar fizik-fiziologik xususiyatlar deb ham yuritiladi. Til tovushining artikulyasion- akustik xususiyatlari haqidagi axborot miyaning til xotirasi markazida aks etgan ramzlarda mavjud bo’ladi. III. Til tovushlariga vazifasiga ko’ra baho berish bilan fonema nazariyasi yuzaga keldi. Fonema ham til tovushi, lekin har qanday tovush fonemaga teng bo’lavermaydi. Til tovushlari tizimi shu tildagi fonemalar tuzumidan ko’p bo’ladi deyiladi: har bir til tovushi o’z belgi-xususiyatlarini qisman o’zgartirib, bir necha ko’rinishda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, uyqu- birligi oxiridagi unli an’anaga binoan u harfi bilan yoziladi, amaliyotda esa bu yerda u tovushidan ko’ra i tovushini aytish ko’p uchraydi. Demak, Download 384.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling