Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha elib buxdu uz


VII. Ishga (ishka), bargga (barkka)


Download 384.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana17.02.2023
Hajmi384.91 Kb.
#1208053
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elib.buxdu.uz-Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha

VIIIshga (ishka), bargga (barkka) kabi misollar asli leksema bilan morfemadan
tuziladigan til birligiga teng. Bunday birliklar so’z termini bilan atab kelindi, hozir esa
bular leksemaning (ko’pchilik manbalarda so’zning deyiladi) ma’lum grammatik shaklga
kirishi deb qaralib, oldinroq so’zshakl (slovoforma) deb, eng oxiri leksemashakl
(leksemaforma) deb nomlana boshladi.
Til birligi deb leksemashaklni tuzish modeliga (qolipiga) aytiladi. Miyaning til xotira
markazida ana shunday modellarning ramzi mavjud va u leksemashaklning lisoniy birlik
holatiga teng; ushbu ramzlarning (modellarning) leksema va morfema bilan to’ldirilgan
holati esa nutqiy birlik deyiladi.
Leksemaning (sememaning) mazmun jihatida, ideografik semalardan tashqari, turkumlik
semasi ham mavjud bo’lishini aytgan edik. Leksemaga qanday morfemalarning qaysi
tartibda qo’shilishi avvalo ana shu turkumlik semasiga binoan voqye bo’ladi1.
X u l o s a
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda
voqelanadi, lisonning imkoniyatlari boy bo‘lib, nutqda uning ma'lum bir qismi-gina
namoyon bo‘ladi deyishdan lison go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi.
Vaholanki hali tili chiqmagan go‘dakning miyasidagi til xotirasi qismida hech qanday
ramz bo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyin-gina miyasida ramzlar paydo
bo‘ladi. Demak, lison azaliy (zot) emas, balki nutq asosida shakllanadigan, to‘ldiriladigan
boylik. Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe bo‘ladi. Har qanday yangilik, masalan,
yangi leksema yasash, boshqa tildan leksema olish avvalo nutqda voqe bo‘ladi, bu yangilik
til taraqqiyoti qonunlariga zid bo‘lmasa lisonda ramz sifatida muhrlanadi, ana shundan
keyin lisondagi bu ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.
Yuqorida aytilgan mulohazalardan xulosa shuki, lisonni mutlaq, azaliy, birlamchi deb
qarash asosli emas.
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga oshiriladi, chunki
bevosita kuzatishda berilgan hodisa – nutq. Nutqni kuzatish orqali til qurilishini, til
qurilishining lison deb ataladigan holatini anglashga harakat qilinadi. Tilshunosning tilni
kuzatish, o‘rganish quroli – nutq. Tilga, lisonga xos hodisalarning mohiyati, bu hodisalar
orasidagi munosabatlar nutqni kuzatish orqali aniqlanadi. Ushbu qo‘llanmada hozirgi
ada-biy o‘zbek tilining qurilishi mavhum fikrlash yo‘li bilan emas, balki bevosita
kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili asosida bayon qilinadi.


13/14

Download 384.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling