Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha elib buxdu uz


yasovchilar, ot yasovchilar va fe’l yasovchilarga bo’linadi»


Download 384.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana17.02.2023
Hajmi384.91 Kb.
#1208053
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elib.buxdu.uz-Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha

yasovchilar, ot yasovchilar va fe’l yasovchilarga bo’linadi» kabi. Chunki so’z
yasovchilar aytilganlardangina iborat emas.
b)ortiqcha a’zoli tasniflar tasniflangan guruhlar hajman tasniflanuvchi
butunlikdan katta bo’ladi. Masalan, «unlilar lablangan, lablanmagan va bo’g’iz turlariga
ega».
2.Tasnif bir asosda amalga oshirilishi lozimligi. Tasniflanuvchi butunlikni
guruhlarga bo’lishi bir belgi, asos, mezon asosidagina amalga oshirilmog’i lozim. Masalan,
so’z turkumlari uch belgi-morfologik, semantik va sintaktik belgilar asosida tasniflanishi
mumkin. Lekin har bir tasnifda ularning birigagina tayaniladi. Tasnifda bunga rioya
qilmaslik ikki xil xatoni keltirib chiqaradi:
a) tasnifni amalga oshira olmaslikni keltirib chiqaradi. Masalan: so’zlar
morfologik jihatdan o’zgaruvchi va o’zgarmas so’zlarga, semantik jihatdan avtosemantik
(mustaqil ma’noli) va sinsemantik (nomustaqil ma’noli) so’zlarga bo’linadi.
Lekin ularni bir paytning o’zida morfologik va semantik tasnif qilib bo’lmaydi.
Chunki o’zgarmas so’zlar avtosemantik ham, sinsemantik ham bo’lishi mumkin. Masalan,
ko’makchilar o’zgarmas, sinsemantik, sifatlar o’zgarmas, avtosemantik so’zlardir.
b) tasnifning bir bosqichining o’zida goh u, goh bu asosni qo’llash yoki
biridan ikkinchisiga o’tish tasnif izchilligiga putur yetkazadi. Masalan:
ergashgan qo’shma gaplarning an’anaviy tasnifida ular dastlab sintaktik belgi asosida (ega
ergash gap, kesim ergash gap, to’ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap) boshlanib,
semantik asos bilan davom etar va tugar edi: payt ergash gap, shart ergash gap, o’rin
ergash gap, to’siqsiz ergash gap, natija ergash gap va h. An’anaviy usulda tasnif dastlab
sintaktik belgi asosida amalga oshirilib, ikkinchi bosqichda semantik tasnif amalga
oshirilsa, ma’qul bo’lur edi. Masalan:
Ergash gaplar


4/14
ega kesim
aniqlovchi
to’ldiruvchi hol
Ergash
gaplar (semantik
jihatdan)
sabab o’rin
natija shart
payt to’siqsizlik
kabi.

Download 384.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling