O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
1. Musulmonlik haq – huquqlari nechta?
2. Ota – ona hamda farzandlarning haq-huquqlari va vazifalari qaysilar?
3. Davlat rahbarlari va ra’iyatning haq – huquqlari, vazifalari qaysilar?
4. Musulmonlarning haq – huquqlari va vazifalari qaysilar?
5. G’ayridinlarning haq – huquqlari va vazifalari qaysilar?
Adabiyotlar:
1. Karimov I. Olloh qalbimizda, yuragimizda. -T.: 1999.
2. Abdullayev I. Markaziy Osiyoda islom madaniyati. -T.: 2005.
3. Imomnazarov M., Eshmuhammedova M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. -T.: 2001.
4. Islom, tarix va ma’naviyat. -T.: 2000.
5. Qoya Abdurahmon. Islom axloqi. T.: 1997.
6. Buxoriy Ismoil. Al-adab al-mufrad (Odob-axloqqa oid hadislar). - T.: 2008.
7. Qori Muhammad ibn mulla Hasan. Ilmi axloq. -T.: 2000.
8. Muhiddin S. Oila va shar’iy nikoh odoblari. -T.: 2005.
11-mavzu: Islom dini ta’limoti va tasavvuf
Reja:
1. Islom dini arkonlari.
2. Tasavvufning vujudga kelishi va shakllanishi.
3. Tasavvuf tariqatlari.
Islom ta’limoti. Islom so’zi arabcha – Allohga o’zni topshirish, itoat etish, taslim bo’lish, bo’ysunish ma’nolarini beradi. Islom dini ta’limoti bo’yicha, Muhammad payg’ambar avvalgi payg’ambarlar (O’rta Yer havzasi sivilizatsiyasi ichida ma’lum bo’lgan) ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg’ambar (Xotam al-anbiyo’) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
Islom dini ichidagi uch asosiy oqimlardan biri bo’lgan sunniylikda IX asrga kelib besh arkon (rukn – arabcha «ustun» ma’nosini anglatadi) haqidagi ta’limot shakllanadi. Ko’pchilik ulamolar fikricha, ular quyidagilar:
imon;
namoz (arabcha – salot);
zakot;
ro’za (arabcha – savm);
Do'stlaringiz bilan baham: |