Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari


Download 143.5 Kb.
bet1/22
Sana09.12.2021
Hajmi143.5 Kb.
#179557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Lizing-hisobi


Skachat.uz

Reja:



  1. Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.

  2. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.

  3. Lizingning turlari

  4. Ijaraga beruvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi

  5. Ijaraga oluvchida moliyaviy va joriy ijara hisobi

  6. Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish

  7. Kreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish

  8. Er va binolarni ijaraga olishning xususiyatlari.

  9. Lizing muomalalarini yoritish


Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.


Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:

Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.

Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.

Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:

er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;

intellektual mulk natijalari.

Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.

Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.

Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir.

Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi:

lizing ob`ektining oldi-sottisi ;

lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi;

lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi;

lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi;

shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.

Lizing to`lovlari deb, lizing shartnomasi harakati davomida shartnoma shartlariga ko`ra to`lovlarning umumiy summasiga aytiladi. Lizing to`lovlariga lizinga beruvchini asosiy vositalarni sotib olish va uni lizinga oluvchiga o`tkazish va lizing shartnomasida ko`rsatilgan boshqa xizmatlarni qoplash bilan bog`liq xarajatlar hamda lizinga beruvchining daromadiga kiradi. Agar lizing muddati tugagach, lizing ob`ekti lizinga oluvchining mulkiga aylantirilishi ko`zda tutilgan bo`lsa shartnomaning umumiy summasiga lizing ob`ektini sotib olish bahosi kiritilishi mumkin.

Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi.



Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling